O‘zbekiston milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 492,57 Kb.
səhifə1/11
tarix22.03.2024
ölçüsü492,57 Kb.
#182961
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
himoya yangisi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI


Qo‘lyozma huquqida
UDK: 821.512.133:82-1


70230502 – Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti)

SHOTURAYEV FARHOD SHERALI O‘G‘LI

FITRAT SHE’RIYATIDA MILLIY ISTIQLOL MOTIVLARI

Magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya

Ilmiy rahbar: f.f.d. Sh.I. Nazarova

TOSHKENT – 2023

MUNDARIJA


KIRISH…………………………………………………….……………………3
I bob. Fitrat va milliy she’riyat taraqqiyoti…………….………………...…10
1.1. Zamonaviy o‘zbek she’riyatining yangilanishida Fitrat ijodining tutgan o‘rni…………………………………………………………………………….10
1.2. Milliy ong va milliy she’riyat………………………………………………22
Birinchi bob bo‘yicha xulosa…………………………………………...............35
II bob. FITRAT SHE’RIYATIDA VAZN VA RITM MUAMMOSI6
2.1. O‘zbek yosh shoirlarining vazn xususiyatlari………………………....……36
2.2. Fitrat lirikasining o‘ziga xos jihatlari…………………….…………..…….48
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa……………………….……………………….…49
III bob. FITRAT SHE’RIYATIDA OBRAZLAR POETIKASI………..…60
3.1. Poetik obraz tushunchasi va uning Fitrat ijodidagi talqinlari……….……...60
3.2. Fitrat she’riyatida poetik obrazlar tabiati……………………………….....70
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa……………………………………………….....80
XULOSA………………………………………………………………………81
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..........................................................82

KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. “Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz”, – degan fikrlarni aytgandi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi vaqtida.
XX asrda O‘rta Osiyoda yetishib chiqqan ijodkorlar orasida eng faollaridan biri, ijodning barcha sohalarida barakali ijod qilgan Abdurauf Fitrat desak xato bo‘lmasa kerak. Shoir, adib, dramaturg, muarrix, munaqqid, adabiyotshunos, tilshunos, san’atshunos, mutarjim, mutafakkir-faylasuf, jamoat arbobi, siyosatchi, pedagog – bir o‘zida shuncha sifatlarni jam etgan Abdurauf Fitrat madaniyatimiz rivojida o‘chmas iz qoldirdi. Biroq, gap ijodkor bilimlarining qomusiyligi-yu, shaxsiyatining serqirraligida emas. Muhimi shundaki, Fitrat Vatanini ulug‘ bir muhabbat bilan sevardi va shu muhabbat uning butun faoliyatini yorqin nur bilan yoritib turardi. Fitrat ham Mahmudxoja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lponlar kabi Vatanini erkin va mustaqil ko‘rmoqni istar, xalqning o‘z taqdiriga o‘zi xo‘jayin bo‘lgan holda har qanday kishanlar va bo‘yinturuqlardan xalos bo‘lib yashamog‘ini orzu qilardi.
Shuning uchun u hech narsadan hayiqmay mustamlakachilarga nafratini hayqirib aytdi, zolimlarni la’natladi, xalqni uyg‘onishga undadi, jaholat va nodonlik, bid’at va xurofot iskanjalaridan qutulib, ochiq ko‘z, hur fikr bilan yashashga, o‘zligini tanishga chaqirdi. Shu erksevarligi, zulmatga dushmanligi, ziyoga intilishi, el-u yurt taqdirini yaxshilash imkoniyatlarini tinmay izlagani Fitratni madaniyatimizning eng yorqin siymolaridan biriga aylantirdi, uning shuhratini qator Sharq va G‘arb mamlakatlariga taratdi.
Biroq, ayni shu sifatlari tufayli Fitrat bizning “baxtli” zamonamizga sig‘madi. Stalin barpo etgan qizil imperiyaga mustaqil fikrlaydigan erksevar isyonkorlar emas, hamma narsani “ma’qul” – deb, ko‘rganini ko‘rmaslikka oladigan xushomadgo‘ylar kerak edi. Quyushqondan chiqqanlar, hukmron mafkura aqidalariga shak keltiradiganlar shafqatsiz jazolanardi.
Fitratning adabiy merosi boy va rang-barang. U adib sifatida badiiy ijodning barcha turlarida qalam tebratibgina qolmay, o‘zbek adabiyotining yangi janr va turlar bilan boyishi, sheʼr tuzilishining isloh etilishi, adabiy realizmning teranlashishi, davr, jamiyat va xalq hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan muhim ijtimoiy muammolarning o‘zbek adabiyotida badiiy talqin etilishiga ulkan hissa qo‘shdi.
Yurtimiz tarixida o‘zining faoliyati bilan o‘chmas iz qoldirgan jadidlar ijodi va faoliyatini o‘rganishga mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab katta e’tibor berilgan edi. Bugungi globallashuv jarayonida, milliylikka, madaniyatga bo‘lib turgan turli tahdidlar fonida tariximizni, madaniyatimizni o‘rganish har qachongidan ham zarur hodisaga aylandi. Jadidlar ijodini o‘rganish esa yosh avlod qalbida millatga muhabbat, vatanparvarlik, milliy istiqlol tuyg‘ularini tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.
Fitrat she’riyatiga oid qator tadqiqotlar, maqolalar e’lon qilinganiga qaramasdan, uning lirikasida keng qo‘llanilgan va sharaf bilan kuylangan milliy istiqlol motivlariga bag‘ishlangan alohida tadqiqot qilinmagani tadqiqot ishining dolzarbligini ko‘rsatadi.

Yüklə 492,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə