A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

109
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
Gametalar sofligi gipotezasi.
Mendel fikricha irsiy omillar, duragay­
lar hosil bo‘lishida ajralib ketmaydi, balki o‘zgarmagan holda saqlanadi. 
Qarama­qarshi belgilarga ega bo‘lgan ota­ona organizmlarni chatishti­
rishdan hosil bo‘lgan F
1
duragay o‘zida har ikkala muqobil: dominant va 
retsessiv belgilarni mujassam qiladi. Jinsiy ko‘payishda avlodlar o‘rtasida­
gi bog‘lanish jinsiy hujayralar — gametalar orqali amalga oshadi. Har 
bir gameta juft irsiy omillardan faqat bittasiga ega bo‘ladi. Urug‘lanish 
jarayonida ikkita retsessiv belgiga ega bo‘lgan gametaning qo‘shilishidan 
retsessiv belgilar fenotipda namoyon bo‘ladi. Dominant belgilarni o‘zida 
mujassam qilgan yoki har ikki gameta, biri dominant, ikkinchisi retsessiv 
belgilarga ega bo‘lgan gametalarning qo‘shilishidan dominant belgili or­
ganizm rivojlanishiga sabab bo‘ladi. 
Shunday qilib F
2
bo‘g‘inda retsessiv belgili organizmning namoyon 
bo‘lishi quyidagi ikki shartlarga amal qilinganda paydo bo‘ladi: 1) agar 
du ragaylarda irsiy omil o‘zgarmagan holda saqlangan bo‘lsa; 2) agar jin­
siy hujayra (gameta)lar allellar juftidan faqat bittasiga ega bo‘lsa. Mendel 
geterozigota organizmlarni o‘zaro chatishtirganda belgilarning ajralishini 
genetik jihatdan gametalar sofligi va ular allel genlardan faqat bittasini 
o‘zida saqlashi orqali tushuntirib berdi.
Gametalar sofligi gipotezasini quyidagicha izohlash mumkin: jinsiy 
hujayralarning hosil bo‘lishida har bir gametalar juft genlardan faqat 
bittasiga ega bo‘ladi. Bu qanday amalga oshadi?
Gametalar hosil bo‘lishida duragaylardagi gomologik xromosomalar bi­
rinchi meyoz bo‘linish natijasida har xil hujayralarga o‘tadi.
Bu organizm ikki xil gameta hosil qiladi. Gametalar sofligi gipotezasi 
ajralish qonuni turli genlarga ega bo‘lgan gametalarning tasodifan 
qo‘shilib qolishi natijasidir: AA, Aa, aa.

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə