Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

(melos-qo‘shiq)
atamasi torli cholg‘u, birinchi navbatda 7 torli lira 
jo‘rligida ijro etiladigan qo‘shiqlarni ifoda etgan. Qadimgi Yunon she’riyatida 
lirikaning ikki asosiy turi shakllangan bo‘lib, bular yakka xonanda tomonidan ijro 
etiluvchi – 
monodik lirika
va ko‘pchilik tomonidan kuylanuvchi 
xor lirikasi
. Shoir 
Pindarning asarlari 
xor lirikasining 
ilk namunalari bo‘lsa, 
monodik lirikani 
Sapfo 


18 
va Anakreont she’rlarida kuzatish mumkin. Yunonlar lirik she’riyatni qo‘shiq, 
musiqa va hatto raqs bilan bog‘liq ravishda tasavvur qilganlar. Asta-sekin 
lirikaning 
yamb
va 
elegiya 
deb atalgan turlari faqat o‘qishga moslashtirilgan janrga 
aylanib bordi.
Qadimgi Yunon she’riyatida qofiya bo‘lmagan. Lirik asarlar ohangdorligini 
ta’minlovchi yagona vosita vazn bo‘lgan. Shu bois poeziyada vazn turlari 
takomillashib borgan. Alkey va Sapfo singari shoirlar nomi bilan ataluvchi vazn 
turlari jahon she’riyatidan abadiy o‘rin egallagan.
Miloddan oldingi VII-VI asrlar she’riyatida shaxsning fikr va o‘ylarini 
diniy-axloqiy yondashuv asosida talqin etish kuchli edi. M.o. VI asrda Ioniyada 
bayoniy uslubdagi proza dunyoga keldi. Tarixiy va oddiy kishilar obrazlari aks 
etgan novellalar va Ezop nomi bilan bog‘liq masallar yaratildi. Afina 
madaniyatining rivojlangan davri m.o. V-IV asrlarga to‘g‘ri kelib, dramatik janrlar, 
ayniqsa, tragediya rivojlandi. Afina demokratiyasining qaror topishi davrining 
yirik shoiri Esxil o‘z tragediyalarida ijtimoiy va axloqiy masalalarni qalamga olgan 
bo‘lsa, Sofokl erkin inson timsolini yaratdi. Komediya an’anaviy shakllarni 
saqlagani holda, yangi ijtimoiy-satirik mazmun bilan boyidi, taraqqiy etdi. Bu 
davrda Aristofan asarlari Yunon siyosiy va madaniy hayotida o‘tkir satira sifatida 
maydonga chiqdi. Individuallashgan personajlar bilan bir qatorda umumlashma 
hajviy obrazlar paydo bo‘ldi. Miloddan oldingi II asrda Rim istilosi natijasida 
Yunoniston madaniy hayoti tushkunlikka yuz tutib, faqatgina milodning birinchi 
asriga kelib, jonlanish paydo bo‘ldi va IV asrda qadimgi Yunon adabiyoti 
inqirozga uchradi.
 
Qadimgi Yunon adabiyoti quyidagi davrlarga bo‘linadi: 
1.
Krit-Mikena yoki Egey madaniyati(miloddan oldingi 2 ming yillikdan
miloddan oldingi XII asrgacha). 
2.
Homer davri adabiyoti(m.o. IX-VIII asrlar). 
3.
Yunon adabiyotining arxaik davri(m.o. V asr boshlarigacha). 
4.
Antik davr – m.o. V-IV asrlar. Ellin polislarining gullab-yashnash
davri. 


19 
5. Ellinizm davri(ellin jamiyati adabiyoti) – m.o. VI-I asrlar.
 
6. Rim imperiyasi davridagi Yunon adabiyoti – m.o. I asr oxiridan. 
Qadimgi Sharq va Yangi davr Yevropa adabiyotini bir-biri bilan bog‘lab 
turuvchi antik davr, Yunon adabiyoti o‘z ahamiyati jihatidan jahon adabiyotining 
bir bo‘lagi hisoblanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə