Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi


  Qadimgi yunon adabiyoti bo’yicha nazorat savollari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

 


25 
Qadimgi yunon adabiyoti bo’yicha nazorat savollari: 
 
1.
Antik adabiyot deganda qanday adabiyot tushuniladi? 
2.
Yunon adabiyoti qanday davrlarga bo‘linadi? 
3.
Mifologiya yunon adabiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatgan? 
4.
Qadimgi Yunon yozma adabiyotining ilk vakili va uning asarlari haqida nimalar 
bilasiz? 
5.
Drama janrining paydo bo‘lishida Dionis marosimlari qanday ro’l o’ynagan? 
6.
Qadimgi Yunonistonda o’tkazilgan dramatik shoirlar musobaqalari haqida 
nimalarni bilasiz ?
7.
Esxil va Sofoklning yunon dramasidagi o‘rni qanday bo‘lgan? 
8.
Antik davr adabiyotning adabiyot tarixidagi o’rni haqidagi fikringizni bayon 
eting? 
9.
Antik adabiyot va qadimgi sharq adabiyoti aloqalari haqida nimalarni bilasiz? 
10.
Buyuk ajdodlarimizdan kimlar antik davr olimlarining asarlariga tavsirlar 
yozgan? 
11.
Aleksandr 
Makedonskiy 
(Iskandar 
Zulqarnayn) 
obrazining 
o‘zbek 
adabiyotidagi talqini haqida ma’lumot bering? 
12.
Qadimgi yunon adiblari asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan tarjimonlardan 
kimlarni bilasiz? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


26 
MA’BUDLAR VA QAHRAMONLAR HAQIDAGI MIF 
(ASOTIR)LAR 
DUNYO VA XUDOLARNING PAYDO BO‘LISHI 
Xudolar va ularning gigantlar hamda titanlar bilan kurashi haqidagi 
afsonalar asosan Hesiodning «Teogoniya» («Xudolarning kelib chiqishi») 
dostonida bayon etilgan. Ayrim rivoyatlar esa Homerning «Iliada» va «Odisseya» 
hamda rimlik shoir Ovidiyning «Metamorfozalar» («Evrilishlar») nomli 
dostonlaridan olingan. 
SIZIF 
Homerning «Iliada» va Ovidiyning «Qahramon ayollar»
dostonlari asosida bayon etilgan 
Sizif barcha shamollar hukmdori Eolning o‘g‘li bo‘lib, u qadim zamonlarda 
Efira deb atalgan Korinf shahrining asoschisidir. Yunonistonda hech kim 
dog‘ulilik, makkorlik va zukkolikda Sizif bilan tenglasholmasdi. Sizif o‘zining 
makkorligi tufayli Korinfda behisob boylik to‘plagan edi. Uning xazinalarining 
dovrug‘i uzoq-uzoqlarga yoyilgan edi. 
O‘lim xudosi qo‘rqinchli Tanat uni qorong‘i Aid saltanatiga tushirmoqchi 
bo‘lib, uning huzuriga kelganda o‘lim xudosi kelayotganini oldindan sezgan Sizif 
xudo Tanatni makr bilan aldab, kishanlab tashlaydi. O‘shanda yer yuzida 
odamlarga o‘lim yo‘lamaydi. Yer osti saltanati xudosiga qurbonlar keltirish ham 
rasm bo‘lmay qoldi. Dabdabali dafn etishlarga chek qo‘yilgan edi. Xullas, yer 
yuzida Zevs o‘rnatgan tartib-intizom izdan chiqadi. O‘shanda yashinchaqnatar 
Zevs Sizif huzuriga urush xudosi Aresni yubordi. U Tanatni kishanlardan ozod 
qildi, Tanat esa Sizifning arvohini o‘liklar ko‘lankasi saltanatiga boshlab ketdi. 
Lekin uchiga chiqqan hiylagar va makkor Sizif o‘shanda ham o‘ziga madad 
izlab topdi. U xotiniga o‘z jasadini ko‘mdirmaslikni tayin etdi va yer osti 
xudolariga qurbonlik keltirmaslikni qat’iy uqdirdi, Sizifning xotini erining 
maslahatini bajo keltirdi. Aid va Persefona dafn qurbonlarini uzoq vaqt kutishdi. 


27 
Ulardan hamon darak yo‘q edi. Nihoyat, Sizif Aidning taxtiga yaqinlashib, o‘liklar 
saltanatining hukmdoriga shunday dedi: 
– O, o‘lik jonlar hukmdori, buyuk Aid, qudratlilikda Zevsga teng hukmdor, 
meni qo‘yib yubor, yorug‘ dunyoga chiqay. Xotinimga senga katta qurbonlar 
keltirishni amr etib, tag‘in ko‘lankalar saltanatiga qaytib kelaman. 
Sizif hukmdor Aidni shunday yo‘l bilan aldadi, u unga yerga chiqishga ruxsat 
berdi. Tabiiyki, Sizif Aid saltanatiga qaytib kelmadi. U o‘zining muhtasham 
qasrida qolib, qorong‘i ko‘lankalar saltanatidan qaytib kelishga muvaffaq bo‘lgan 
yagona foniyzot ekanligidan og‘zi qulog‘iga etib, shod-xurramlik bilan bazm 
qurardi. 
Aidning qahri kelib, Tanatni tag‘in Sizifning arvohini olib kelish uchun 
yubordi. Tanat foniyzotlar ichida eng makkorining qasriga qadam ranjida qildi va 
uni bazmi jamshid chog‘ida uchratdi. Xudolar va odamlar uchun manfur zot bo‘lib 
qolgan Sizifning arvohini sug‘urib oldi, arvohi esa endi mangulikka ko‘lankalar 
saltanatiga uchib ketdi. 
Sizif narigi dunyoda yer yuzidagi barcha makru hiyla, barcha kazzobliklari 
uchun og‘ir jazoga mahkum etiladi. U ulkan bir toshni baland va tik ko‘tarilgan 
tog‘ cho‘qqisiga yumalatib olib chiqishga mahkum etilgan edi. Sizif bor kuchini 
ishga solib mehnat qiladi. Mehnatining og‘irligidan tanidan ter do‘lday quyilardi. 
Hademay cho‘qqiga chiqadi. Yana bir bor zo‘r bersa, bas, Sizifning mashaqqatiga 
chek qo‘yilardi. Afsuski, tosh uning qo‘lidan sirg‘alib, chang-to‘zon ko‘targancha 
pastga yumalaydi. Sizif tag‘in ishga kirishadi. 
Shunday qilib, Sizif mangu mashaqqatga mahkum etilgan bo‘lib, toqqa olib 
chiqish uchun tosh yumalatadi, biroq hech qachon maqsadi – tog‘ cho‘qqisiga 
etolmaydi. 
HERAKL EVRISFEY XIZMATIDA 
Herakl Tirinfda o‘rnashib qoldi va ojiz, qo‘rqoq Evrisfeyga xizmat qila 
boshladi. Evrisfey qudratli qahramondan hayiqardi, shu bois uni Mikenaga 
qo‘ymasdi. O‘ziniig barcha buyruqlarini Zevsning o‘g‘li (Herakl)ga o‘zining 
xabarchisi Koprey orqali etkazardi. 


28 
NEMEY ARSLONI

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə