Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

Qadimgi Yunon miflari. 
Barcha xalqlarning adabiyoti singari Yunon 
adabiyoti ham og‘zaki xalq ijodi zaminida paydo bo‘lgan. Yunon folkloridan juda 
kam namunalar saqlanib qolgan bo‘lsa ham, shularga asosan qadimda Yunon 
xalqining anchagina boy og‘zaki adabiyoti bo‘lganligini aniqlash mumkin. Ibtidoiy 
jamiyat kishilarining tabiat haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi afsona va 
asotirlar yig‘indisi qadimgi Yunon mifologiyasi tashkil etadi.
 
Antik davr madaniyatining, jumladan, Yunon mifologiyasining jahon 
xalqlari taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri beqiyosdir. Yunon xalqining miflari 
umumbashariy madaniyatning asoslaridan biri bo‘lib, u hozirgi zamon kishisining 
tasavvuri va tafakkuri tarziga chuqur kirib borgan. Mif(Yunoncha mythos – 
rivoyat, hikoya, masal) – xalq xalq og‘zaki ijodining eng qadim davrlarida paydo 
bo‘lgan, voqelik(olam)haqidagi tasavvurlarni konkret obrazlar vositasida aks 
ettiruvchi rivoyaviy asarlardir. Mifologiya ko‘plab miflardan tashkil topadi. Miflar 
olam va odam haqidagi hikoyalar bo‘lsa-da, ularni tom ma’noda so‘z san’ati 
hodisasi deb bo‘lmaydi. Ular qadimgi odamlar uchun tafakkur shakli bo‘lib, miflar 
vositasida olam sir-sinoatlari (olamning yoki insonning yaratilishi, quyosh chiqishi 
va botishi, shimol esishi va momaguldirak sababi va h.)ni bilishga intilganlar. 
Deylik, Yunonlar chaqmoq chaqishini Zevsning, dengizdagi dahshatli dovullarni 
Poseydonning g‘azablangani bilan izohlaganlar, inson taqdiridagi turfa 
evrilishlarda ilohlarning aralashuvini ko‘rganlar. 
Qadimgi Yunon mifologiyasi erda hayotning paydo bo‘lishini, tabiatdagi
hodisalarning yuz berishi sabablarini tushuntirishga bo‘lgan urinishi sifatida, inson 
o‘z atrof-muhitidagi o‘rnini aniqlashga ojiz bo‘lgan davrda paydo bo‘lgan edi. 
Miflar yaratilishining o‘zi insonning ijodga va o‘z-o‘zini bilib olishga qo‘ygan ilk 
qadami edi. Tadrijiy suratda Yunon zaminining turfa viloyatlarida vujudga kelgan 


20 
ayrim asotirlardan qahramonlar va ularga homiylik qilgan ma’budlarning taqdirlari 
haqida butun boshli turkumlar tarkib topgan. Yurt kezib yurgan aed – qo‘shiqchilar 
tomonidan ijro etilgan barcha afsonalar, madhiyalar va qo‘shiqlar zamonlar o‘tishi 
bilan Homer, Hesiod va boshqa ko‘plab shoirlar tomonidan dostonlarga 
aylantirilgan. Eramizgacha V asrda yashagan qadimgi buyuk Yunon shoir-
dramaturglari – Esxil, Sofokl, Evripidlar o‘z tragediyalarini xudolar va 
qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar. 
Zamonlar o‘tishi bilan olam haqidagi mifologik tasavvurning o‘rnini ilmiy 
bilimlarga va tabiat hodisalarini o‘rganish natijalariga asoslangan qarashlar 
egalladi. Ilgari sirli tuyulgan ko‘plab hodisalar ilmiy jihatdan asoslab berildi. Biroq 
shunga qaramay, miflar yo‘qolib ketmadi, ular o‘z hayotini adabiyotda davom 
ettirdi. Zevs, Prometey, Gerakl va boshqa qadimgi miflarning qahramonlari, turli 
davr yozuvchilarining asarlarida umrlarini davom ettirdilar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə