61
na shodlikni, na g‘am-alamni bilib yashaydilar. Ularga odamlar hurmat bajo
keltirardilar, xolos.
Hazrati Zevs uchlamchi zot va uchlamchi asr – mis asrini yaratdi. Lekin u
kumush asriga o‘xshamasdi. Zevs nayza dastasidan dahshatli va qudratli odamlarni
vujudga keltirdi. Mis asrining odamlari nolayu afg‘on
keltiruvchi urush va
takabburlikni ma’qul ko‘rishdi. Ular ziroatchilikni bilmas, ular bog‘lar va dalalar
baxsh etayotgan samaralardan bebahra edilar. Zevs ularga ulkan bo‘y va engilmas
kuch-qudrat ato etgan edi. Ularning qalbi sarkashlik va jasoratga to‘la, qo‘llari esa
bukilmas edi. Ularning qurol-aslahasi misdan, uylari ham misdan bo‘lgan, ularning
ish quroli ham misdan edi. O‘sha zamonlarda qora temirni hali bilishmasdi. Mis
asrining odamlari bir-birovlarini o‘z qo‘llari bilan mahv etishardi. Ular ko‘p
yashamasdan qop-qorong‘i va vahshatli Aid saltanati – Yer qa’riga kirib ketardilar.
Nechog‘lik kuchli bo‘lishmasin, baribir ularni beshafqat o‘lim olib ketardi, shu
zayl yorqin quyosh yog‘dusini bevaqt tark etardilar.
Mazkur zot ko‘lankalar saltanatini ixtiyor etdi
deguncha buyuk Zevs shu
zahotiyoq hammani boquvchi zamin uzra ancha olijanob, ancha odil yarimxudolar
deb atalgan qahramonlarga teng keladigan yangi odamzotni yaratdi. Ular ham
manfur urush hamda dahshatli janglarda halok bo‘lib ketishdi. Ba’zilari yetti
darvozali Fiva yonida, Kadm mamlakatida Edipdan qolgan meros uchun kurashib
halok bo‘ldilar. Boshqalari zebo kokilli sohibjamol Yelenani o‘g‘irlash uchun o‘z
kemalarida keng dengizni suzib o‘tib, Troya yonida halok bo‘lishdi. Ularning
barchasi o‘limga duchor bo‘lgach, yashinchaqnatar
Zevs ularni tirik odamlar
ko‘zidan uzoqqa, yerning narigi chekkasiga ko‘chirdi. Yarimxudo qahramonlar
O‘qyonusning suronli suvlariga yaqin orollarda saodatmand va beg‘am hayot
kechirishardi. U yerlarda yer bir yilda uch marta asalday shirin hosil keltiradi.
So‘nggi, beshinchi asr odamzotning temir davridir. U yer yuzida hamon
davom etarkan, tun-kun tinim bilmay g‘am-anduh va tinkani quritadigan
mashaqqatli mehnat odamlarni halok etadi. Ma’budlar odamlarni og‘ir
tashvishlarga duchor qiladi. To‘g‘ri, xudolar yovuzlik
va yaxshilikni bir-biriga
aralashtirib yuborishsa-da, baribir yovuzlik ustun, u hamma joyda hukmrondir.
62
Bolalar ota-onani mensimaydilar. Do‘st do‘stga sodiq emas. Mehmon
mehmonnavozlikdan mahrum. Aka-uka o‘rtasida mehru oqibat yo‘q.
Kishilar
ichgan ontlariga rioya qilmaydilar, haqiqat va ezgulikning qadriga yetishmaydi.
Vijdon va odilhakamlik ma’budalari odamlarni mutlaqo tark etgan. Ular
o‘zlarining oq liboslariga burkanib, sarbaland Olimpdagi umriboqiy tangrilar
tomon
parvoz etib ketdilar, odamlar og‘ir musibatga hukm etilgan bo‘lib,
yovuzlikdan himoyalanishga ham ojizdirlar.
Dostları ilə paylaş: