Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy -pedagogik tadqiqotlar


Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari sharoitlariga moslashuvi



Yüklə 310,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix05.05.2023
ölçüsü310,9 Kb.
#108717
1   2   3   4   5
IJTIMOIY-PEDAGOGIK TADQIQOT

Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari sharoitlariga moslashuvi 
xususiyatlari. 
Hayotning ilk uchinchi yilida bolalar bog‘chasiga qabul qilinish boladan shu 
paytgacha shakllanib bo‘lgan yurish-turish stereotipini o‘zgartirishni talab qiladi. Ham 
bolaning sog‘ligi, ham har tomonlama rivojlanishi borasida biror-bir noxush hodisalar paydo 
bo‘lishini bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagoglar ta’lim muassasalari ishini 
takomillashtirish borasida yordam ko‘rsatishlari va bolalar hayotini har tomonlama qulay 
tashkil qilishda ishtirok etishlari zarur.


Bu yoshdagi bolalarning xususiyatlari: 

organizm barcha tizimlarining funksional yakunlanmaganligi va ular rivojlanishining 
nihoyatda tez sur’atidir; 

jismoniy va ruhiy rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi; 

go‘dak hayotining birinchi yillarida kattalarning o‘rni.
Bola tug‘ma yurish-turish shakllariga ega emas va u ijtimoiy muhitda rivojlana turib 
uch asosiy komponentni: hudud (narsa-predmetlar, ulardan foydalanish vositalari), vaqt 
(kundalik tartib) va muomala shakllarini o‘zlashtiradi. Demak, bola tug‘ilishdanoq uning 
faolligi “bola-kattalar” munosabatlari ichida tartibga solinadi. 
Yosh bolalar yurish-turishining xarakterli jihati yuqori hissiyotchanlikdir. Bolaning 
emotsional holati uning rivojlanishi va tarbiyalanganligi darajasiga bog‘liq. Atrof-muhit va 
odatiy hayot tarzining buzilishi birinchi navbatda emotsional holatnnng buzilishiga olib 
keladi. 
O‘yin – bola faolligining asosiy va o‘ziga xos shaklidir. Bu o‘sayotgan bola 
organizmining tabiat, atrof-muhit ob’ektlari haqida ma’lumot yig‘ishga, kattalarga taqlid 
qilishga, faol harakat qilishga ehtiyojidir. O‘yin bolaning muhit bilan o‘zaro aloqasi 
shakllanadigan faoliyat turidir. Shuningdek, o‘yinlarda bola bajara olmaydigan talablar 
qo‘yilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, o‘yin bola hayoti, madaniyati va faoliyatini tashkil 
qilish shakli sifatida bolaning yangi muhitga ko‘nikish shartidir. 
Yuqorida aytilganlarni barchasini inobatga olib, ijtimoiy pedagogning ta’lim
muassasidagi bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasiga qaratilgan faoliyati quyidagilar 
ekanligini aytsak bo‘ladi: 
1. Adaptatsion bosqichning kechishini og‘irlashtiruvchi va bolalarning kasallanish 
darajasini oshiruvchi yetakchi biologik va ijtimoiy omillarning kompleks tuzilmasini 
aniqlash; 
2. Kompleks usullardan foydalangan holda adaptatsion bosqichning tahlili; 
3. Adaptatsion bosqich kechishini yengillashtiruvchi va qulay sog‘liq holatini saqlashga 
yordam beruvchi chora-tadbirlarni izlash va ishlab chiqish. 
Ijtimoiy adaptatsiya bolaning ruhiyatida qizg‘inlikni paydo qilmasdan iloji yo‘q. 
Buning ilk namoyon bo‘lish shakllari emotsinal holatning buzilishidir.
Ijtimoiy pedagog bolalarning ko‘nikish darajasini aniqlashi uchun quyidagi tasnifga 
tayanishi lozim: 


1.

Yüklə 310,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə