Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

(birinchi jasorat) 
Herakl podsho Evrisfeyning birinchi topshirig‘ini uzoq vaqt kutgani yo‘q. U 
Heraklga Nemey arslonini o‘ldirishni topshirdi. Tifon va Exidnadan tug‘ilgan 
ushbu arslon benihoya bahaybat edi. U Nemey shahriga yaqin joyda yashardi
uning dastidan butun atrof bo‘shab qolgan, xarobazorga aylangandi. Herakl bunday 
xatarli jasoratga qo‘rqmasdan otlandi. U Nemey shahriga qadam qo‘ygan ondayoq 
arslonning uyasini izlab tog‘larga chiqib ketdi. Qahramon yigit tog‘ 
yonbag‘irlariga tush paytida yetib keldi. Tevarak-atrofda tirik jondan asar ham 
yo‘q edi. Na cho‘ponlar, na dehqonlar ko‘rinardi. Qattol arslondan qo‘rqqan barcha 
jonzot bu yerlardan tumtaraqay bo‘lib ketgandi. Herakl arslonning uyasini 
o‘rmonzor tog‘ yonbag‘irlaridan va o‘tib bo‘lmaydigan daralarda uzoq vaqt izladi, 
nihoyat, quyosh ufq sari oqqanda arslonning inini qorong‘i bir daradan topdi. U 
ikki tomonidan chiqiladigan kattakon g‘orda joylashgan edi. Herakl g‘orga 
kiriladigan teshiklardan birining og‘zini ulkan qoyalar bilan bekitib, arslonning 
kelishini kutib, toshlar orqasiga yashirinib oldi. Oqshom qo‘nib, tun shafag‘i 
bostirib kelayotgan chog‘da uzun yollari paxmaygan, lapanglab kelayotgan 
haybatli arslon ko‘zga tashlandi. Herakl yoyining kamalak ipini tarang tortib
arslonga birin-ketin uchta o‘q uzdi, lekin o‘qlar uning po‘latday qattiq terisiga 
urilib qaytdi. Arslon vahimali o‘kirdi, uning momoqaldiroq yanglig‘ o‘kirishi tog‘u 
toshni larzaga keltirdi. Darada turgan arslon atrofga alanglarkan, uning g‘azab 
o‘tidan yonib turgan ko‘zlari bilan o‘ziga o‘q uzishga jur’at etgan zotni qidirardi. 
Ana, u Heraklni ko‘rib qoldi va beqiyos baland sakrab, navqiron bahodirga tomon 
otildi. Heraklning gurzisi yashinday chaqnab ketdi va momoqaldiroq zalvoriday 
zarb bilan arslonning boshiga urildi. Dahshatli zarbadan gangigan arslon yerga 
quladi. Shunda Herakl arslonga tashlanib, uni o‘zining qudratli qo‘llari bilan 
bo‘g‘ib tashladi. Herakl o‘ldirilgan arslonni o‘zining baquvvat yelkasiga tashlab, 
Nemeyga qaytdi, darhol Zevsga qurbonlik berdi va o‘zining birinchi jasorati 
sharafiga Nemey o‘yin(musobaqa)larini ta’sis etdi. Herakl o‘zi o‘ldirgan arslonni 
Mikenaga keltirganida Evrisfey bahaybat arslonga nazar tashlarkan, qo‘rqqanidan 


29 
rangi quv uchdi. Mikena podshosi Heraklning qanday g‘ayribashariy kuchga ega 
ekanligini angladi. Unga hatto Mikena darvozasiga yaqinlashishni ham man etdi. 
Herakl o‘z jasoratini isbotlovchi dalillar keltirgach, Evrisfey ularga qo‘rqa-pisa 
Mikena devorlari osha qarab qo‘yardi, xolos. 
LERNEY AJDARI

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə