O‘zbekiston milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti


Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar



Yüklə 492,57 Kb.
səhifə9/11
tarix22.03.2024
ölçüsü492,57 Kb.
#182961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
himoya yangisi

Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar
1. Fitrat ijodida vatanparvarlik, millatparvarlik, hurlik va ozodlik mavzulari yetakchi obrazga aylandi. Fitrat she’riyati faqatgina dardmand, o‘tli she’rlar majmuasi bo‘libgina qolmadi.
2. O‘z ijodini aruz bilan boshlagan iste’dod sohibi keyinchalik sarbast, barmoq va sochim she’r shakllarida ham samarali ijod qildi. Bu she’rlar o‘zining chuqur mazmuni, yuksak badiiyati, obrazlari, badiiy san’atlari bilan Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy, Furqat singari turkiy adiblar ijodiga hamohang bo‘lsa, teran falsafiyligi bilan Bedilni esga soladi, millatparvarlarcha isyonkorlik ruhi esa faqatgina Fitrat qalbidan otilib chiqqan vulqondir.
3. Fitratning she’rlari san’at ixlosmandlari “ko‘nglini ko‘tarmak-chun” yordam beradi va ularni “bashariyat dunyosi ko‘klari sari” yuksaltirishga talpinadi. Shoirga badiiy so‘z ixlosmandlari tilidan uning o‘z so‘zlari bilan aytamiz.
4. Fitrat asarlari mavzu rang-barangligi bilan ahamiyatli bo‘lsada, ularda ko‘proq xalqning o‘tmishiga keng o‘rin berilgan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, lirik asarlari tilida Fitrat davri tilining xususiyatlari yetakchi obraz qilib olingan.


UMUMIY XULOSA
1. Fitrat XX asr she’riyatining zabardast vakillaridan edi. Bugungi she’riyat muxlisiga uning bu borada qilgan ishlarini, yozganlarini sanab o‘tishning hojati yo‘q deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, aynan Fitratgina kam sonli lirik ijodi bilan butun bir davrda kechgan mustamlakachilikning chirkin siyosatini ochib bergan va butun Turkiston o‘lkasini g‘aflatdan uyg‘onishga chorlaydi.
2. Fitrat ilgari surgan fikr va g‘oyalar bugungi kun adabiyot ixlosmandlari uchun ham qimmatli bo‘lib qolmoqda. O‘zining milliy she’riyatiga singdirilgan ma’rifatparvarlik tuyg‘ulari va istiqlol motivlari bugungi davr yoshlarini doim sergak bo‘lishga chorlaydi.
3. Fitrat vaznni “she’r janrining emas, she’riy shaklning asosiy belgilaridan biri deb hisoblaydi. Uning fikricha, “vaznu qofiyasi bo‘lib, she’r bo‘lmag‘on parchalar bo‘lgani kabi vaznu qofiyasiz (sochim) she’r parchalari-da ko‘bdir”. Ayni mulohazalarda Fitrat o‘z davri adabiy materiallarini umumlashtirgan yangi zamon adabiyotshunosi sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki “vaznu qofiyasiz she‘r” aynan Fitrat yashagan davrga xos poetik shakldir. Vazn muayyan tilning o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq. Fitrat ana shunday hisoblagani uchun ham “Adabiyot qoidalari”da “Aruzning bizning tilga yoramog‘onligi” degan alohida fasl ajratadi, mumtoz adabiyotimiz namunalaridan talaffuzda sun’iylikni keltirib chiqaradigan misollar olib, aruzning o‘zbek tili xususiyatlari doirasida bo‘lmagan jihatlarini qayd etadi.
4. Fitrat aruz, barmoq va sarbast vaznlarida ajoyib she’rlar bitish bilan birga aruz vazni haqida maxsus risola bitdi; barmoq vaznini nazariy jihatdan birinchilardan bo‘lib yoqlab chiqdi. Ammo Fitratning biror joyda sarbast haqidagi qaydlari uchramaydi. “Adabiyot qoidalari”da ham, “Aruz haqida”da ham olim o‘zbek she’riyati vaznlari ikkita ekanligini qayd qilgan.
5. Fitrat iste’dodli shoir sifatida she’riy sistemalar, qofiya, tizimlari, she’riy shakllar, poetik obrazlar ma’nodorligini kengaytirdi. Shu tariqa yangilangan jadid she’riyati paydo bo‘ldi.
6. Fitrat har bir milliy adabiyot shu elning ruhiga, shu tilning xususiyatiga mos bo‘lishi tarafdori. U yashagan ijtimoiy davr lirikasi ilm va ma’rifat egalarining nochor ahvoli, hurriyat, millatni yuksaltirish masalalarining muammoga aylanishi tarbiyaviy adabiyotni yaratib, ta’sirchan yangi poetic shakllarni izlab toppish kabi omillar she’riyatni yangi bosqichga olib chiqdi.


Yüklə 492,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə