Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi


(E.Vohidov tarjimasi ) 75  SAPFO



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

 
(E.Vohidov tarjimasi )


75 
SAPFO 
(M.o. 612-yili tug‘ilgan) 
Alkeyning zamondoshi va vatandoshi bo‘lgan 
shoira Sapfo zodagon oilasida tug‘ilgan. Mitilana 
hukmroni Pittak davrida bir necha yil Sitsiliya orolida 
quvg‘inlikda bo‘lgan. Vataniga qaytib kelgach, maktab 
ochib, bu yerda yoshqizlarni turli bilimlarga: musiqa, ashula, raqs va she’r 
to‘qishga o‘rgatadi. Maktabda nafaqat Yunonistonning uzoq-yaqin yerlaridan, 
hattoki boshqa mamlakatlardan kelgan qizlar ta’lim olgan. 
Qadimgi manbalarda Sapfoning o‘nta kitob yozgani haqida ma’lumotlar 
keltirilgan. Biroq bularning barchasi, nasroniy ruhoniylarining amriga ko‘ra, IX 
asrda yondirib yuborilgan. Alkey ijodi uchun asosan ijtimoiy-siyosiy voqealar 
zamin bo‘lgan bo‘lsa, Sapfo she’riyati asosiy mavzusi shaxsiy kechinmalar, yurak 
tuyg‘ulari bilan chegaralangan; deyarli yagona mavzu – sevgi va go‘zallikdir. 
Bizgacha yetib kelgan she’riy parchalarda muhabbat nash’asi, yor vasliga yetish 
shodliklari haqida hikoya qiluvchi misralar bor. Lekin Sapfoning aksariyat 
baytlaridan xotin kishining yurak dardlari – rad etilgan muhabbat, ayriliq, hijron, 
rashk va intizorlik sadolari eshitiladi, shoira o‘zining muhabbat yo‘lida chekkan 
iztiroblari, dog‘u hasratlari haqida nola qiladi. Antik davr kishilari ulug‘ shoirani 
faqat dardmand ma’shuqa sifatida taniganlar. 
Sapfoning ikkita she’ri to‘la holda etib kelgan. Afroditaga atalgan mazkur 
she’rlardan birida, shoira sevgi ma’budasiga iltijo qilib, ishq dardida o‘rtangan 
qalbiga tasalli berishini, musibatli damlarda ko‘makdosh bo‘lishini so‘raydi. 
Ikkinchi she’rda esa Sapfo mahbuba husnining sehrli jozibasini ta’riflaydi. Antik 
dunyoda o‘tgan qalam ahli orasida ishq sharorasini bunchalik jo‘shqin 
ifodalaganbirorta shoirni topib bo‘lmaydi. 
Ishqiy she’rlardan tashqari Sapfo epitalamalar (nikoh to‘yi qo‘shiqlari) ham 
ijod qilgan. Qadimda o‘zimizning “yor-yor”lar qabilidagi bunday qo‘shiqlarni qiz-
juvonlar, yigitlar aytib kelinchakni kuyovning uyiga kuzatib borganlar. 


76 
Sapfo ijodining butun mohiyati, olamshumul tarixiy ahamiyati she’riyatda 
insonning ichki hissiyot dunyosini, go‘zallik olamini ochganligidadir. 
Shoira Yunon she’riyatinina vazn doiralarini yanada kengaytirishi natijasida 
lirikaning ravon va ohangdor bo‘lishiga keng yo‘l ochildi. Sapfo she’rlari atoqli 
shoir E.Vohidov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girildi.


77 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə