A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

6
ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI
I BO‘LIM
Tirik organizmlar xilma-xil bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi 
hujayraviy tuzilishga ega hamda o‘xshash kimyoviy elementlar va 
moddalardan iborat. Yirik sut emizuvchi hayvon kit ham, mayda chivin 
ham hujayralardan tuzilgan. 
Hujayra
tiriklikning barcha xossalarini o‘zida 
mujassamlashtirgan eng kichik birlikdir.
organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida doimo 
moddalar va energiya
almashinuvi
sodir bo‘lib turadi. Ba’zi bir moddalar organizm tomonidan 
o‘zlashtirilsa, boshqa moddalar, aksincha, tashqi muhitga chiqarib 
yuboriladi. Bunda murakkab jarayonlar kuzatilib, natijada oddiy 
moddalardan murakkab moddalar hosil bo‘ladi, ular o‘z navbatida 
organizmning tana tuzilishi uchun sarflanadi. 
Yoki murakkab moddalar oddiy moddalarga parchalanishi mumkin, 
bunda organizmning hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan energiya ajralib 
chiqadi. Moddalar almashinuvi organizmdagi hujayralarning tiklanishi
o‘sishi va ishlashini ta’minlaydi.
Barcha tirik mavjudotlar 
oziqlanadi
. oziqlanish tashqi muhitdan 
ozuqa moddalarni o‘zlashtirishdir. ozuqa barcha tirik organizmlar 
uchun zarur, chunki u organizmdagi hujayralarning tiklanishi, o‘sishi 
va boshqa ko‘pgina jarayonlar omili bo‘lib, moddalar va energiya 
manbayi hisoblanadi. Tirik organizmlar o‘z hayot faoliyatini saqlab 
turishlari uchun doimiy ravishda energiya kerak bo‘ladi. Energiya 
nafas olish jarayonida ozuqa moddalardan ajralib chiqadi. Moddalar 
almashinuvi natijasida organizmlarda keraksiz moddalar ham to‘planishi 
mumkin. Bunday moddalar odatda zaharli moddalar hisoblanib, ularni 
organizmdan chiqarib yuborish 
ajratish jarayoni
deb ataladi. Tirik 
organizmlar 
o

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə