Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi


Yunon tragediyalarining tuzilishiga doir



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

Yunon tragediyalarining tuzilishiga doir.
Yunon tragediyasiga xos maxsus 
atamalar jahonning hamma tillarida o‘z holicha qoldirilib kelinmoqda. Bu ularning 
ilmiy aniqligini saqlaydi. O‘zbek tilida ham ular tarjima qilinmay, asosan o‘z 
holicha olindi. 
Parod
va 
stasim
– asardagi asosiy qismlarning chegaralari hisoblanib, biri – 
xorning harakat maydoniga – sahnaga kiraverishidagi, biri – unga kirgandan 
keyingi ashulasidir. 
Epsodiy 
– personajlarning dialoglari, ya’ni voqealar qismi, unda xor ham bir 
personaj sifatida ishtirok etadi. 
Prolog
– paroddan oldin keladigan ibtido. Bu atama, ma’lumki, hozirgi 
adabiyotda ham o‘z ma’nosida qabul qilingan. 
 
Eksod
– hozir qo‘llaniladigan epilogga yaqin, xotima ma’nosida. Antik 
eksoddan keyin xor ashula aytmaydi. 


23 
 
Xorning ashulalari odatda 
strofa 
va
 antistrofaga
bo‘linadi, bularning shakliy 
ayirmasi yo‘q, faqat ashula qismlarini bildiradi. Ashulaning so‘nggi qismi 
epod
deb ataladi. 
Qadimgi Attika komediyasi. Aristofan (m.o. 445/446-385 y.).
Miloddan 
oldingi V – IV asrlar butun Yunoniston, xususan, Afina davlati uchun kuchli 
ijtimoiy va madaniy taraqqiyot davri bo‘lgan. Ammo, shu bilan birga, demokratiya 
tuzumining ziddiyatlari, ayrim ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar 
keskinlashib bordi. Dastlabki komediyanavis shoirlar o‘zlarining asarlarida ana shu 
nuqsonlarni fosh etishga, kulgi va satira yordamida ularni bartaraf etishga 
intilganlar. Shunday qilib, “Qadimgi Attika komediyasi” deb atalmish maxsus 
adabiy 
oqim maydonga keldi. O‘tkir siyosiy jo‘shqinlik, demokratiya 
dushmanlariga qarshi murosasizlik – qadimgi attika komediyasining asosiy 
xususiyatidir. Mazkur janrda ijod qilgan ko‘pdan-ko‘p shoirlar orasida faqat uch 
kishining nomi bizga ma’lum. Bular – Kratin, Evpolid va Aristofandir. 
 
Qadimgi Yunon komediyanavis shoirlari orasida bir necha asarlari bizga 
qadar etib kelgan yagona shoir Aristofandir. Uning ijodida komediyaning mazmun 
ko‘lami benihoya kengaydi, shakliy jihatdan yuksaklikka ko‘tarildi. Aristofanning 
hayoti haqida bizgacha juda kam ma’lumot etib kelgan. Shoir taxminan miloddan 
avvalgi 445/446 yili Attika viloyati yaqinidagi Egina orolida tug‘ilgan. U o‘zining 
adabiy faoliyatini juda erta boshlagan va 20 yoshga yetar-yetmas komediyanivislar 
musobaqasida qatnashib ikkinchi o‘rinni egallagan. Qirq yilcha davom etgan ijodiy 
faoliyati davrida qirqdan ortiq asar yozgan. Aristofanning komediyalaridan 11 
tasigina u yoki bu darajada saqlanib qolingan bo‘lib, ular ijtimoiy-tarixiy davr 
bilan bog‘liq ravishda uch davrga bo‘linadi:
 
a) Birinchi davrda (427-421y, Peloponness urushining birinchi bosqichi) – 
urushlardan charchab, ruhiy umidsizlikka tushgan oddiy dehqon, o‘zi bilan o‘zi 
sulh tuzib, tinch hayot nashidasini surishi haqidagi “Axarnliklar”(425); davrning 
taniqli siyosatchilaridan biri Kleon satira qilingan “Chavandozlar” (424); qarz 
botqog‘idan qutilish uchun sofistlardan ta’lim olgan qahramon haqidagi “Bulutlar” 


24 
(423); sudlashishni yaxshi ko‘ruvchi qariya haqidagi “Arilar” (422); qo‘ng‘izda 
Olimp tog‘iga chiqib, kuch bilan tinchlik ma’budasini erga olib tushgan 
musallaspaz to‘g‘risidagi “Tinchlik” komediyalari yozilgan. 
b) Ikkinchi davr (414-405 yy.) 421-yildan 414-yilgacha fanga hech qanday 
ma’lumot ma’lum emas. Bu yillarda asosan ijtimoiy-satirik mavzularda 
komediyalar yozilgan bo‘lsa kerak, deb taxmin kilish mumkin. Ikkinchi davrda 
osmon va yer o‘rtasida qushlar bilan hamkorlikda shahar qurgan ikki afinalik 
haqidagi “Qushlar” (414), ayollarning urushga qarshi isyoni haqidagi “Lisistrata” 
(411), Evripid kulgu ostiga olingan “Ayollar Fesmoriy bayramida” (411) va yana 
Evripid tanqid qilingan “Qurbaqalar” (405) komediyalari yozilgan. 
v) Uchinchi davr (392-388 y)da asosan maishiy, utopik ideallar ulug‘langan 
komediyalar yozilgan, ularda dialoglar xordan ustunlik qiladi. “Ayollar xalq 
yig‘inida” (392), “Boylik”, “Plutos” (388) komediyalari shunday asarlar sirasiga 
kiradi. 
Aristofanning ijodi asosan uzoq davom etgan urushlar davriga, buning 
natijasida Afina demokratik davlatining to‘xtovsiz emirilib, inqrozga uchray 
boshlagan paytiga to‘g‘ri kelgan. Bu paytdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
ziddiyotlar, ma’naviy, aholoqiy, falsafiy muammolarning keskinlashuvi shoir 
ijodida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Uning asarlaridagi ajoyib dramatik 
holatlar, qahramonlar qiyofasini tavsiflash mahorati, komediyalariga sochib 
yuborilgan hazil-mutoyibalar, favqulotda pichinglar, oxori to‘kilmagan qochiriqlar, 
beqiyos so‘z o‘yinlari, shuningdek barcha asarlariga xos sodda, tiniq, o‘ynoqi va 
muxtasar til, rohatbaxsh lirik parchalar – Aristofanning yuksak mahoratidan darak 
beradi. Rus tanqidchisi V.G.Belinskiyning ta’kidlashicha, Aristofan – eng olijanob, 
g‘oyat musaffo va qadimgi Yunonistonning eng so‘nggi ulug‘ shoiri bo‘lgan. 
1954- yili Jahon Tinchlik Kengashining qaroriga binoan Aristofanning 2400 
yilligi nishonlandi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə