A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

148
SELEKSIYA ASOSLARI
VI BO‘LIM
1.
2.
3.
O‘zbekistonlik seleksioner olimlarni bilasizmi?
O‘zbekiston xalq seleksioneri Rizamat ota haqida ma’lumot bering.
G‘o‘za seleksiyasi haqida nimalarni bilasiz?
Ekskursiyaning maqsadi. 
O‘simliklarning yangi hosildor navlarini 
o‘rganish, maqsadga muvofiqlaridan gerbariylar tayyorlash, yangi navlarni 
yaratish usullari bilan tanishish.
Ekskursiya uyushtiriladigan joylar.
Ekskursiya seleksiya tajriba stansiya­
siga, urug‘chilik institutiga, mevali o‘simliklar ko‘chatzoriga, bug‘doy, 
g‘o‘za, sholi navlarini o‘rganish uchun fermer xo‘jaliklariga uyushtiriladi. 
O‘quvchilarni olimlar tomonidan yaratilgan o‘simlik navlariga biologik 
bilimlarning tatbiq etilishi jarayonlari bilan tanishtiriladi. Shahar maktab­
larida seleksiya institutiga va issiqxonalarga, qishloq maktablarida imkoniyat 
darajasida fermer xo‘jaliklariga ekskursiya uyushtirish mumkin.
Ekskursiya o‘tkazish.
O‘simlik yangi navlarini o‘rganish maqsadida 
tashkil etiladigan ekskursiya quyidagi reja asosida o‘tkazilishi mumkin.
1. Qisqacha kirish.
2. O‘simliklar navlarining xilma­xilligi haqida tushuncha:
a) maktab atrofidagi madaniy o‘simliklar misolida;
b) fermer xo‘jaliklarida ekiladigan navlar misolida.
3. Ekskursiya uyushtiriladigan joylardagi navlarning mahsuldorligini
o‘rganish.
4. Yangi navlar biologiyasi va parvarish qilish haqida suhbat tashkil etish.
5. Yangi navlarning yorug‘lik va namlikka bo‘lgan talabini o‘rganish.
6. Mahalliy navlar o‘stiriladigan joylarda ko‘proq uchraydigan begona 
o‘tlar, ularning xilma­xilligi.
7. Ekskursiya materiallarini umumlashtirish.
Ekskursiyada yechiladigan muammolar. 
Hozirgi zamon seleksiyasi 
kompleks fan bo‘lib, fanlararo bog‘lanishlar asosida, biologiya fanining turli 
tarmoqlaridagi nazariy va amaliy yutuqlarni qishloq xo‘jaligiga tatbiq etish.

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə