21
kezib yurgan paytlarida, insonning og‘ir va g‘amgin hayotini ko‘radi-da, odam
bolasini baxtiyor va xushnud qilish niyatida, ma’budlar taomi amvroziyani keltirib
bermoqchi bo‘ladi. Ma’budlar buni sezib qolgach, Dionis amvroziyani erga ko‘mib
qochadi. Birmuncha vaqtdan so‘ng bu yerda tok navdalari unib chiqadi,
uning
mevalari odamlarga baxt va shodlik keltiradi. Bundan qahrlangan Zevs, o‘g‘lini
Olimp tog‘idan badarg‘a qiladi. Erda Dionis og‘ir musibatlar chekib, vafot etadi.
O‘g‘lining o‘limidan so‘ng Zevs uning gunohlaridan kechib, Dionisni ma’budlar
qatoriga qabul qiladi. Dionis odamlarga har yili ikki marta o‘z sharafiga bayram
o‘tkazishni vasiyat qiladi. Shundan e’tiboran
Dionis hosildorlik, may, shodlik va
sarxushlik rahnamosi bo‘lib qoladi. Ularga bag‘ishlangan maqtov qo‘shiqlar –
difiramblarni kuylovchi xorga shoir Fespis birinchi akterni qo‘shgandan so‘ng u
dramatik janrga aylandi. Tragediya prolog (ekspozitsiya)dan boshlangan va
orxestrga xor chiqib, tomoshabinlarga voqeaning mohiyatini aytib bergan.
Shundan keyin dialogik qismlar – akterning korifey (xorning rahbari) bilan yoki
ikki-uch akterning suhbatlari bilan davom etgan va “eksod” (xotima)
bilan
yakunlangan. Aristotelning yozishicha, tragediya “trago” va “oide” so‘zlaridan
kelib chiqib, “taka qo‘shig‘i” ma’nosini anglatadi. Yunon shoir-dramaturglari,
jumladan – Esxil, Sofokl, Evripidlar ham o‘z tragediyalarini xudolar va
qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar.
Bayramlardagi hushchaqchaq hazillardan “comos” va “oide” (komediya),
ya’ni masxarabozlar qo‘shig‘i paydo bo‘lgan. Keyinroq tragediya va komediya
o‘rtasida “satirlar dramasi” shakllandi. Bu janrning ijodkori m.o. V asrda yashagan
shoir Pratim xisoblanadi.
Dramaning barcha turlari diniy marosimlardan paydo bo‘lganligi sababli,
qadimgi Yunonlar bularning barchasiga yuksak e’tiqod bilan qaraganlar.
Teatr
tomoshalari davlat tasarrufidagi muhim siyosiy hamda tarbiyaviy tadbirlardan biri
sanalgan. Ikkinchidan, Dionisiy marosimlari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ushbu
tomoshalar yiliga uch marotaba o‘tkazilgan va bir necha kun davom etgan.
Yunonlar bu marosimlarga shunchaki bir ermak deb emas, balki muhim diniy
bayram deb qaraganlar. Qadimgi Yunonistonda barcha o‘yinlar singari, teatr
22
tomoshalari ham musobaqa shaklida o‘tkazilgan. Tragediyanavis shoirlar
mazmunan bir-biri bilan bog‘liq 3 ta tragediya va 1 ta satirlar dramasini xakamlar
hay’atiga taqdim etganlar. Komediyanivis shoirdan faqat bitta asar talab etilgan.
Yunon adabiyotining barcha janrlari kabi, tragediyaning mavzulari ham asosan
mifologik afsonalardan olingan. Agarda dastlabki davrlardan
bu mavzular Dionis
haqidagi rivoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik shoirlar boshqa
ma’budlar va qahramonlar haqidagi afsonalarga murojaat qila boshlaganlar. Biroq,
shu bilan birga, tragediya mualliflari mavzu tanlaganlarida ham, faqat zamona
talablariga
hamohang miflarni olib, ularni birmuncha o‘zgartirib, moslashtirib,
shular misolida o‘z davrlarining muhim masalalarini hal etishga intilganlar,
mifologik qahramonlarning kurash va to‘qnashuvlari, ularning xatti-harakatlari
o‘sha davr tomoshabinlari uchun axloq va odobning namunasi, ijtimoiy xulqning
andazasi sifatida talqin etilgan; ana shu afsonaviy
qahramonlarning qilmishlari
timsolida tragediyanavis shoirlar o‘z zamondoshlarini yuksak ma’naviylik, vatanga
sadoqat, insoniy burch g‘oyalarida tarbiyalashni ko‘zlaganlar.
Dostları ilə paylaş: