A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


Bir xromosomada joylashgan genlarning



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

Bir xromosomada joylashgan genlarning 
birikish hodisasi Morgan qonuni bilan mashhur.
Bir­biriga birikkan genlar guruhining soni 
muayyan turdagi xromo somalarning gaploid so­
niga mos keladi. Ular drozofila pashshasida 4 ta, 
makkajo‘xorida 10 ta bo‘ladi. Birikish gruppalari 
sonining xromosomalar soniga mos kelishi ir­
siyatda (nasldan naslga) o‘tishda xromosomalar 
ahamiyatga ega ekanligining muhim dalilidir.
Xo‘sh, nima uchun ikkinchi bo‘g‘in duragay­
lari orasida ota­ona belgilari qayta kombinatsiya­
langan ozgina individlar paydo bo‘ ladi? Nima 
Erkak va urg‘ochi 
pashshalar
 Drozofila pashshalarining 
ko

rinishi.
61­ rasm.
117
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM


118
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
uchun genlarning birikishi mutloq bir hodisa emas? Tad qi qotlarga qa­
raganda, genlarning yuqorida aytilgandek qayta kombi natsiyalanishiga 
sabab shuki, meyoz jarayonida gomologik xromosomalar konyugatsi­
yalanganda ularning ma’lum bir foizi o‘z qismlarini ayir boshlaydi yoki 
boshqacha ayt ganda, bir­biri bilan chalkashadi. Bunda dastlab gomologik 
xromosoma larning birida joylashgan genlar endi turli gomologik xromo­
somalarga o‘tib qolishi aniq bo‘ladi. Ular qayta kombinatsiyalanadi. Turli 
genlarning chalkashish foizi turlicha bo‘lib qoladi. Bu ular orasidagi ma­
sofaga bog‘liq. Genlar xromosomada bir­biriga qancha yaqin joylashsa, 
chalkashganda ular shuncha kam ajraladi, birikish foizi shuncha yuqori 
bo‘ladi. 
Chunki bunda xromosomalar turli qismlari bilan almashinadi va bir­
biriga yaqin joylashgan genlarning birga bo‘lish ehtimoli ko‘p bo‘ladi. 
Ana shu qonuniyatlarga asoslanib, genetik jihatdan yaxshi o‘rganilgan 
organizmlar xromosomalarining genetik kartasini tuzishga erishildi, 
bu kartada genlar o‘rtasidagi nisbiy masofa ko‘rsatilgan. Drozofila 
pashshasida gomologik xromosomalarning chalkashishi va qismlarining 
almashinishi faqat urg‘ochilarda sodir bo‘ladi. Erkak pashshalarda bu 
bosqich bo‘lmaydi, shuning uchun ular da bitta xromosomada joylashgan 
genlarning birikishi to‘liq birikish hisoblanadi. Ana shu sababga ko‘ra, 
tahlil qiluvchi chatishtirish uchun urg‘ochi pashshalarni olish kerak.

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə