Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

TULKI BILAN UZUM
Och tulkining ko‘zi tokda g‘arq pishib yotgan uzumga tushdi-da, olmoq 
uchun bir-ikki intildi – chog‘i kelmadi; hafsalasi pir bo‘lib, nari ketarkan, o‘ziga-
o‘zi dedi: “Hali g‘o‘r ekan!”. 
Alqissa, ayrim kirilar ham shunga o‘xshaydi: asli kuchi yetmaganidan 
muvaffaqiyatga erisholmaydilar-da, sharoitni ro‘kach qiladilar. 
DEHQON BILAN O‘G‘ILLARI
Dehqonning o‘g‘illari hech murosa qilisholmas, qachon qarasang
janjallashib yurishardi. Dehqon o‘g‘illariga ko‘p nasihatlar qildi-yu, gaplari foyda 
bermadi: shunda ularni ko‘zini jonli tamsil yordamida ochishga jazm etdi. 
O‘g‘illariga bir bog‘ xivchin keltirdi-da: “Bog‘i bilan sindirib ko‘ringlar”, - dedi. 
Kuchga to‘lgan o‘g‘illari qanchalik urinmasin, bu ishni uddalay olishmadi. Ota 
bog‘ni yechib, xivchinlarni bittalab bergandi, o‘g‘illari bir zumda sindirib 
bitirishdi. Shunda ota dedi: “Bolalarim, sizlar ham xuddi shunga o‘xshash: o‘zaro 


67 
ahil bo‘lsangiz, sizni hech kim yengolmaydi; agar janjallasha boshlangiz, istagan 
kishi madh etadi”.
Alqissa, ahillik nechog‘li yengilmas kuch bo‘lsa, kelishmovchilik shunchalar 
ojizlikdir. 
BOG‘BON BILAN O‘G‘ILLARI
Qazo vaqti yaqinlashgan bog‘bon bolalarining ham mirishkor bog‘bon 
bo‘lishlarini xohlardi. Shuni o‘ylab, u o‘g‘illarini to‘pladi va aytdi: “Bolalarim, 
toklardan birining tagiga xazina ko‘milgan!”. Bog‘bon o‘lgandan so‘ng, o‘g‘illari 
belkuragu ketmon bilan bog‘ni ag‘dar-to‘ntar qilib kavlashdi. Xazinani-ku 
topisholmadi, biroq chuqur chopib ag‘darilgan tokzor har yilgidan chandon ortiq 
hosil berdi. 
Alqissa, har qanday xazinaning kaliti – mehnat.
O‘G‘RI BILAN ONASI
Bolakay maktabda o‘rtog‘ining xat taxtasini o‘g‘irlab, uyiga keltirgandi
onasi uni maqtab qo‘ydi. Keyingi safar u birovning to‘pini keltirdi, onasi bu 
matohni yanada xushroq qabul qildi. Vaqt o‘tib, bolakay voyaga yetdi, endi 
kattaroq o‘g‘irliklarga qo‘l urdi. Nihoyat, uni o‘g‘irlik ustida ushladilar-da, 
qo‘llarini qayirib, qatlgohga sudradilar; onasi ularning ortidan ko‘ksiga mushtlab, 
dodlagancha ergashdi. Bir payt yigit dedi: “Onajonim, qulog‘ingga aytarim bor!”. 
Onasi kelib, qulog‘ini tutgandi, uni g‘archcha tishlab uzib oldi. Ona noqobil 
farzandni koyib ketdi: “shuncha jinoyating yetmagandek, tuqqan onangga zulm 
ham qilasanmi-ya?!”. O‘g‘il dedi: “Ho‘-o‘... o‘sha taxtachani keltirganimdayoq, 
meni jazolaganingda edi, taqdirim tamom boshqa yo‘ldan ketgan, hozir meni 
qatlga sudrab borishmayotgan bo‘lardi!”. 
Alqissa, agar ayb boshdayoq jazolanmasa, u borgan sari kattarib 
ketaveradi.


68 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə