ANTIK DAVR ADABIYOTI
“Antik adabiyot” atamasi Yevropadagi ikki quldorlik jamiyati – Yunon va
Rimda yaratilgan badiiy ijod namunalariga nisbatan tatbiq etiladi. Miloddan
avvalgi VIII-VII asrlarda Yunonistonda paydo bo‘lib, keyinchalik yuksak kamolot
bosqichiga ko‘tarilgan bu adabiyot milloddan avvalgi III asrda Rim
madaniyatining tarkib topishida katta rol o‘ynagan. Aslida Yunon va Rim
adabiyotidan avval madaniyat beshigi bo‘lgan Sharq mamlakatlari, xususan, Misr,
Eron, Xitoy, Hindiston, Bobil kabi qadimgi davlatlarda badiiy ijod taraqqiy etgan.
Fikrimiz isboti sifatida qadimgi Misr ehromlariga bitilgan falsafiy she’rdan
parchani keltirish mumkin:
“Bugun ko‘zlarimda o‘lim:
Xuddi og‘ir xastalikdan tuzalayotgan,
Kasal odamday.
Bugun ko‘zlarimda o‘lim:
Xuddi mirra daraxti xididay,
Xuddi shamolli kunda qayiq yelkani ostida o‘ltirganday.
Bugun ko‘zlarimda o‘lim:
Xuddi erkaklar urushdan qaytayotganda,
Yuraverib ochilgan so‘qmoqday.
Bugun ko‘zlarimda o‘lim:
Xuddi ko‘kdan choyshabni olganday,
Unda inson ilgari tasavvurida ham bo‘lmagan narsaga erishadi.
Bugun ko‘zlarimda o‘lim:
Xuddi uzoq yillik asirlikdan so‘ng,
O‘z uyini ko‘rmoqchi bo‘lgan odamning istagiday.”
Biroq, Yevropa xalqlari madaniy taraqqiyot yo‘lida asosan Yunon-Rim
madaniyati bilan aloqador bo‘lganliklari bois, shu xalqlar bunyod etgan madaniy
merosni eng qadimiy deb hisoblaganlar. Shu bois “antik” atamasi (lotin tilida
13
“antiquus” – “qadimgi”) Yevropaning eng qadimgi madaniy yodgorliklari,
jumladan adabiyotiga tatbiqan qo‘llanib kelinadi.
Demak, antik adabiyotning tarixiy chegarasi miloddan avvalgi VIII-VII
asrdan milodiy V asrgacha bo‘lgan 1200 yillik davrni o‘z ichiga oladi.
Yunon adabiyoti Yevropa xalqlarining qadimiy adabiyotidir. Bu bilan
qadimgi Sharq adabiyoti unsurlari Yunonlarga hech qanday ta’sir o‘tkazmagan
degan fikrdan yiroqmiz. Yunon folklari qo‘shnilari folklari ta’sirida boyigan. Mana
shu folklar zamirida paydo bo‘lgan Yunon adabiyoti mustaqil ravishda taraqqiy
etgan. Hozir bizga ma’lum bo‘lgan badiiy shakllarning ko‘pchiligi, uslub
vositalarining bir qanchasi Yunonlarning kashfiyoti sanaladi.
Rim adabiyoti Yunon adabiyotidan keyin rivojlandi. U Yunon adabiyoti
tajribalariga tayangan holda taraqqiy etdi. Shu bilan birga, antik jamiyatning
keyingi bosqichlarida paydo bo‘lgan yangi muammolarni xal etishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ydi.
Yevropa adabiyotining yuzlab, minglab namunalari unutilib, faqat
mutaxassislarning mulkiga aylanib qolgani holda Homer dostonlari, Yunon
dramasi namunalari, buyuk Rim shoirlarining asarlari hamon badiiy qimmati va
estetik ahamiyatini yo‘qotmagan. Mazkur asarlarning jozibasi ulardagi yuksak
mahoratdagina emas, balki shu adabiyotni yaratgan xalqlarning his-tuyg‘ulari va
orzu-umidlarining ifoda etilganligida hamdir. Qadimgi Yunon-rim adabiyotida
insoniyatning asriy muammolari qalamga olingan. “Ular botirlik jasoratini, kurash
ishtiyoqini, vatan mehrini, insonning qudratini kuylaganlar, ulug‘laganlar,
pastkashlik, qo‘rqoqlik, sotqinlik va shu kabi chirkin illatlarga nafrat ko‘zi bilan
qaraganlar”
1
. Shu bois uzoq o‘tmishda yaratilgan bo‘lishiga qaramay, Yunon-rim
adabiyoti namunalari turli tarixiy davrlarda ham jozibasini yo‘qotmay hammaga
manzur va ma’qul bo‘lib kelmoqda.
Yevropa xalqlari o‘z taraqqiyotlari davomida bir necha bor Yunon-rim
san’ati va adabiyotiga murojaat etib, ular asosida o‘zlarini bezovta qilgan tuyg‘u va
1
Антик адабиёт тарихи – Т.:Ўқитувчи, 1969, -Б.6.
14
g‘oyalarni hal etishga uringanlar. Ma’jusiylik kuchli ta’qib ostida bo‘lgan o‘rta
asrlarda ham antik mavzular Yevropa adabiyotidan chiqib ketgan emas.
XIV asrda Italiyada tug‘ilib, keyin Yevropaning boshqa mamlakatlariga
yoyilgan Uyg‘onish davrining ulug‘ allomalari antik dunyo ilm-u fani, san’at va
adabiyoti, falsafiy ta’limotlari ko‘magida bashariyatni jaholat uyqusidan
uyg‘otishni maqsad qilganlar. Gumanistlar antik zamon yodgorliklarini to‘plash va
nashr etishga katta e’tibor qaratdilar. “Uyg‘onish” so‘zining dastlabki ma’nosi ham
“Qadimgi ma’daniyatni tiklash” demakdir.
XVII asrdagi Yevropa klassitsizm adabiy oqimi esa antik dunyo badiiy
ijodiga taqlidan paydo bo‘ldi va rivojlandi. Xususan, Yevropa sahnasida 100-150
yil davomida antik davr tragediyalari mavzusi asosiy o‘rin egalladi. Mazkur davr
ijodkorlari antik adabiyoti namunalari va adabiyot nazariyasidan (ayniqsa
Arastuning “Poetika” asariga katta e’tibor qaratilgan) o‘z adabiy konsepsiyalarini
yaratishda ijodiy yondashib unumli foydalanganlar. Klassitsizm dramasida keng
tatbiq etilgan “uch birlik” (zamon, makon, harakat birligi) qonuni aynan shunday
yondashuvning natijasidir.
XVIII asrning 2-yarmidan boshlab, antik adabiyotga bo‘lgan munosabat bir
muncha o‘zgardi. Mutloq hokimiyatga qarshi bosh ko‘targan burjua rahnamolari
antik davr adabiy, tarixiy va falsafiy yodgorliklaridan o‘zlarini qizqtirgan ozodlik
va erkinlik g‘oyalarini topdilar. Yunon polislari va Rim respublikasining buyuk
yoki afsonaviy namoyandalari siymosida respublika tuzumining ideal obrazlarini
ko‘rganlar, xususan, Plutarx va Tit Liviy, respublika tuzumi uchun kurashchilar
Demosfen va Sitseron, imperatorlar istibdodini
fosh qilgan Tatsit va Lukan hamda
Rim satiriklari shular jumlasidandir.
Fransuz inqilobi davridagi (1789-1794) adabiyot, teatr xatto xalq amaliy
san’ati ham antik libosga burkangan edi. Fikrimizni inqilob adabiyotini yorqin
vakili Andre Sheneni quyidagi so‘zlari tasdiqlaydi: “Qadimgilarning bo‘yoqlardan
foydalanib, mash’alalarimizni ularning siyosiy gulxanlaridan alangalatamiz va
yangi ruh bilan yo‘g‘rilgan antik she’rlarni yaratamiz”.
15
Xullas, yangi Yevropa sivilizatsiyasiga qadimgi Yunon va Rim madaniyati
zamin tayyorlagan. Ko‘plab buyuk so‘z san’atkorlari, xususan, Dante, Petrarka,
Mikelanjelo, Shekspir, Milton, Bayron, Rable, Kornel, Rasin, Moler, Volter,
Lessing, Gyote va Shillerlar antik davrning g‘oyalari, badiiy obrazlarini o‘z
asarlarida qo‘llaganlar, yangicha talqin berganlar.
Buyuk rus adib va tanqidchilari Pushkin, Gogol, Belinskiy, Turgenev va
Tolstoy ham antik dunyo adabiyotini yuksak baxolaganlar, xususan Belinskiy
do‘stlaridan biriga yozgan maktubida qadimgi Yunon va Rim shoirlariga yuksak
baho berib, quyidagicha fikr bildiradi: “Iliada”...men uchun shunday bir xuzur
manbaiki, uning kuchidan ba’zan allaqanday totli qiynoqda behol bo‘lib qolaman...
Tushunmagan ko‘p narsalarimni Plutarx tufayli tushunib oldim. Yunon va Rim
zaminida eng yangi bashariyat ulg‘aygan ekan.
Markaziy Osiyo antik dunyo bilan ko‘p asrlar davomida madaniy-adabiy
aloqada bo‘lganligi tarixiy, ilmiy manbalardan ma’lum. O‘z vaqtida ellinizm
madaniyati yurtimiz madaniyatining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatgan. Shu
bilan bir qatorda Yunon-Baktriya hukmronlari davrida Sharq xalqlarining faol
ishtiroki bilan Sharqiy ellinizm madaniyati vujudga keldi. “Biz hozirgi zamonda
yurtimizning ming-ming yillik tarixini, tamomila yo‘qolib ketgan ba’zi bir adabiy
asarlarimiz (“To‘maris”, “Shiroq”, “Zarina va Striangiya”, “Zariadr va Odatida”
dostonlari) izlarini antik zamonda o‘tgan Yunon-Rim tarixchilari(Gerodot, Polien,
Diodor, Xares) asarlarida topib olamiz”
2
, - deb yozadi o‘zbek adabiyotshunos
olimi N.M.Mallaev.
X-XI asrlarda boshlangan madaniy rivojlanish natijasida ilm-fanda katta
yutuqlarga erishildi. Bu davrda jahon madaniyatini rivojlanishiga o‘zlarining ulkan
hissalarini qo‘shgan buyuk allomalar Al-Xorazmiy, Abunasr Forobiy, Abu Ali Ibn
Sino, Aburayxon Beruniy faoliyat ko‘rsatdilar. “Ikkinchi Aristotel” yoki “Al
muallim as-soniy” (“ikkinchi muallim”) nomini olgan Forobiy, “Uchinchi
Aristotel”, “fan sardori”, “falsafa sultoni” nomlarini olgan Ibn Sino Yunon
2
Н.М.Маллаев. Ўзбек адабиёти тарихи, Тошкент, 1963, 41-бет
16
olimlari, faylasuflarining ilmiy, falsafiy asarlariga tavsirlar yozib, ularni sharhlab
berganlar.
Sharq va G‘arbni birlashtirmoqchi bo‘lgan Aleksandr Makedonskiy haqida
ko‘plab tarixiy, badiiy, ilmiy asarlar yaratilib, uning shaxsiyati, insoniyat tarixidagi
o‘rni haqida turlicha talqinlar berilgan. Hazrat Navoiy qalamiga mansub “Saddi
Iskandariy” dostonida shoh Aleksandr timsoli o‘ziga xos, takrorlanmas, yangicha
talqil qilinadi. Daho shoir Iskandar obrazi orqali zamondoshlarini qiynayotgan,
hayajonga solayotgan ma’naviy-ahloqiy muammolarga e’tiborni qaratadi.
XX asrning 30-40 yillaridan boshlab O‘zbekistonda antik adabiyotni
o‘rganish, mazkur davrda yashab ijod etgan ijodkorlarning asarlarini o‘zbek tiliga
tarjima
qilish
ishlari
jonlandi.
Xususan,
Oybek,
A.Alimuhammedov,
H.Sulaymonovlar tomonidan qadimgi Yunon adabiyoti tadqiq etila boshlandi.
SHundan so‘ng, antik davr adabiyotidan o‘zbek tiliga qilingan dastlabki tarjimalar
paydo bo‘la boshladi. Bu borada Oybek, Asqad Muxtor, Erkin Vohidovlar samarali
faoliyat ko‘rsatdilar. Mohir tarjimon Q.Mirmuhammedovning ko‘p yillik mehnati
natijasida Homerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari o‘zbek tiliga o‘girildi.
Qadimgi Yunon va Rim davri ijodkorlari, faylasuflarining asarlaridan
qilinayotgan tarjimalar salmog‘ining oshib borayotganligi antik davr madaniyatiga
bo‘lgan qiziqishning xali hamon yuqori ekanligidan dalolat beradi. Umuminsoniy
badiiy merosning ajralmas qismi bo‘lgan antik adabiyotda tilga olingan ko‘plab
mavzu va muammolar hozir ham dolzarb bo‘lib, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Dostları ilə paylaş: |