Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy -pedagogik tadqiqotlar



Yüklə 310,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix05.05.2023
ölçüsü310,9 Kb.
#108717
1   2   3   4   5
IJTIMOIY-PEDAGOGIK TADQIQOT

Yengil adaptatsiya 
– bolaning yurish-turishi 10-15 kun ichida me’yoriy holatga 
qaytadi. Bola MTMga qatnay boshlaganidan so‘ng bir oy o‘tgach, o‘zini me’yorda tuta 
boshlaydi. 
2.O‘rta adaptatsiya 
– bolaning yurish-turishi yoki emotsional holatidagi o‘zgarishlar 15-
30 kun ichida me’yoriy holatga qaytadi. Agar avval unda ozish kuzatilgan bo‘lsa, keyinchalik 
u o‘z vaznini tiklab oladi. MTMga qatnay boshlashidan bir oy mobaynida bir marotaba yengil 
kasallikka chalinadi va 7-10 kun MTMga kelmasligi mumkin. 
3.Og‘ir adaptatsiya 
shunda namoyon bo‘ladiki bolalarda tez-tez qaytadan kasal bo‘lish 
kuzatiladi va u kasalliklar ba’zi hollarda jiddiy tus olishi mumkin (bronxit, pnevmaniya). Bu 
holatda adaptatsiya bir oydan ziyod vaqtga cho‘ziladi, rivojlanish va sog‘liq ko‘rsatgichlarida 
noxush holatlar ham namoyon bo‘ladi. 
Adaptatsiyaning noxush holatlarini maksimal bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagog
9oylikdan 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar mikro ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlarni og‘ir 
o‘tkazishlarini inobatga olishi lozim. Shuningdek, adaptatsiya jarayonini oilaviy tarbiyaning 
quyidagi kamchiliklari ham og‘irlashtirishi mumkin:

noto‘g‘ri ovqatlanish

bolani noto‘g‘ri belash; 

salbiy odatlar; 

yoshiga mos kelmaydigan ko‘nikmalar; 
Ijtimoiy pedagog faoliyati uch bosqichdan iborat bo‘lishi kerak: tashxis, tayyorlov,
amaliyot. 
Ijtimoiy-gigienik jihatlarga bag‘ishlangan tadqiqotlarda emizikli va maktabgacha 
yoshdagi bolalarning adaptatsiya davrida bir qator muhim parametrlarni, ya’ni kasallanish
yurish-turish, ruhiy rivojlanishidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olish kerakligi ta’kidlanadi. 
Birinchi bosqich patronaji xaritasi: 
1. Ota-onasi haqida ma’lumotlar

otasi (F.I.Sh., tug‘ilgan yili, mansabi, ish joyi); 
onasi (F.I.Sh., tug‘ilgan yili, mansabi, ish joyi); 
onasida homilaning kechishi va bola tug‘ilishi. 

Yüklə 310,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə