A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


- §. Genlarning birikkan holda irsiylashishi



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

 
 51- §. Genlarning birikkan holda irsiylashishi
116
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM


Tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, bir xromosomada joylashgan genlar 
birikkan genlar bo‘ladi, yani mustaqil taqsimlanmay, asosan, birgalikda
nasldan naslga o‘tadi. Buni aniq misolda ko‘rib chiqamiz. Agar kulrang 
tanali va normal qanotli drozofila bilan qoramtir tanali va kalta qanotli 
drozofila chatishtirilsa, duragaylarning birinchi avlodidagi barcha pa­
shshalar kulrang tanali va normal qanotli bo‘lib chiqadi. Bu ikki juft 
allel bo‘yicha geterozigotadir (kulrang tana, qoramtir tana va normal 
qanot, kalta qanot). Tahliliy chatishtirish o‘tkazishda digeterozigota 
(kulrang tanali va normal qanotli) urg‘ochi pashshalarni retsessiv belgili 
qoramtir tanali va kalta qanotli erkak pash shalar bilan chatishtiramiz. 
Mendelning ikkinchi qonuniga asoslanib, naslda 4 xil fenotipli: 
25% normal qanotli kulrang tanali, 25% kalta qanotli kulrang tanali
25% normal qanotli qoramtir tanali va 25% kalta qanotli qoramtir ta­
nali pashshalar olish mumkin. Darhaqiqat, boshlang‘ich kombinatsiyali 
(kulrang tanali normal qanotli, qoramtir tanali kalta (qanotli) pashshalar 
bilan olib bo ril gan tajribada (muayyan tajribada 41,5%) belgilaridan qa­
yta kom binatsiyalangan (kulrang tanali — kalta qanotli va qoramtir ta­
nali normal qanotli) pashshalarnikiga qaraganda belgilar ancha ko‘proq 
bo‘ladi. Keyingilari atigi 8,5% dan bo‘ladi (61­ rasm). Ana shu misoldan 
ko‘rinib turibdiki, kulrang tana — normal qanot va qoramtir tana — 
kalta qanot belgilarini yuzaga chiqaradigan genlar asosan birgalikda 
nasldan naslga o‘tadi, ya’ni boshqacha aytganda, o‘zaro birikkan holda 
bo‘ladi. Bu birikish genlarning muayyan bir xromosomada joylashganli­
giga bog‘liq. Shunung uchun meyozda bu genlar tarqalib ketmaydi, balki 
birgalikda nasldan naslga o‘tadi.

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə