A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


Mutatsiyalarning paydo bo‘lish darajalari



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

Mutatsiyalarning paydo bo‘lish darajalari. 
Bir gen doirasidagi bitta 
yoki bir nechta nukleotidlarning o‘zgarishi yoki almashinishi bilan 
bog‘liq muta tsiyalar 
gen
yoki 
nuqtali mutatsiyalar
deb ataladi. Ular 
oqsillar tuzilishiga o‘zgarishlar kiritadi, ya’ni polipeptid zanjirdagi 
aminokislotalarning ketma­ketligi yangilanadi va shu bilan oqsil 
molekulasining funksional faolligini o‘zgartiradi.
Xromosoma tuzilmasining o‘zgarishi 
xromosoma mutatsiyasi
deb 
ataladi. Bunday mutatsiyalar xromosomaning ma’lum bir qismining 
yo‘qolishi tufayli vujudga keladi. 
Ayrim hollarda xromosomadan ajralgan qism gomologik bo‘lmagan 
xromosoma bilan birikib, genlarning yangi kombinatsiyasini paydo qiladi 
va ularning o‘zaro ta’sir xarakterini o‘zgartiradi.
Odamda qo

shimcha 
barmoqning bo

lishi.
 
68­ rasm.


132
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
Urug‘lanish davrida bunday gametalarning normal gaploid gameta bilan 
qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan zigotada mazkur turga xarakterli bo‘lgan 
diploidli to‘plamga nisbatan xromosomalar soni bittaga ko‘p yoki kam 
bo‘ladi. Bunday holatlarda genlar muvozanatining buzilishi organizm rivoj­
lanishining buzilishiga olib keladi. 
Sodda hayvon va o‘simliklarda ko‘pincha xromosomalarning gaploid 
to‘plamga nisbatan karra ortishi kuzatiladi. Xromosomalar to‘plamining 
bunday o‘zgarishi 
poliploidiya
deb ataladi. Poliploidiyaning darajasi 
har xil bo‘ladi. Sodda hayvonlarda xromosomalar soni bir necha yuz 
barobarga ko‘payishi mumkin. Poliploidiya hodisasi yuksak o‘sim­
liklarda keng tarqalgan. Kariotipda xromosomalar sonining ko‘payishi 
bilan organizmning genetik barqarorligi ortadi, mutatsiya jarayonida 
hayotchanlikning pasayishi xavfi kamayadi. Poliploidiya organizmlarning 
hayotchanligi, mahsuldorligi va boshqa xususiyatlarini oshiradi. O‘sim­
likshunoslikda poliploidiyadan keng foydalani ladi. Chunki madaniy 
o‘simliklarning sun’iy olingan poliploid navlari yuqori hosildorligi bilan 
farqlanadi (69­ rasm).

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə