Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

 
(Sotvoldi Yo‘ldoshev tarjimasi) 


286 
UILYAM SHEKSPIR
(1564 – 1616) 
Uilyam Shekspir (William Shakespeare) 1564 
yilda Angliyaning Stretford shaharchasida qo‘lqopsoz 
kosib Jon Shekspir oilasida dunyoga kelgan.
1)
U dastlabki ma’lumotni “Grammatika maktabi”da 
olib, lotin tilini o‘rganadi va qadimgi Rim shoirlarining 
asarlari katta qiziqish bilan o‘qiydi. 
1587 yili London teatriga ishga kirib, sahna 
xizmatchisidan rejissyorgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Aynan shu davrdan 
Shekspirning ijodiy faoliyati boshlangan. Dastlab pesalarni qayta ishlab 
saxnalashtirish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, keyinroq o‘zi dramatik asarlar yoza 
boshladi va tez orada dramaturg sifatida nom qozondi. 1599 yilda Shekspir 
“Globus” teatriga qabul qilindi va o‘zining eng sara asarlarini ushbu teatrda 
sahnalashtirgan. Shekspir merosini olimlar uch davrga bo‘lib o‘rganadilar. Birinchi 
davrga adibning 1591-1601 yillarda yozgan “Venera va Adonis” (1593), 
“Lukretsiya” poemalari (1594), 154 sonet (1609) va tarixiy xronikalari kiradi.
Dramaturgning XVI asr tarixchisi Xolenshadning “Angliya, Shotlandiya va 
Irlandiya xronikalari”dan olingan ma’lumotlar asosida yozilgan 10 ta dramasi 
tarixiy xronikalar deb atalgan turkumni etadi. 
Shekspirning “Richard III” (1592), “Genrix IV” (1600), “Genrix V” 
(1599) tarixiy dramalari xronika janrining yuksak namunalari sanaladi. 
Shuningdek, Shekspir bu davrda o‘zining “Tit Andronik” (1594), “Romeo va 
Juletta” (1595), “YUliy Sezar” (1599) fojealarini, “Qiyiq qizning quyilishi” 
(1594), “Yoz oqshomidagi tush” (15994-1595), “Venetsiyalik savdogar” (1595), 
“Vindzorlik nozaninlar” (1597), “Yo‘q narsadan bir talay g‘avg‘o” (1598-1599), 
“Bu sizga yoqadimi” (1599-1600), “O‘n ikkinchi kecha yoki turfa hangomalar” 
(1690) nomli komediyalarini ham yaratgan. 
Adib ijodining ikkinchi davriga uning 1601-1608 yillarda yaratgan mashhur 
sahna asrlari kiradi. Ular “Hamlet” (1600-1601), “Otello” (1604), “Qirol Lir” 


287 
(1605-1606), “Makbet” (1606), “Antoniy va Kleopatra” (1607), “Koriolan” 
(1608), “Afinalik Timon” (1608) fojialaridir. 
Shekspir ijodining uchinchi davriga mansub asar “Perikl” (Periclus) 1608-
1612 yillarda yozilgan, “Sembelin” (1609-1610), “Qish ertagi” (1610-1611), 
“Bo‘ron” (1611) tragikomediyalari hisoblanadi. 
Shekspir asarlari XX asrning 30-40 yillaridan boshlab, taniqli o‘zbek 
adiblari tomonidan ona tilimizga tarjima qilina boshlangan. Ayniqsa uning asarlari 
G‘.G‘ulom, M.Shayxzoda, Uyg‘un, B.Boyqobilov, J. Kamol tomonidan mahorat 
bilan o‘zbek tiliga o‘girilgan. 


288 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə