A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


Genlarning o‘zaro epistaz ta’siri



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

Genlarning o‘zaro epistaz ta’siri.
Fenotipda bir dominant genning 
allel bo‘lmagan ikkinchi dominant gendan ustunlik qilishi 
epistaz
deb 
ataladi. Bu qonuniyatning mohiyatini tovuq zotlarida pat rangining ir­
siylanishi misolida
ko‘rib chiqaylik. Patlari oq rangdagi ikkita tovuq 
zotlarining fenotipi bir xil bo‘lsa ham ularning bu belgi bo‘yicha geno­
tiplari har xilligi aniqlandi. Buni tekshirish uchun har ikkalasi ham 
Oq
Oq
Gametalar
Qizil


125
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
oq patli tovuq zotlariga chatishti rildi. F
1
da hamma duragaylarning 
pati oq rangli chiqdi. F
1
duragay avlodidagi xo‘roz va tovuqlarni o‘za­
ro chatishtirib olingan ikkinchi avlodda patning rangi bo‘yicha ikki­
ta fenotipik guruhga ajralish kuzatildi. Ularning 13/16 qismi oq patli, 
3/16 qismi esa qora patli tovuq­xo‘rozlar ekanligi aniqlandi. 
Shunday qilib, ikkita oq patli tovuq zotlarini chatishtirib olingan du­
ragaylarning ikkinchi avlodida yangi belgi (patning qora bo‘lishi)ga ega 
bo‘lgan organizmlar paydo bo‘ldi. Endi tovuqlardagi pat rangining bun­
day tarzda irsiylanib F
2
da xilma­xil ajralish kuzatilishining genotipik 
asoslari bilan tanishaylik. Tovuq zotlarida IiCC, IICC, IiCc, iicc, IIcc, 
Iicc genotiplar patning oq bo‘lishini ta’minlaydi. iiCC, iiCc genotiplar 
esa patning qora bo‘lishini ta’min etadi. Tovuq zotlarida patning oq­qora 
bo‘lishi ikki juft allel bo‘lmagan genlarga bog‘liq. Ularning birinchi juf­
ti Cc genidir. Bu genning dominant alleli (CC) va (Cc) holatda patning 
qora bo‘lishini ta’minlaydi. Bu genning (cc) holati patning oq bo‘lishiga 
zamin yaratadi. Unga allel bo‘lmagan ikkinchi juft gen I­i esa, C­c gen­
ning faoliyatini boshqaradi. Bu gen 
ingibitor
gen deb ataladi va II, Ii ho­
latlarida patga rang beruvchi (C) genining faoliyatini to‘xtatadi. Natijada 
C geni genotipda bo‘lsa ham, patning qora bo‘lishini fenotipda namoyon 
eta olmaydi va pat rangi oqligicha qoladi. Shunday qilib, allel bo‘lmagan 
genlarning o‘zaro epistaz ta’siridagi irsiylanish jarayonida ham duragay av­
lodlarda, ota­ona organizmida bo‘lmagan yangi belgilar paydo bo‘ladi.

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə