A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

1.
2.
3.
Mikroorganizmlar seleksiyasining xalq xo‘jaligi uchun ahamiyati qanday?
Biotexnologiya qanday fan?
Turli mikroorganizmlardan foydalanib, ishlab chiqarilayotgan yangi 
mahsulotlarning nomlarini ayting.
Davlatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng g‘allachilik, meva­sab­
zavotchilik, g‘o‘za seleksiyasi va chorvachilik seleksiyasiga alohida e’ti­
bor berilmoqda. O‘zbekistonlik seleksioner olimlar tomonidan g‘alla 
ekinlarining zararkunandalarga chidamli, kam suv talab qiladigan nav­


147
SELEKSIYA ASOSLARI
VI BO‘LIM
lari yaratildi. Bulardan ayniqsa, mamlakatimiz sharoitiga mos serhosil 
bug‘doy «Ulug‘bek­600» va «Sanzor» navlari diqqatga sazovordir.
O‘zbekiston g‘o‘za seleksiyasida dunyo miqyosida salmoqli o‘rinlardan 
birini egallaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda g‘o‘za navlarini 
yara­tishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. G‘o‘za genetik kolleksiyasi­
ni yaratishda akademik J.A. Musayev va uning shogirdlarining xizmatlari 
katta. Olimlarimiz tomonidan g‘o‘zaning serhosil, vilt kasalligiga chidamli 
navlari ko‘plab yaratilgan. Bularga akademik Sodiq Mirahmedov tomo­
nidan yaratilgan viltga chidamli «Toshkent­1», «Toshkent­2», «Toshkent­3» 
navlarini, akade miklar Nabijon Nazirov va Oston Jalilovlar tomonidan 
g‘o‘zaning serhosil «AN­402», «Samarqand­3», «Yulduz» kabi navlari 
mashhurdir. Respublika miz olimlari keyingi yillarda g‘o‘zaning yangi 
hamda istiqbolli «Buxoro­9», «Buxoro­102», «Namangan­34» va «Omad» 
navlarini yaratdilar. O‘zbekistonda 250 dan ortiq uzum navlari mavjud. 
Xalq selek sio neri, uzumchilik sohasida katta yutuqlarga erishgan Rizamat 
ota Musamuxamedov va uning shogirdlari uzumning bir necha xil navlari­
ni yaratganlar. Bulardan «Rizamat», «Gultish», «Sohibi», «Hiloliy» kabi 
navlari diqqatga sazovordir. O‘zbekistonda bog‘dorchilik qishloq xo‘jalig­
ining asosiy tarmog‘idir. Xalq seleksiya asosida olmaning oq olma, qizil 
olma, Namangan olmasi, targ‘il olma, qozi dastor olma navlari, shaftoli­
ning «Vatan», «Lola», «Anjir shaftoli», «Zarafshon», «Farhod», «Zarg‘al­
doq» navlari, shuningdek, o‘rik, bodom, yong‘oq, anorlarning xilma­xil 
navlari yaratilgan. 
Mamlakatimiz olimlari ota­bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan sab­
zavotlar va mevali daraxtlarning navlarini uzoq yillardan buyon yangilab 
kelmoq dalar. Mashhur olim, akademik Mahmud Mirzayev va uning 
shogirdlari tomonidan meva va rezavor mevalarning 200 ga yaqin navlari 
yaratildi. Shulardan 100 ga yaqini hozirgi kunda mamlakatimizning 
turli hududlarida ekilib, ulardan mo‘l hosil olinmoqda. Keyingi yillarda 
mamlakatimizda kartoshkaning «Nimrang» — cho‘zin choq pushti o‘rta­
pishar navi, «Obidov» — kechpishar, cho‘ziq qizil serhosil navlari ning 
yaratilishi diqqatga sazovor bo‘ldi. Professor D. Abdukarimovning yaratgan 
«Samarqand» navidan bir yilda ikki marta hosil olish mumkin. 
Chorvachilik seleksiyasi sohasida ham mamlakatimizda ko‘p yutuqlarga 
erishilgan. Jumladan M.M.Bushev tomonidan yaratilgan qoramol zoti 
1949­ yildan urchitila boshlangan. Bu zot mahalliy sharoitga moslashgan 
bo‘lib, respublikamiz hududlarida keng tarqalgan. O‘zbekistonda yaratilgan 
ot zotlaridan biri dunyoga mashhur qorabayirdir. 



Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə