A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


aerob va kislorodsiz muhitda yashovchi  anaerob



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

aerob
va kislorodsiz muhitda yashovchi 
anaerob
hamda kasallik qo‘zg‘atuvchi 
bakteriya 
turlari ham mavjud. 
Xavfli kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar orasida sil kasalligini qo‘zg‘atuv-


chi tayoqchasimon bakteriyaga qarshi davolash usullari va tegishli dori-dar-
monlar yaratilgan. Vatanimizda sil kasalligining oldini olish va unga 
qarshi kurashish maqsadida maxsus dispanserlar faoliyat ko‘rsatib turibdi. 
Sil sekin rivojlanadigan kasallik hisoblanadi, bakteriyalar orqali tez tarqala-
digan xavf li kasalliklarga esa o‘lat, vabo, kuydirgi kasalliklarini misol qilib 
ko‘rsatish mumkin. Ular ma’lum turdagi bakteriyalar orqali kelib chiqadi. 
o‘lat kasalligini keltirib chiqaradigan bakteriyalar sichqon va kalamushlar da
yashaydigan burgalar orqali tarqaladi.
Hozirgi davrda mamlakatimizda yuqumli kasalliklar xavfi bartaraf 
etilgan. Suv va oziq-ovqat mahsulotlari doimo qat’iy nazorat ostida, 
shuningdek, vodoprovod suvlari filtrdan o‘tkaziladi. Dezinfeksiya ishlari 
keng ko‘lamda olib boriladi. Bu borada sanitariya epidemiologik stansiyalar 
faollik ko‘rsatib kelmoq da. Kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarga qarshi 
kurash chora-tadbirlaridan biri oldindan 
emlash
hisoblanadi. Emlash orqali 
ichburug‘, ko‘k yo‘tal, qoqshol kabi xavfli kasalliklarning oldi olinadi.
Bakteriyalar tabiatda va inson hayotida muhim rol o‘ynaydi. Ular ning 
foydali va zararli tomonlari bor. Foydali jihatlari — organik mod dalarning 
par chalanishi, chirishi va achishini amalga oshiradi. Turli achish jarayon-
laridan amalda sut mahsulotlarini tayyorlashda, bod ring va karamlarni kon-
servalashda, yem-xashakdan silos bostirishda foyda laniladi. Shuningdek, spirt 
va sirkalar olishda, tolalarni ajratishda ham bakteriyalarning turlari qo‘llanila-
di. Avtotrof bakteriyalar organik moddalar to‘plash xususiyatiga ega. Buning 
uchun quyosh energiyasi yoki kimyoviy energiyadan foydalaniladi. Ba’zi turlari 
tuproqda yashagan holda erkin azotni o‘zlashtira oladi. Tugunak bakte riya lar 
yiliga bir gektar maydonda 200 kg gacha azot to‘playdi (6- rasm). Bakte- 
riyalar faoliyati natijasida tabiatda azotning aylanishi amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə