A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


XIII bob  Odam genetikasi



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

XIII bob 
Odam genetikasi
 
 58- §. Odam genetikasining o‘rganish usullari 
Belgilar
Dominantlar
Retsessivlar
Jingalak (geterazigotada taram­taram) soch
Sochning erta to‘kilishi
Malla bo‘lmagan soch
Qo‘y ko‘z
Sepkillar
Pakanalik
Polidaktiliya (ortiqcha barmoqlar bo‘lishi)
To‘g‘ri soch
Normal
Malla soch
Ko‘k yoki kulrang ko‘z
Sepkillar bo‘lmasligi
Normal bo‘y
Barmoqlar sonining normal bo‘lishi


138
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
Ma’lumki, odamning genotipiga bog‘liq bo‘lgan u yoki bu ruhiy xusu­
siyatlari, jumladan, iste’dodning yuzaga chiqishi ijtimoiy muhitga bog‘liq.
Ko‘pgina kasalliklar retsessiv holda nasldan naslga o‘tishi geneologik 
usul yordamida aniqlangan. Jumladan: qandli diabet, tug‘ma karlik, 
gemofiliya, shizofreniya (og‘ir ruhiy kasallik)ning ba’zi formalari. Faqat 
retsessiv genlar bilan emas, balki dominant genlar bilan belgila na di gan 
irsiy kasalliklarni braxidaktiliya yoki kaltabarmoqlik, ko‘z shox par da ­
sining ko‘rlikka olib keladigan irsiy degeneratsiyasi, sil kasalligiga moyillik 
kabi lar ham geneologik usul yordamida nasldan naslga o‘tishi aniqlangan.
Egizaklar usuli
o‘xshash belgilarning egizaklarda rivojlanib borishini 
o‘rga nishdan iborat. Ma’lumki, odamda egizaklar ikki xil bo‘ladi. Ba’zi 
hollar da bir emas, balki ikkita (kamdan­kam hollarda uchta va hatto 
to‘rtta) tuxum hujayra urug‘lanadi. Egizaklar bitta tuxum hujayradan va 
har xil tuxum hujayradan rivojlanadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlangan 
egizaklar bir jinsli va bir­biriga nihoyatda o‘xshash bo‘ladi. Bu tushunarli 
albatta, chun ki ular bir xildagi genotipga egadir, ular o‘rtasidagi tavofut­
lar esa faqat muhit ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Har xil tuxumdan rivojlangan 
egizak lar egizakmas aka­uka yoki opa­singillardek bir­biriga o‘xshash, 
bir xil yoki har xil jinsli bo‘ladi. 

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə