A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

 Xo

rozlarda tojining shakllari: 
64­ rasm.
A
oddiy (aabb); 
B
no

xatsimon (aaBB yoki aaBb); 
D
yong

oqsimon (AABB yoki AaBb); 
E
gulsimon (AAbb yoki Aabb).


124
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
o‘simlik larning genotipi — AAbb va aaBB bo‘lib, ularning har biri bit­
tadan dominant (A yoki B) genga ega. Bu dominant genlar alohida­alohi­
da holda gulga qizil rang bera olmaydi, shuning uchun ota­ona no‘xat 
o‘simliklarining guli oq bo‘ladi. 
Genlarning polimer ta’siri.
Allel bo‘lmagan bir nechta genning bit­
ta belgining rivojlanishiga o‘xshash ta’sir ko‘rsatishi genlarning 
polimer 
ta’siri
deyiladi. Genlarning polimer ta’siri organizmlarning miqdoriy bel­
gilarida uchraydi. Masalan, hayvonlarning vazni, o‘sishi, o‘simliklarning 
bo‘yi, tovuqlarning tuxum qilishi, qoramol sutining miqdori va yog‘liligi, 
o‘simliklar tarkibidagi vitaminlar miqdori va boshqalar. Miqdor belgilar­
ning rivojlanish darajasi unga ta’sir etuvchi polimer genlar soniga bog‘liq 
bo‘ladi. Polimer hodisasini dastavval shved olimi Nilson Ele o‘rgandi. U 
bug‘doyning qizil (A
1
A
1
A
2
A
2
) va oq (a
1
a
1
a
2
a
2
) navlarini o‘zaro chatishtirib 
F
1
o‘simliklarni oldi (65­ rasm).
F
1
da donlarning rangi pushti bo‘ldi. F
1
o‘zaro chatishtirilib F
2
dagi 
o‘simliklarning don rangiga qarab 5 ta guruhga ajratildi. Ularning mi­
qdoriy nisbati quyidagicha: 1 ta qizil, 4 ta och qizil rangli, 6 ta pushti, 
4 ta och pushti rangli, 1 ta oq donli donga ega o‘simliklar. Polimeriya 
orqali irsiylanish qonuniyatlarini o‘rganishning ahamiyati juda katta. 
Organizmlardagi, xususan madaniy o‘simlik va uy hayvonlarining inson 
uchun foydali miqdoriy belgilari polimer genlar ta’sirida irsiylanadi va 
rivojlanadi. Masalan, uy hayvonlarining og‘irligi, sut miqdori va yog‘liligi, 
lavlagi ildizmevasidagi shakarning miqdori, g‘alladoshlarda boshoqning 
uzunligi, makkajo‘xori so‘tasining kattaligi va hokazo.

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə