ALKEY IJODIDAN NAMUNALAR
AMALGA KIRDI HAMAL
Sapfoga
Nozik tabassumli, gulgun, musaffo,
Sochlari jingalik, maftunkor Sapfo!
Bir gap aytmoqchiman quloqlaringga,
Lekin aytolmayman, yo‘l qo‘ymas hayo.
* * *
Binafsha soch ey Sapfo,
Hushtabassum, musaffo.
Senga bir so‘z aytgim bor,
Ammo yo‘l qo‘ymaydi or.
BO‘RON
Asov shamolni anglash qiyin ko‘pida
Bostirib keladi to‘lqinlar lak-lak.
Ularning isyonkor taloto‘pida
Kemamiz xas misol bo‘lar chirpirak.
Sarkash to‘lqinlarga zo‘rg‘a berar dosh.
Palubamiz suvga to‘ldi butunlay.
Holi xarob yelkan ko‘tarolmas bosh,
Chirsillab uzilar arqon paydar-pay.
Illo, g‘anim beshafqat – boshni mag‘rur tut,
Yanada baland to‘lqin kelayotir bostirib.
Bundan ham badtar tashvish, mashaqqatni kut,
Agar bo‘ronga xudo bermasa firib.
72
*
*
*
Qurol-yarog‘lar-la jihozlangan uy,
Harbiy mis ashyolar yaraqlar voy-bo‘y –
Areyga
3
alyor!
Bunda dubulg‘alar yal-yal yonadi,
Asli toza mis-da, zo‘r toblanadi,
Bari serviqor.
Qilich, shamshirlarning qinlari qator,
Tizilgan mixlarda ilinib yotar,
Sovutlar bisyor.
Bir chekkadan qarab ko‘z ilg‘ar arang,
Qalqonning turi ko‘p, juda rang-barang –
Xilma-xil, zirhdor.
Xalkid xanjarlari emas bunda kam,
Topilar belbog‘lar – qurshoqlari ham;
Hammasi tayyor.
Bu yerda hech narsa unutilmagan,
Unutmayliksira, do‘stlar, nimaga
Qildik biz qaror!
3
Arey – urush ma’budi
73
BAHOR
Guv-guv guvlab, guvillab
Kirib keldi bahoroy.
Lolaqizg‘aldoq gullab
Qirlarga berdi chiroy.
Jonlandi bog‘u rog‘lar
Amalga kirdi Hamal.
Qushlar jo‘shqin chag‘-chag‘lar
Bir-biriga bermay gal.
Bahorning nafasida
Elga bo‘lib jo‘rovoz,
Bulbullarning sasida
Taraldi navo-soz!
Tog‘ bag‘ridan muzdek suv
Pastga otar o‘zini.
Yashillanib tok zangi
Asta ochar ko‘zini.
Sohildagi qamishzor
Yasanar jig‘a taqib,
Olazarak kakku ham
Sayrar dilga o‘t yoqib.
Ana, tom butog‘iga
Qaldirg‘och quribdi in.
Bola ochib, jonhalak
Emish tashiydi betin.
74
Uyada uchishga shay
Silkinar temir qanot.
Bahor bilan ularga
Boshlanar yangi hayot!
Dostları ilə paylaş: |