Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

QAHRAMONLAR 
BESH ASR 
Hesiodning «Mehnat va kunlar» dostoni asosida bayon etilgan
 
Nurafshon Olimpda yashayotgan umriboqiy xudolar ilk inson zotini baxtli 
qilib yaratishgandi. Bu o‘ziga xos oltin asr edi. O‘shanda osmonda ma’bud Kron 
hukmronlik qilardi. O‘sha zamonlarda odamlar mas’ud ma’budlar yanglig‘ na 
tashvish, na mashaqqat va na g‘am-alamni bilardi. Ularga bemajol keksalik ham 
yot edi. Ularning qo‘l hamda oyoqlari hamisha kuchli va baquvvat edi. Beozor va 
saodatli hayotlari esa mangu ziyofatlardan iborat edi. Uzoq umr ko‘rgandan so‘ng 
boshga tushgan o‘lim ular uchun osoyishta va osuda uyquni eslatardi. Ularning 
tirik chog‘idagi turmushi farovon va badastur bo‘ldi. Erning o‘zi beqiyos boylik 
baxsh etardi, shu boisdan mehnat sarflab, yerga ishlov berishga to‘g‘ri 
kelmaydigan 
shirin-shakar 
mevalar 
keltiruvchi 
bog‘larni aytmaysizmi! 
Podalarining soni-sanog‘i yo‘q edi, ular sero‘t sayxonlarda bemalol o‘tlab 
yurardilar. Oltin asrda yashayotganlar tinch va osuda hayot kechirashardi. Xudolar 
odamlar bilan bamaslahat ish qilishardi. Biroq oltin asr abadiy emas ekan, tamom 
bo‘ldi, o‘sha odamlar avlodidan hech kim qolmadi. Oltin asr odamlari o‘lgandan 
keyin arvohlar yangi avlod kishilarining homiylariga aylanib ketdi. Ular tumanga 
chulg‘angan holda yelib, haqiqatni muhofaza qiladilar, yovuzlikni jazolaydilar. 
Ularni o‘limdan so‘ng Zevs shunday taqdirlagan edi. 
Ikkilamchi odam zoti va ikkilamchi asr birlamchisidek baxtli emasdi. Bu 
kumush asri edi. Kumush asri odamlari oltin asri odamlariga na kuch-qudratda, na 
aqlan teng edilar. Ular onalari bag‘rida aqli nuqsligicha yuz yillab yashar, voyaga 
yetar, o‘shandagina ularni tark etishardi. Kamolot yoshiga etganda ko‘p 
yashamasdilar, aqlsizliklari tufayli hayotda ko‘pincha baxtsizlik va g‘am-alamni 
boshdan kechirar edilar. Kumush asrining odamlari itoatkor emasdi. Umriboqiy 
ma’budlarga tobelik bajo keltirishmas, ularga qurbonlik keltirishni istamasdilar. 
Kronning buyuk o‘g‘li Zevs er yuzidan ularning urug‘ini butunlay quritdi. Zevs 
ulardan nurafshon Olimpda yashayotgan ma’budlarga tobe bo‘lmaganliklari uchun 
g‘azablanardi. Zevs ularni yer qa’ridagi zulumot saltanatiga ko‘chirdi. U erda ular 


61 
na shodlikni, na g‘am-alamni bilib yashaydilar. Ularga odamlar hurmat bajo 
keltirardilar, xolos. 
Hazrati Zevs uchlamchi zot va uchlamchi asr – mis asrini yaratdi. Lekin u 
kumush asriga o‘xshamasdi. Zevs nayza dastasidan dahshatli va qudratli odamlarni 
vujudga keltirdi. Mis asrining odamlari nolayu afg‘on keltiruvchi urush va 
takabburlikni ma’qul ko‘rishdi. Ular ziroatchilikni bilmas, ular bog‘lar va dalalar 
baxsh etayotgan samaralardan bebahra edilar. Zevs ularga ulkan bo‘y va engilmas 
kuch-qudrat ato etgan edi. Ularning qalbi sarkashlik va jasoratga to‘la, qo‘llari esa 
bukilmas edi. Ularning qurol-aslahasi misdan, uylari ham misdan bo‘lgan, ularning 
ish quroli ham misdan edi. O‘sha zamonlarda qora temirni hali bilishmasdi. Mis 
asrining odamlari bir-birovlarini o‘z qo‘llari bilan mahv etishardi. Ular ko‘p 
yashamasdan qop-qorong‘i va vahshatli Aid saltanati – Yer qa’riga kirib ketardilar. 
Nechog‘lik kuchli bo‘lishmasin, baribir ularni beshafqat o‘lim olib ketardi, shu 
zayl yorqin quyosh yog‘dusini bevaqt tark etardilar. 
Mazkur zot ko‘lankalar saltanatini ixtiyor etdi deguncha buyuk Zevs shu 
zahotiyoq hammani boquvchi zamin uzra ancha olijanob, ancha odil yarimxudolar 
deb atalgan qahramonlarga teng keladigan yangi odamzotni yaratdi. Ular ham 
manfur urush hamda dahshatli janglarda halok bo‘lib ketishdi. Ba’zilari yetti 
darvozali Fiva yonida, Kadm mamlakatida Edipdan qolgan meros uchun kurashib 
halok bo‘ldilar. Boshqalari zebo kokilli sohibjamol Yelenani o‘g‘irlash uchun o‘z 
kemalarida keng dengizni suzib o‘tib, Troya yonida halok bo‘lishdi. Ularning 
barchasi o‘limga duchor bo‘lgach, yashinchaqnatar Zevs ularni tirik odamlar 
ko‘zidan uzoqqa, yerning narigi chekkasiga ko‘chirdi. Yarimxudo qahramonlar 
O‘qyonusning suronli suvlariga yaqin orollarda saodatmand va beg‘am hayot 
kechirishardi. U yerlarda yer bir yilda uch marta asalday shirin hosil keltiradi. 
So‘nggi, beshinchi asr odamzotning temir davridir. U yer yuzida hamon 
davom etarkan, tun-kun tinim bilmay g‘am-anduh va tinkani quritadigan 
mashaqqatli mehnat odamlarni halok etadi. Ma’budlar odamlarni og‘ir 
tashvishlarga duchor qiladi. To‘g‘ri, xudolar yovuzlik va yaxshilikni bir-biriga 
aralashtirib yuborishsa-da, baribir yovuzlik ustun, u hamma joyda hukmrondir. 


62 
Bolalar ota-onani mensimaydilar. Do‘st do‘stga sodiq emas. Mehmon 
mehmonnavozlikdan mahrum. Aka-uka o‘rtasida mehru oqibat yo‘q. Kishilar 
ichgan ontlariga rioya qilmaydilar, haqiqat va ezgulikning qadriga yetishmaydi. 
Vijdon va odilhakamlik ma’budalari odamlarni mutlaqo tark etgan. Ular 
o‘zlarining oq liboslariga burkanib, sarbaland Olimpdagi umriboqiy tangrilar 
tomon parvoz etib ketdilar, odamlar og‘ir musibatga hukm etilgan bo‘lib, 
yovuzlikdan himoyalanishga ham ojizdirlar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə