A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


- §. 6- laboratoriya mashg‘uloti



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

50- §. 6- laboratoriya mashg‘uloti
G‘o‘za, pomidor, namozshomgulning chatishtirish 
natijasini gerbariy asosida o‘rganish
O‘simlik turi
Dominant belgi Retsessiv belgi
Oraliq holda hosil bo‘ladigan belgi
G‘o‘za
Pomidor
Nomozshomgul
Ota­ona o‘simliklarning fenotipi avvalgi tajribadagi kabi, lekin 
ajralish natijasi boshqacha. Duragaylar orasida 25% o‘simliklar yu­
maloq qizil meva, 25% noksimon qizil meva, 25% yumaloq sariq 
meva, 25% noksimon sariq meva berdi (nisbatan 1:1:1:1). Ota­ona 
o‘simliklarning genotipi qanaqa? Duragaylar genotipichi? 
2.


Mendel o‘z tajribalarida xushbo‘y no‘xat o‘simligining yetti juft irsiy 
belgisining nasldan naslga o‘tishini kuzatdi. Keyinchalik olimlarning 
ilmiy izlanishi natijasida har xil turga mansub organizmlardagi turli juft 
belgilarning irsiylanishi o‘rganilib, Mendel qonunlari isbotlab berildi. 
Natijada bu qonunlar umumiy xarakterga ega ekanligi tan olindi. Lekin 
keyingi ilmiy izlanishlar xushbo‘y no‘xatning ayrim belgilari — changchi 
shakli, gulning rangi nasl larda mustaqil taqsimlanmasligi isbot etildi. 
Nasllar ota­onaga o‘xshagan holda qoladi. Asta­sekin Mendelning 
uchinchi qonuni asosida bunday belgilar ko‘p to‘plana bordi. Shu narsa 
aniq bo‘ldiki, avlodlarda belgilarning ajralishi va kombinatsiyasida 
barcha genlar tarqalmaydi. Albatta ixtiyoriy organizmda belgilar soni 
nihoyatda ko‘p. Xromosomalar soni esa ma’lum miqdorda bo‘ladi. Har 
bir xromosomada juda ko‘p genlar joylashadi. Bunday genlar bir­biri 
bilan birikkan genlar deyiladi. Ular birikkan guruhlarni tashkil etadi. 
Genlarning birikkan guruhi xromosomalarning gaploid to‘plamiga mos 
keladi. Misol uchun, odamda 46 ta xromosoma — birikkan guruhi 
23 ta, drozofilada 8 ta xromosoma — birikkan guruhi 4 ta, no‘xatda 
14 ta xromosoma — birikkan guruhi 7 ta bo‘ladi. Bitta xromosomada 
joylashgan genlar quyidagicha irsiylanadi.
Genlar
bir xromosomada bo‘lganda nasldan naslga o‘tish qonuniyatlari 
haqidagi masalani T. Morgan va uning shogirdlari mukammal o‘rga­
nishgan. Asosan drozofila degan kichik meva pashshasi tekshirilgan 
(61­ rasm). Bu hasharot genetik tadqiqotlar uchun juda qulay. Drozofila 
laboratoriya sharoiti da oson ko‘payadi, serpusht bo‘ladi: ular +25—26
o

da har 10—15 kunda yangi nasl beradi, irsiy belgilari juda ko‘p va turli­
tuman, xromosomalari oz (diploid soni 8 ta) bo‘ladi.

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə