Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy -pedagogik tadqiqotlar



Yüklə 310,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix05.05.2023
ölçüsü310,9 Kb.
#108717
  1   2   3   4   5
IJTIMOIY-PEDAGOGIK TADQIQOT



MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN
IJTIMOIY –PEDAGOGIK TADQIQOTLAR 
Adaptatsiya tushunchasi. Adaptatsiya 
– organizmning tashqi muhit bilan adekvat 
aloqalarning shakllanish xususiyati. Shuningdek, adaptatsiya bu organizm faoliyatini tashqi 
muhit ehtiyojlariga qarab o‘zgartirish qobiliyati hamdir. 
Barcha tirik mavjudotlar o‘zgaruvchan, atrof-muhitga doimiy adaptatsiyani ta’minlovchi 
mexanizmlarga ega. Bu qobiliyat gomeostaz asosida ro‘y beradi. Biroq atrof-muhitning 
bunday o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra bilish va unga ko‘nika olish faqat insonga xosdir. 
Insonning bu yuqori adaptativ qobiliyati tug‘ma bo‘lmay, insonning muhit bilan doimiy 
aloqasining oqibati sifatida rivojlanib keladi. 
Insonning ko‘nikish reaksiyalari shakllari ijtimoiy adaptatsiya sifatida aniqlanishi 
lozim. Boshqa tirik mavjudotlardan farqli o‘laroq, inson ijtimiy muhit o‘zgarishlariga ko‘nika 
olishi va bu holatlar uchun yurish-turish reaksiyalarini ishlab chiqishi lozim.
Insonda adaptatsion mexanizmlarda hal qiluvchi rolni ijtimoiy omillar o‘ynaydi. Ilmiy-
texnikaviy rivojlanish, urbanizatsiyaning tezlashishi tabiat va kosmosni faol o‘zlashtirish, 
aloqa vositalarining kengayishi va kompyuterlashtirish, davlatlararo integratsiya jarayonlari 
insonda o‘zgaruvchan muhit sharoitlariga tez ko‘nika olish qobiliyatini shakllantirish 
masalasini muhimlashtiradi. Bu qobiliyat shaxs rivojining yanada hal qiluvchi ahamiyatga 
ega komponentiga aylanmoqda. 
Insonning tug‘ilishi adaptatsiya borasidagi ilk sinovdir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda 
ham ko‘nikish mexanizmlari mavjud bo‘ladi. 
Biroq go‘daklik davrida muhit bilan faol o‘zaro munosabatlar natijasida oliy nerv 
faoliyatida ba’zi murakkab funksiyalar vujudga keladi. Miyada axborot to‘plash va uni qayta 
ishlash bolaga ijtimoiy muhitning ijtimoiy tajribasini tarbiyaviy ta’sir orqali o‘zlashtirish 
imkonini beradi. 
So‘nggi yillarda go‘daklik davridagi ijtimoiy adaptatsiyaga qiziqish ancha ortdi. 
Ta’lim muassasalalarida tarbiyalanayotgan barcha bolalar uchun ijtimoiy adaptatsiya 
muammosi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda bolaning ko‘nikish imkoniyatlarini 
oshirish, uning ijtimoiy aloqalarini kengaytirish bola shaxsining shakllanishi uchun 
nihoyatda katta ahamiyat kasb etmoqda. 
Bola shaxsining rivojlanishi uning aloqalarining xilma-xilligiga bog‘liq. Demak, 
bolaning har tomonlama rivojlanishi uning aloqalarining ham har tomonlama rivojlanishiga 
sabab bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy aloqalarning barvaqt shakllanishi tarbiyaga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadi. 


Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyati oliy nerv faoliyatining rivojlanishiga bog‘liq ravishda 
postanal antogenezda shakllanadi. Bu jarayon hayotning ilk uch yilida ayniqsa jadal kechadi. 
Shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi uchun yangi ijtimoiy muhitdagi aloqa va me’yorlar 
haqidagi ma’lumot muhim ahamiyatga ega. Yangi ijtimoiy talablarga ko‘nikish bir qancha 
ruhiy-hissiy qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi. 
Bola ijtimoiy adaptatsiyani o‘z tajribasi asosida ta’lim-tarbiya jarayonida o‘rganadi.
Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatini hosil qilish ko‘nikish imkoniyatini kengaytiradi. Shu bilan 
birga bolaning ko‘nikish imkoniyatlarida inqirozli holatlar ham paydo bo‘ladi. Bu 
imkoniyatlar esa boshqalar bilan aloqalarning rivojlanishi, bola miyasida axborotlarni qayta 
ishlashga bog‘liq bo‘ladi. 
Bolada aniq bir mikroijtimoiy muhitning shartlari sifatida shakllanadigan yurish-turish 
shakllari ijtimoiy adaptatsiyaning fiziologik holati hisoblanadi. Bu sharoitlar o‘zgarganida, 
masalan, bolalar muassasasiga kirganda yurish-turishining ham o‘zgarishi talab qilinadi. 
Turli yosh davrlarida bu turli darajadagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 
Bolalarning ta’lim muassasalaridagi adaptatsiyalarining asosiy xususiyati bolada 
oilasida shakllanadigan ota-onasi bilan munosabati va safdoshlar bilan shakllanadigan 
munosabatlari orasidagi farqdir. 
Bolaning bolalar muassasasi jamoasiga ko‘nikishida bola doim uyda, oilasida 
o‘tkazgan davrlarida shakllangan ota-onasi bilan munosabatlarining buzilishi haqida gap 
ketmaydi. Bunda yaqin insonlari bilan ayrimli va oilaviy xarakterga ega bo‘lmagan yangi 
aloqalarning shakllanishi nazarda tutilmoqda. 
Bolaning yangi muhit sharoitlari bilan tanishganidanoq oldiga qo‘yilgan talablar 
shubhasiz u yoki bu darajadagi qiyin masala hisoblanadi. Murakkablik darajasi bolaning 
individual hususiyatlariga bog‘liq. Faqatgina ba’zi hollarda murakkablik darajasi bola 
imkoniyatlaridan oshib ketadi. Shuning uchun bolaga bu murakkabliklarni yengishga yordam 
beradigan yo‘llarni qidirish lozim, chunki, ayni shu paytning o‘zida uning ijtimoiy 
aloqalarining kengayishi ham sodir bo‘ladi. 

Yüklə 310,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə