A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

127
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
asosi — genotip tabiati to‘g‘risidagi bilimlarni chuqurlashtirishga imkon 
beradi. Duragaylar avlodida gi ajralish ma’lumoti genotip bir­biridan ajra­
ladigan va mustaqil ravishda nasldan naslga o‘tib boradigan — genlardan 
tarkib topadi, deb ta’kidlashga imkon beradi. Shu bilan birga genotip 
yaxlit bo‘ladi va uni ayrim genlarni shunchaki mexanik yig‘indisi, deb 
qarash mumkin emas. Genotipning ana shunday yaxlitligi tur evolyutsi­
yasi jarayonida tarixan tarkib topgan bo‘lib, avvalo ayrim tarkibiy qismlari 
(genlar)ning doim bir­biriga yaqindan o‘zaro ta’sir etib turishi bilan ifo­
dalanadi. Organizm belgi larining rivojlanib borishi ko‘pgina genlarning 
o‘zaro ta’siriga bog‘liq bo‘ladi, har bir gen esa ko‘p tomonlama ta’sir eta­
di va organizmning bir emas, balki ko‘pgina belgilarining rivojlanishiga 
ta’sir qiladi.
1.
2.
3.
4.
Genlarning o‘zaro ta’sir etishini tushuntirib bering.
Genlarning o‘zaro ta’sir etishi qanday xillarga bo‘linadi?
Genlarning komplementar ta’siri nima? Misollar bilan tushuntiring.
Epistaz nima? Misollar keltiring.
1.
2.
3.
Genlarning polimer ta’sirini tushuntirib bering.
Genlarning ko‘p tomonlama ta’sirining mohiyati nimadan iborat?
Genlarning o‘zaro ta’siri Mendel qonunlaridan nimasi bilam farq qiladi?
Genetikadan masala yechish yoki bajarish nazariy bilimlar qay darajada 
o‘zlasti rilganligiga uzviy bo‘g‘liqdir. Agar o‘quvchi genetikadan zarur nazariy 
bilimga ega bo‘lmasa, masala yoki mashqlarni mustaqil ravishda yecha olmaydi. 
Shunga ko‘ra, o‘qituvchining masala, mashq yechishni o‘rgatishi ularga puxta 
va atroflicha bilim berishdan boshlanishi kerak. Dastur talablariga mos bilimlarni 
o‘quvchilar puxta o‘zlashtirishlari uchun har bir mavzu o‘tilayotganda o‘qituvchi 
jadval, diafilm yoki kinofilmlarni ko‘rsatish orqali tayyor bilim bermasdan, balki 
o‘quv materialini qismlarga (fragmentlarga) ajratgan holda, ularning faolligini 
oshirish kerak. Ya’ni muammoli savollar berish, dialog usulida dars o‘tish, 
doskadan keng foydalanish, masalan, ota­ona va duragaylar turli bog‘inlarning 
genotipini va fenotipiti yozish, 
mono-

di-
, poliduragaylardan gametalar olish, 
duragaylar ora sidagi xilma­xillikni doskada tahlil qilish yoki genlarning o‘zaro 
ta’sir mexanizmini yozib tushuntirish muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə