A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

9
ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI
I BO‘LIM
Tirik organizmlar yoki biologik tizimlar quyidagi da raja lar da bo‘-
ladi: molekula, hujayra, to‘qima, or gan, organizm, popu la tsiya, bio-
geotsenoz (ekotizim) va biosfera. Har bir tuzilish darajasida atrof- muhit 
bilan ya’ni moddalar, energiya va axborot almashinuvlar nati jasida o‘ziga 
xos muayyan tizimlar kelib chiqadi. 
Tizim
deganda bir butunlikni tashkil 
etuvchi komponentlarning ma’lum izchillikdagi o‘za ro bog‘lanishlari va 
ta’sirlari tushuniladi. Shunday qilib, tizimning asosiy tarkibiy qismlari 
komponentlar, bog‘lanishlar va chegaralardir. Barcha tirik organizmlar 
ochiq tizim hisoblanib, ular tashqi muhit bi lan moddalar, energiya va 
axborot almashinuviga ega. Keling, qu yi da tiriklikning asosiy tuzilish 
darajalarini ko‘rib chiqaylik (10- betdagi 2- rasm). 
Molekula. Ushbu bosqichda tirik tizim biologik faol yirik molekulalar, 
ya’ni: oqsillar, nuklein kislota va uglevodlarning faoliyat ko‘rsatishida 
namoyon bo‘ ladi. Molekula bosqichda aynan tirik materiya uchun xos 
bo‘lgan quyosh nuri ener giyasining organik moddalarda bog‘lanishi 
kimyoviy energiyaga aylanishi ya’ni moddalar almashinuvi, irsiy belgilarni 
o‘tkazish hamda tuzilmalarning avlodlardagi barqarorligi singari jihatlar 
kuzatiladi.
hujayra. Hujayra tirik organizmlarning tuzilish, rivojlanish va 
funksional birligidir. Hayotning hujayrasiz shakllari ham mavjud. Buning 
dalili sifatida viruslarni ko‘rsatish mumkin. Ularga xos bol‘gan ayrim 
tiriklik xususiyatlari faqat hujayrada namoyon bo‘ladi.
Suv va tuproq muhitidagi tirik organizmlarni aniqlang va tavsiflang.
Archazor va yong‘oqzor o‘rmonlarida keng tarqalgan o‘simlik va 
hayvonlar, shuningdek, zamburug‘larning ro‘yxatini tuzing. Ularni 
ta’riflang.
1.
2.

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə