66
EZOP MASALALARIDAN NAMUNALAR
BURGUT, ZAG‘CHA VA CHO‘PON
Yuksak qoyadan shiddat bilan qo‘zg‘algan burgut suruvdagi qo‘zichoqni
ildi-yu ketdi. Zag‘cha buni kuzatib turgandi, hasaddan ichi kuyib, o‘zining ham
shunday qilgisi kelib qoldi. Zag‘cha jon-jahdi bilan chinqirgancha bir qo‘chqorga
tashlandi: panjalari qalin junga o‘ralashib
qoldi-yu, na uchishga va na qochishga
imkon topoldi. Uning jon holatda pitirlayotganini ko‘rgan cho‘pon gap
nimadaligini fahmladi-da, darhol tutib oldi: qanotlarini qirqib tashlab, o‘zini ermak
uchun bolalariga eltdi. Bolalari chuvillashib: “Bu qandoq qush?” – deya
so‘raganlarida, cho‘pon aytdi: “Men-ku buning zag‘chaligini bilaman-a, ammo
uning o‘zi o‘zini burgut hisoblaydi-da?!”.
Alqissa, o‘zingdan zo‘rroqlar bilan bellashaman deb chiranganing bilan,
hech ish chiqarolmaysan, kulgi bo‘lganing qoladi, xolos.
Dostları ilə paylaş: