A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

Erkak va urg

ochi pashshaning xromosomalari to

plamidagi bu jinsiy 
tafovutlar ko

payish jarayonida qanday saqlanib qoladi? 
Bu savolga javob berish uchun meyozda va urug‘lanishda xromo­
somalar qanday holatda bo‘lishini aniqlab olish zarur. Urg‘ochi pash­
shaning jinsiy xromosomalari yetilayotganda meyoz natijasida har bir 
tu xum hujayraga to‘rtta xromosomadan iborat gaploid to‘plam, shu 
jumladan, bittadan X­xromosoma o‘tadi. Meyozda erkak pashshada ikki 
xil spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Jinsiy xromosomalar hujayraning qara­
ma­qarshi qutblariga tarqalib ketadi. 
Shunday qilib, X­xromosoma bir qutbga, Y­xromosoma ikkinchi qutb­
ga boradi. Shu tufayli erkak pashshalarda ikki xil spermatozoidlar teng 
miqdorda hosil bo‘ladi. Bir xil spermatozoidlar 3 ta autosoma bilan bit­
ta X­xromosoma, boshqalarida uchta autosoma bilan bitta Y­xromosoma 
bo‘ladi. Urug‘lanishda ikkita kombinatsiya bo‘lish ehti molligi bir xil. 
Tuxum hujayrani X yoki Y­xromosomali sperma urug‘ lantirishi mumkin. 
Birinchi holda urug‘langan tuxumdan urg‘ochi pash sha, ikkinchi holda 
erkak pashsha rivojlanadi. Jins ko‘pchilik orga nizmlarda tuxum hujayra 
urug‘langandan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Jins belgilanishining xromosoma mexanizmi odamda ham xuddi dro­
zofiladagi kabi bir xil. Odam xromosomalarining diploid soni — 46 ta.
Shu songa 22 juft autosoma va 2 ta jinsiy xromosoma kiradi. Ayollarda 


120
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
jinsiy xromosomalar soni ikkita — X­xromosomadan, erkaklarda — bitta 
X va bitta Y­xromosomadan iborat bo‘ladi. Shunga ko‘ra, erkaklarda ikki 
xil spermatozoidlar — X va Y­xromosomali spermatozoidlar hosil bo‘ladi 
(62­ rasm).
Ayrim jinsli ba’zi organizmlarda (masalan, ba’zi bir hasharotlarda)
Y­xromosoma umuman bo‘lmaydi. Bunday hollarda erkagining xromo­
somalari bittaga yetishmaydi: X va Y­xromosomalar o‘rnida bitta X­xro­
mosoma bo‘ladi. Bu holda meyoz jarayonida erkak gametalar hosil bo‘lib 
kelayotganida X­xromosoma kon’yugatsiya uchun sherigi bo‘lmaydi va 
hujayralarning biriga o‘tadi. Natijada barcha spermatozoidlarning yarmisi 
X­xromosomali, qolgan yarmisi esa undan mahrum bo‘ladi. Tuxum hu­
jayra X­xromosomali spermiy bilan urug‘lansa, ikkita — X­xromo somasi 
bo‘ladigan to‘plam yuzaga keladi va bunday tuxumdan urg‘ochi orga­
nizm rivojlanib boradi. Tuxum hujayra X­xromosoma yo‘q spermiy bilan 
urug‘lansa, u holda bitta X­xromosomasi bo‘lgan organizm bunyodga ke­
ladi, u erkak bo‘lib chiqadi.
Shu bilan birga tabiatda jins belgilanishining boshqa turi ham borki, 
u urg‘ochi jinsning geterogametalik bo‘lishi bilan ta’riflanadi. Bu o‘rin­
da hozirgina ko‘rib o‘tilgan munosabatlarning teskarisi bo‘ladi. Urg‘ochi 
jinsga har xil jinsiy xromosomalar yoki faqat bir X­xromosoma xos bo‘la­
di. Erkak jinsi bir
xildagi X­xromosomalar juftiga ega bo‘ladi. Ma’lumki, 
bunday hollarda urg‘ochi jins geterogametali bo‘ladi, holbuki, spermiy­

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə