Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

(ikkinchi jasorat) 
Birinchi jasoratdan so‘ng Evrisfey Heraklni Lerney ajdarini o‘ldirish uchun 
yubordi. U ilon gavdali va to‘qqiz boshli ajdaho kabi bir mahluq edi. Nemey 
arsloni singari ajdar ham Tifon va Exidnadan tug‘ilgandi. Ajdar Lerna shahriga 
yaqin joydagi botqoqlikda yashardi. U inidan sudralib chiqar va butun boshli 
podalarni mahv etar, tevarak-atrofni xarobazorga aylantirardi. To‘qqiz boshli ajdar 
bilan kurashish xavfli, chunki uning boshlaridan biri o‘lmas edi. Herakl ukasi 
Ifiklning o‘g‘li Iolay bilan Lerna sari yo‘l oldi. Lerna shahri yaqinidagi 
botqoqlikka yetib kelganlarida Herakl Iolayni mahodasida, yaqin o‘rtadagi 
o‘rmonda qoldirib, o‘zi ajdarni izlab ketdi. U uni botqoqlik bilan o‘ralgan g‘ordan 
topdi. Herakl o‘qlarini obdon qizdirib, ularni birin-ketin ajdarga qaratib uza 
boshladi. Heraklning o‘qlari ajdarning qahrini keltirdi. Tanasi yaltiroq tangachalar 
bilan qoplangan ajdar qop-qorong‘i g‘ordan bilanglab sudralib chiqa boshladi, u 
vahimali tarzda beo‘xshov kattakon dumi ustida tik turib oldi, keyin bahodir 
yigitga tashlanmoqchi edi, biroq Herakl uning tanasini oyog‘i ostiga olib, erga 
bosdi. Ajdar Heraklning oyoqlariga o‘ralmoqchi bo‘lib, bilanglar, uni yiqitmoqchi 
bo‘lardi. Navqiron bahodir mustahkam qoyaday turar, zilday og‘ir gurzisi bilan 
ajdarning boshiga tinimsiz tushirardi. Gurzi havoda xuddi quyunday uvullardi. 
Ajdarning boshlari birin-ketin uchib ketardi, lekin u hamon tirik edi. Bahodir 
Herakl qarasa, ajdarning bitta uzilgan boshi o‘rnida ikkita yangisi o‘sib 
chiqmoqda. Ajdarga ham yordamga keliщdi. Botqoqlikdan bahaybat qisqichbaqa 
sudralib chiqdi va Heraklning oyog‘iga o‘ralib oldi. SHunda Herakl do‘sti Iolayni 
yordamga chorladi. Iolay bahaybat va dahshatli qisqichbaqani o‘ldirdi, o‘rmonning 
bir qismiga o‘t quyib, daraxtlarning yonib turgan tanalari bilan ajdarning bo‘ynini 
kuydira boshladi. Ajdarning yangi boshlari o‘sishdan to‘xtadi. Borgan sayin u 


30 
Zevsning o‘g‘liga qarshilik ko‘rsatishga ojizlik qila boshladi. Nihoyat ajdarning 
o‘lmas boshi ham dumalab ketdi. Bahaybat maxluq engilgandi, u erga bejon 
quladi. G‘olib Herakl uning o‘lmas boshini chuqur qilib qazilgan erga ikkinchi bor 
dunyoga kelmaydigan qilib ko‘mib tashladi. SHundan keyin buyuk qahramon 
Herakl ajdarning tanasini ikkiga bo‘lib, uning zaharli o‘tiga o‘qlarni botirib oldi. 
O‘sha ondan buyon Herakl o‘qidan jarohatlangan jonzot tanasi davolanmaydigan 
bo‘lib qoldi. Navqiron bahodir shaharga katta tantana bilan qaytdi. Bu u erda uni 
Evrisfeyning yangi topshirig‘i kutardi. 
DEDAL VA IKAR 
Ovidiyning «Evrilishlar» dostoni asosida bayon etilgan 
Erixtey avlodidan bo‘lgan Dedal Afinaning eng buyuk rassomi, haykaltaroshi 
va me’mori edi. Rivoyat qilishlaricha, u qorday oppoq marmardan shunday 
g‘aroyib haykallar yasar ekanki, ularni ko‘rganlar tirik odam deb o‘ylasharkan. 
Dedal yasagan haykallar tirik kishilarday nigoh tashlayotgan va harakat 
qilayotganga o‘xsharmish. Dedal o‘z ishi uchun zarur asboblarning aksariyatini 
o‘zi ixtiro etgan. Bolta va dastparma ham uning aqli mahsuli ekan. Ha, Dedalning 
dovrug‘i uzoq ellarga yoyilgandi. 
O‘sha buyuk rassomning Tal nomli jiyani bo‘lib, u singlisi Perlikaning o‘g‘li 
edi. Tal o‘z tog‘asiga shogird tushdi. U hali yoshligidayoq o‘zining iste’dodi va 
ixtirochiligi bilan hammani hayratga solgandi. Uning o‘z ustozidan ancha o‘zib 
ketishini oldindan sezsa bo‘lardi. Jiyaniga hasad qilgan Dedal uni o‘ldirishga qaror 
qildi. Kunlardan bir kun Dedal jiyani bilan Afinaning baland Akropoli (qal’asi) 
yonida, shundaygina qoyaning chekkasida turardi. Atrofda hech kim yo‘q. 
Ikkalasidan boshqa biror kishi yo‘qligini ko‘rgan Dedal jiyanini qoyadan itarib 
yubordi. Rassom o‘z jinoyatining jazosiz qolishiga ishonardi. Qoyadan yiqilgan 
Tal til tortmay o‘ldi. Akropoldan shoshilinch pastga tushgan Dedal Talning 
jasadini ko‘tarib oldi va uni imi-jimida ko‘mmoqchi bo‘ldi, ammo u go‘r 
qaziyotganda afinaliklar ko‘rib qolishdi. Dedalning yovuzligi fosh etildi. Areopag 
(Afinadagi tepalik bo‘lib, u yerda jinoyatchilarni sud qilishgan) hukmi uni o‘limga 
mahkum qilindi. 


31 
Dedal ayyorlik bilan o‘limdan xalos bo‘lib, Attikada sarson-sargardonlikdan 
keyin Kritga, Zevs va Yevropaning qudratli o‘g‘li podsho Minos huzuriga qochib 
ketdi. Minos Yunonistonning mashhur rassomini bajonidil o‘z himoyasiga qabul 
qildi. Dedal Krit podshosi uchun bir talay g‘aroyib san’at asarlarini vujudga 
keltirdi. U uning uchun chalkash-chulkash yo‘lakli labirint qo‘rib berdi, unga bir 
bor kirgan kishi qaytib chiqish yo‘lini topolmasdi. O‘sha qasrga Minos xotini 
Pasifayaning o‘g‘li – tanasi odam, boshi ho‘kiz bo‘lgan bahaybat maxluq 
Minotavrni qamagan edi. 
Dedal Minos huzurida uzoq yillar yashadi. Podsho unga Kritdan ketishga 
ijozat bermasdi. Buyuk san’atkorning iste’dodidan faqat o‘zi uchun foydalanishni 
istardi. Minos Dedalni Kritda xuddi asirni tutqunlikda saqlagandek hech qayerga 
chiqarmasdi. Dedal u yerdan qanday qochib qutulish yo‘lini uzoq o‘yladi, nihoyat, 
Krit tutqunligidan xalos bo‘lish yo‘lini topdi. 
– Minos hukmidan, – deya xitob etardi Dedal o‘zicha, – quruqlik va dengiz 
bilan xalos bo‘lolmasam, qochish uchun osmon ochiq-ku, axir! Mening yo‘lim – 
shu! Hamma narsa Minos ixtiyorida bo‘lsa-da, osmon uning tasarrufotiga 
kirmaydi! 
Dedal ishga kirishdi. U patlarni yig‘ib, ularni kanop iplar va mum bilan 
biriktirib, ulardan to‘rtta katta qanot tayyorlay boshladi. Dedal, ishlayotganda 
o‘g‘li Ikar uning yonida o‘ynab yurardi: u shamol uchirgan par-patlarni tutib olar 
yoki qo‘lidagi mumni ezg‘ilab o‘tirardi. Bola parvoi falak, sho‘xlik qilar, otasining 
ishlari uni zavqlantirardi. Nihoyat, Dedal o‘z ishini tugatdi. Qanotlar tayyor 
turardi, Dedal ularni orqasiga bog‘ladi, qanotlarga birkitilgan sirtmoqlardan 
qo‘llarini o‘tkazib oldi, qanot qoqib, ohistagina havoga ko‘tarildi. Ikar havoda 
ulkan qush kabi parvoz qilayotgan otasini hayrat bilan kuzatardi. Dedal erga 
qo‘narkan, o‘g‘liga shunday dedi: 
– Quloq sol, Ikar, hozir bizlar Kritdan uchib ketamiz. Uchish paytida ehtiyot 
bo‘l. To‘lqinlarning sho‘r tomchilari qanotlaringni namiqtirmasligi uchun dengizga 
tomon o‘ta pastlashma. Quyoshga tomon ham ko‘p balandlab ketma, uning yolqini 


32 
mumni eritib yuboradi, patlar bir-biridan ajralib, har yoqqa sochilib ketadi. 
Orqamdan uchib kelaver, mendan ortda qolib ketma. 
Ota va o‘g‘il qanotlarini qo‘llariga o‘tkazib olishdi va yengilgina parvoz eta 
boshlashdi. Ularning yerdan balandda uchayotganini ko‘rganlar lojuvard osmonda 
ikki nafar ma’bud kelmoqda deb xayol qilardilar. Dedal o‘g‘li qanday uchayotgan 
ekan deya o‘qtin-o‘qtin orqasiga burilib qarab qo‘yardi. Ular Delos, Paros 
orollarini ortda qoldirib, uchishda davom etardilar. 
Tez uchish Ikarga yoqib qoldi, u sira qo‘rqmasdan qanot qoqadi. Ikar 
otasining o‘gitlarini allaqachon unutib yuborgandi. U otasining ortidan uchmasdan, 
qanotlarini shiddat bilan silkitib, osmoni falakka, nurafshon quyoshga yaqinlashib 
boradi. Uning hamma narsani jizg‘anak qilib yuboradigan nurlari qanotlarni 
birlashtirgan mumni eritib yubordi, patlar tushib ketdi, ularni shamol turli 
tomonlarga uchirib yuborgandi. Ikar qo‘llarini siltaydi, ammo qanotlar allaqachon 
sochilib ketgandi. U bag‘oyat katta balandlikdan yelday tez uchib, dengizga urildi 
va uning po‘rtanalarida halok bo‘ldi. 
Dedal orqasiga burilib, tevarak-atrofga qaraydi, biroq Ikardan darak yo‘q. U 
o‘g‘lini baland ovoz bilai chaqira boshlaydi: 
– Ikar! Ikar! Qayerdasan? Javob ber! 
Hech qanday javob bo‘lmadi. Dedal dengiz to‘lqinlarida Ikarning 
qanotlaridan ajralgan patlarni ko‘rgach, nima yuz berganini fahmlaydi. Dedal o‘z 
san’atidan va alalxusus Kritdan osmon orqali ozod bo‘lish yo‘lini o‘ylab qo‘ygan 
kundan shunday nafratlandiki! 
Ikarning jasadi xiyla vaqtgacha keyinchalik o‘zining nomi bilan atalgan 
Ikariy dengizi to‘lqinlari ichra suzib yurdi. Nihoyat, dolg‘alar uni orol qirg‘og‘iga 
chiqarib tashlagan edi. Uni u yerda Herakl topib, dafn etgandi. 
Dedal esa o‘z parvozini davom ettirib, Sitsiliyaga uchib keladi. U podsho 
Kokal saroyida yashaydigan bo‘ldi. Minos san’atkorning qayerda panoh topganini 
bilib olgach, katta qo‘shin bilan Sitsiliyaga otlanadi. Minos Kokaldan Dedalni 
qaytarib berishni talab qiladi. Lekin Kokalning qizlari Dedaldek rassomdan 
mahrum bo‘lishni istashmaydi. Ular shunday hiyla o‘ylab topishdi. Otalarini 


33 
Minosning talabini qondirishga rozilik berishga va uni saroyda mehmon sifatida 
qabul qilishga ko‘ndirishdi. Minos hammomda yuvinayotganda Kokalning qizlari 
uning boshiga bir qozon qaynab turgan suvni ag‘daradilar. Minos dahshatli azob-
uqubatga bardosh berolmay o‘ladi. 
Dedal Sitsiliyada uzoq yillar yashadi. Juda ko‘p narsalar ixtiro etdi. 
Hayotining so‘nggi yillarini vatani – Afinada o‘tkazdi. Dedal u yerda dunyoga 
dong‘i
ketgan Afina rassomlari urug‘i – Dedalzodalarning bobokaloni bo‘lib qoldi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə