Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi


EZOP  (Akadroz) ( tax. m.o. VI asr)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

EZOP 
(Akadroz) ( tax. m.o. VI asr) 
Masalchilikning otasi deb hisoblangan 
yarim afsonaviy Ezop – miloddan oldingi VI asrda 
yashagan. Rivoyatlarga qaraganda, aslida u 
frigiyalik qul bo‘lib, keyinchalik ozod qilingan. Lidiya shohi Krez saroyida 
xizmatda bo‘lgan, Delfada erli xalq bilan bo‘lgan janjalda qoyadan uloqtirib 
o‘ldirilgan. Antik davrda ma’lum bo‘lgan deyarli barcha masallarning syujeti 
Ezopniki deb hisoblangan. Ular miloddan avvalgi V- IV asrlardan boshlab 
to‘planib, yozib olingan va “Ezop masallari” kitobiga kiritilgan. Milodiy X-
XVasrlardagi qo‘lyozmalarda 300 dan ortiq shunday masal saqlanib qolgan. 
Aksariyat syujetlari Shumer og‘zaki va yozma adabiyotiga borib 
taqaluvchi Yaqin Sharq masallariga yaqin turuvchi Ezopning nasriy masallari 
g‘oyaviy jihatdan tushkunlik va umidsizlik ruhida yozilgan, personajlari(asosan, 
hayvonlar) o‘ta shartli. Voqealar ixcham bayon qilinib, pand-nasixat bilan 
yakunlangan, tili sodda, jonli tilga yaqin. Masalchining ismi bilan yashirin ma’nosi 
bo‘lgan fikrlar 
ezop tili
deb atala boshlagan. Yevropa masalchiligi syujetining 
asosini Ezop masallari tashkil etgan. Ezopning ta’sirini keyingi davr 
masalchilarining deyarli barchasida, jumladan, fransuz yozuvchisi Lafonten(XVII 
asr), nemis adibi Lessing(XVIII asr), rus masalnavisi Krilovda sezish mumkin.
 

Dehqon bilan o‘g‘illari”, “Bog‘bon bilan o‘g‘illari”, “O‘g‘ri bilan onasi”, 
“Yolg‘onchi cho‘pon” masallardagi syujet va motivlarni o‘zbek xalq 
ertaklari(“Birlashgan o‘zar” ertagi), 
 
A. Navoiyning “Hayrat ul abror” asaridagi 
“Yolg‘onchi cho‘pon” hikoyatida uchratish mumkin.
 
 


66 
EZOP MASALALARIDAN NAMUNALAR 
 
BURGUT, ZAG‘CHA VA CHO‘PON 
Yuksak qoyadan shiddat bilan qo‘zg‘algan burgut suruvdagi qo‘zichoqni 
ildi-yu ketdi. Zag‘cha buni kuzatib turgandi, hasaddan ichi kuyib, o‘zining ham 
shunday qilgisi kelib qoldi. Zag‘cha jon-jahdi bilan chinqirgancha bir qo‘chqorga 
tashlandi: panjalari qalin junga o‘ralashib qoldi-yu, na uchishga va na qochishga 
imkon topoldi. Uning jon holatda pitirlayotganini ko‘rgan cho‘pon gap 
nimadaligini fahmladi-da, darhol tutib oldi: qanotlarini qirqib tashlab, o‘zini ermak 
uchun bolalariga eltdi. Bolalari chuvillashib: “Bu qandoq qush?” – deya 
so‘raganlarida, cho‘pon aytdi: “Men-ku buning zag‘chaligini bilaman-a, ammo 
uning o‘zi o‘zini burgut hisoblaydi-da?!”. 
Alqissa, o‘zingdan zo‘rroqlar bilan bellashaman deb chiranganing bilan, 
hech ish chiqarolmaysan, kulgi bo‘lganing qoladi, xolos.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə