Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


10 
KIRISH 
Adabiyotning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni beqiyos ekanligi hech 
qanday isbot talab etmaydigan haqiqat. Shu bois yosh avlodga adabiyot tarixini 
o‘rgatish barobarida ularning ma’naviy dunyosini boyitish, yuksak umumbashariy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalash, kitobxonlik va mutoalaa madaniyatini oshirish talab 
etiladi. Hozirgi globallashuv sharoitida, axborot texnologiyalarining tez suratda 
taraqqiy etishi, xususan internet tizimining har bir xonadonga kirib kelishi 
ostonasida bo‘y ko‘rsatayotgan turli ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi 
kurashishda ham so‘z san’atining o‘rni beqiyos. Shundan kelib chiqib, adabiyot 
bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarni zamonaviy talablar bo‘yicha qayta ko‘rib 
chiqish, o‘qitishning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish zarurati paydo bo‘lgan. 
Oliy ta’lim tizimida asosan filologik yo‘nalishlar dasturiga kiritilgan “Chet 
el adabiyoti”, “Jahon adabiyoti”, “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti”
singari fanlar bo‘yicha o‘zbek tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish 
masalasi ham o‘ta dolzarb hisoblanadi. Mazkur fanlar bo‘yicha mukammal 
dasturiy qo‘llanmaning yo‘qligi bois o‘quv jarayonida turli noqulayliklar yuzaga 
kelmoqda. Hususan, ma’lum bir adabiy davr, yozuvchilar ijodi yoki badiiy matn 
bilan ishlashda talaba oldida bir qator muammolar paydo bo‘lmoqda. 
Qo‘lingizdagi qo‘llanma – xrestomatiya yuqoridagi singari muammolarga 
barham berish maqsadida mazkur soha bo‘yicha ko‘p yillardan buyon talabalarga 
saboq berib kelayotgan mutaxassislarning tajribalaridan kelib chiqib yaratildi. 
Chet el adabiyoti bo‘yicha mashg‘ulot olib boruvchi professor-o‘qituvchilar 
va talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida qo‘llanmadagi materiallarga 
quyidagicha tartib berildi: 
1.
Tarixiy-adabiy davr haqidagi ma’lumotlar (masalan, Yevropa Uyg‘onish 
davri adabiyoti); 
2.
Yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar (masalan, 
Sofokl ijodi)
3.
Chet el adabiyoti bo‘yicha ijodkorlarning o‘zbek tiliga tarjima qilingan 
asarlari yoki ulardan parchalar


11 
4.
Mavzular bo’yicha nazorat savollari
5. Jaxon adabiyoti tarixi (G‘arbiy Yevropa) bo‘yicha test savolllari 
6. Adabiyotlar ro’yhati
Demak, talabalarning chet el adabiyoti bo‘yicha o‘nlab manbaalarga 
murojaat qilishiga o‘rin qolmaydi. Lekin talabalarimiz faqat mazkur qo‘llanma – 
xrestomatiya doirasidan chetga chiqmasinlar deyish ham noto‘g‘ri bo‘lardi. Chunki 
qo‘lingizdagi kitobda chet el adabiyoti bo‘yicha talaba bilishi lozim bo‘lgan 
minimal ma’lumotlar hamda ma’lum bir davrdagi adabiy jarayon haqida tasavvur 
bera oladigan asarlar yoki asarlardan parchalar jamlangan.
Qo‘llanmadan nazariy, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida ham foydalanish 
mumkin. Kitobning yaratilishida davlat ta’lim standartlari, chet el adabiyoti 
bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturlari asos qilib olindi. 
Talabalarda xorijiy mamlakatlar adabiy jarayoni haqidagi tasavvurni 
shakllantirish murakkab va mas’uliyatli vazifa sanaladi. Xorij adabiyotini yaxshi 
bilish, tahlil qila olish ko‘nikmasi qiyoslash orqali o‘zbek adabiyotini yanada teran 
his qilishga yordam beradi.
Qo‘lingizdagi kitob ana shu mas’liyatli vazifani ado etish maqsadida 
yaratildi. 
Qo‘llanmadagi 
yozuvchi-shoirlar 
haqidagi 
ijodiy-biografik 
ma’lumotlarga tartib berishda N.Tronskiy, A.Jirmunskiy, A.Alimuhammedov, 
O.Qayumov singari mualliflarning darslik va qo‘llanmalariga murojaat qilindi. 
Qo‘llanma-xrestomatiya butunlay benuqson degan fikrdan yiroqmiz. 
Vaholanki, qo‘lingizdagi kitob chet el adabiyoti bo‘yicha rejalashtirilgan 
qo‘llanmaning 1- qismi bo‘lib, u haqida bildirilgan barcha fikr, mulohaza, takliflar 
mualliflar tomonidan keyingi qismda inobatga olinishi mumkin.
Chet el adabiyoti olamiga qiladigan sayohatingiz barchangiz uchun hayrli, 
mazmunli va samarali bo‘lsin. 


12 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə