A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

irsiy o

zgaruvchanlik
deyiladi. Ba’zan 
bular aniq ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar bo‘lib, ularga: kalta oyoqli 
qo‘y larning paydo bo‘lishi, tovuqlarda patning bo‘lmasligi (130­ betdagi
66­ rasmga qarang) mushuk barmoqlarining ayri bo‘lishi, pigmentlarning 
bo‘l masligi (albinizm), odamlarda barmoqlarning kalta bo‘lishi (130­ bet­
dagi 67­ rasm) va ko‘p barmoqlilik (polidaktiliya) (131­ betdagi 68­ rasm) 
kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
To‘satdan vujudga keladigan va qat’iy ravishda nasldan naslga o‘tadigan 
o‘zgarishlar natijasida xushbo‘y no‘xatning kalta poyali navlari, qat­qat 
tojibarg hosil qiladigan o‘simliklar va juda ko‘p boshqa belgilar paydo 
bo‘lgan. Ko‘pincha ular juda kichik, lekin sezilarli o‘zgarishlar hisoblanadi. 
Genetik materialning irsiy o‘zgarishiga 
mutatsiyalar
deyiladi. Mutatsiyalar 
gen yoki xromosoma tuzilmasining o‘zgarishi tufayli hosil bo‘ladi va tur 
ichidagi xilma­xillikning birdan­bir manbai bo‘lib xizmat qiladi. 
9 — Biologiya, 9­ sinf.


130
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
Mutatsiyaning namoyon bo‘lish xarakteri.
Mutatsiyalar dominant va 
retsessiv bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi retsessiv bo‘lib, geterozigota holdagi 
organizmlarda yashirin holda uchraydi. Bu holat turning yashashi uchun 
muhim ahamiyatga ega. Odatda mutatsiyalar zararli bo‘lib, organizmning 
nozik muvozanatdagi biokimyoviy jarayonlar tuzilishiga o‘zgartirishlar 
kiritadi. Dominant mutatsiyaga ega organizmlar gomo va geterozigota 
holatlarda yashovchan bo‘lmaydi va individual rivojlanishning dastlabki 
bosqichlaridayoq nobud bo‘ladi. Tashqi muhit o‘zgarishi natijasida ilgari
 
Odamdagi qisqa barmoqlilik:

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə