Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

SAPFO IJODIDAN NAMUNALAR 
 
MEN SENGA SIG‘INAMAN 
Afrodita madhi 
Iloha Afrodita, ey jilvagar kamalak, 
Zevsning erka qizi, quvnoq sehrgar malak! 
Qalbimni qilma pora, sog‘intirib sen juda – 
Karam ayla, ma’buda! 
Cho‘qqilardan ot o‘zing, avvalgiday bo‘l mardon: 
Chaqirsam eshitarding sen olis-olislardan, 
Kelar eding tark etib otang qal’asin – 
Tangri arshi a’losin! 
Oltin aravaga sen minarding zavqqa to‘lib, 
Uni olib uchardi xuddi quyuday bo‘lib, 
Havo bag‘rin tilardi kuchli qanotlar sasi – 
Kabutarlar galasi. 
Yetib kelar eding sen huzurimga bir zumda, 
Tabassuming ko‘rib, o‘t chaqnardi ko‘zimda. 
“Sapfo! – derding. – Mana men! So‘yla, nedir tilaging, 
Nimadan g‘ash yuraging? 
Nima o‘rtaydi seni, nega aqling parishon? 
Aytgil yo muhabbatmi yuragingni qilgan qon? 
Seni xafa qilgan kim? Kimlarni tiz cho‘ktiray? 
Kimning jazosin beray?
Ayrilmaydi endi hech, o‘sha qochib yurgan kas; 


78 
Sovg‘ani olmagan-chi, hadyalar keltirar, bas; 
Hali sevmagan esa, sipqarib sevgi mayin –
Sevib qolishi tayin...” 
Yetib kelsangchi-chi, yana, tutgil ishq nash’asidan. 
Qutqar meni yurakning yangi xarxashasidan! 
Kamoningga eng uchqur muhabbat o‘qlarin ter, 
Menga madad ber! 
* * * 
Afrodita, taxt uzra mag‘rur 
Ko‘ngillarga solg‘uvchi yag‘mo! 
Oshufta bu ahsolimni ko‘r, 
Darig‘ tutma shafqatingni, o! 
O, yonimga kel! Sen bir zamon 
Tinglar eding qalbim ohini. 
Kelar eding sen tark aylabon 
Buyuk otang – Zevs dargohini. 
Oq kaptarlar oltin arobang 
Qanotida olib uchardi. 
Va charx urib arshi a’lodan 
Yashin kabi yerga tushardi. 
Shunda sening o‘lmas jamoling 
Ko‘z oldimda bo‘lardi paydo. 
So‘rar eding: – Ne kechdi holing, 
Nega meni chaqirding, Sapfo? 
So‘yla menga, istaging nadir? 


79 
Ishq ko‘yida bo‘ldingmi gado? 
Ayt, kim seni qilmadi qadr? 
Kim ranjitdi, so‘yla, ey Sapfo? 
Mayli, meni sevmas bukun ul, 
Ammo erta bo‘lg‘usi shaydo. 
Senga mangu bog‘lagay ko‘ngil, 
Sen kechsang ham u kechmas Sapfo! 
Kelgil axir, kelgil bugun ham, 
Seni so‘rab o‘rtanur bag‘rim. 
Bo‘lgil endi ko‘nglimga malham, 
Dardlarimni sovurgil, tangrim...
* * * 
Tangri ulkim, sening jamoling, 
Husn ichra buyuk kamoling 
Ko‘z oldida erur har zamon. 
Bahra olur takallumingdan,
Lazzat topur takallumingdan, 
Muhabbating mulkiga sulton. 
Sening chehrang, go‘zal dilrabo, 
Ko‘z oldimda bo‘lganda paydo 
Ko‘ksim yonur, tilim bo‘lur lol. 
Goh muz titroq chirmashar tanga, 
Goh vujudim chulg‘ar alanga, 
Men behudman, men oshuftahol. 
Borlig‘imda otash hayajon, 


80 
Ko‘z oldimni qoplab zimiston, 
Oyog‘imda turolmam xasta. 
Boshlarimdan quyar sovuq ter, 
So‘lgan o‘tman, tortar meni yer, 
Nafasim yo‘q, so‘naman asta... 




Agar kim go‘zal bo‘lsa, 
Faqat ko‘zga quvonch, nur. 
Agar kim yaxshi bo‘lsa 
Shundoq ham go‘zal erur. 



Hilol botdi, Hulkar yulduzi 
Ko‘rinmaydi. Yarim bo‘ldi tun. 
Muncha ham tez o‘tar vaqt o‘zi... 
Yana yolg‘iz uxlayman bugun! 



Menga jondek aziz 
Qizim, jonginam. 
Bahoring tillarang 
Guli-Kleidam! 
Senga bermam dunyoda 
Bor tillaga ham. 



Qahr nima bilmaydi hali –
Yurakkinam, go‘dak misoli. 



Madhiya yangragan chog‘, 
Raqsga tushadi quvnoq, 
Krit qizlari bari. 


81 
Maysazorlar ustida, 
Nozik oyoqostida, 
Toptalar qir gullari. 



“O, bokiraligim, iffat, sharaf-shon, 
Nechun meni tark etding.” 
“Seniki bo‘lolmam endi hech qachon, 
Mangu tark etib ketdim”. 
* * 

Qadrdon do‘stsan. Biroq... 
Yoshim sendan kattaroq, 
Yoshroq juvonga uylan. 



Baxtni baham ko‘rishga, 
Sen-la davron surishga 
Aslo botinolmayman. 

* * 
Aziz ona! Bu dastgoh 
Charchatar borgan sari 
To‘qiy desam yo‘q mador. 
Dilda anduh ila oh, 
Nozik sarv daraxtlari, 
Zoriqqan ko‘zlar bedor. 
(Erkin Vohidov tarjimasi)


82 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə