18
va Anakreont she’rlarida kuzatish mumkin. Yunonlar lirik she’riyatni qo‘shiq,
musiqa va hatto raqs bilan bog‘liq ravishda tasavvur qilganlar. Asta-sekin
lirikaning
yamb
va
elegiya
deb atalgan turlari faqat o‘qishga moslashtirilgan janrga
aylanib bordi.
Qadimgi Yunon she’riyatida qofiya bo‘lmagan. Lirik asarlar ohangdorligini
ta’minlovchi yagona vosita vazn bo‘lgan. Shu
bois poeziyada vazn turlari
takomillashib borgan. Alkey va Sapfo singari shoirlar nomi bilan ataluvchi vazn
turlari jahon she’riyatidan abadiy o‘rin egallagan.
Miloddan oldingi VII-VI asrlar she’riyatida shaxsning fikr va o‘ylarini
diniy-axloqiy yondashuv asosida talqin etish kuchli edi. M.o.
VI asrda Ioniyada
bayoniy uslubdagi proza dunyoga keldi. Tarixiy va oddiy kishilar obrazlari aks
etgan novellalar va Ezop nomi bilan bog‘liq masallar yaratildi.
Afina
madaniyatining rivojlangan davri m.o. V-IV asrlarga to‘g‘ri kelib, dramatik janrlar,
ayniqsa, tragediya rivojlandi. Afina demokratiyasining qaror topishi davrining
yirik shoiri Esxil o‘z tragediyalarida ijtimoiy va axloqiy masalalarni qalamga olgan
bo‘lsa, Sofokl erkin inson timsolini yaratdi. Komediya an’anaviy
shakllarni
saqlagani holda, yangi ijtimoiy-satirik mazmun bilan boyidi, taraqqiy etdi. Bu
davrda Aristofan asarlari Yunon siyosiy va madaniy hayotida o‘tkir satira sifatida
maydonga chiqdi. Individuallashgan personajlar bilan
bir qatorda umumlashma
hajviy obrazlar paydo bo‘ldi. Miloddan oldingi II asrda Rim istilosi natijasida
Yunoniston madaniy
hayoti tushkunlikka yuz tutib, faqatgina milodning birinchi
asriga kelib, jonlanish paydo bo‘ldi va IV asrda
qadimgi Yunon adabiyoti
inqirozga uchradi.
Qadimgi Yunon adabiyoti quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1.
Krit-Mikena yoki Egey madaniyati(miloddan oldingi 2 ming yillikdan
miloddan oldingi XII asrgacha).
2.
Homer davri adabiyoti(m.o. IX-VIII asrlar).
3.
Yunon adabiyotining arxaik davri(m.o. V asr boshlarigacha).
4.
Antik davr – m.o. V-IV asrlar. Ellin polislarining gullab-yashnash
davri.
19
5. Ellinizm davri(ellin jamiyati adabiyoti) – m.o. VI-I asrlar.
6. Rim imperiyasi davridagi Yunon adabiyoti – m.o. I asr oxiridan.
Qadimgi Sharq va Yangi davr Yevropa adabiyotini bir-biri bilan bog‘lab
turuvchi antik davr, Yunon adabiyoti o‘z ahamiyati jihatidan
jahon adabiyotining
bir bo‘lagi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: