Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

TULKI BILAN ONA SHER
Tulki ona sherni kamsitmoqchi bo‘lib, dedi: “Voy, yiliga bittagina tug‘asan-
a?!”. Ona sher aytdi: “Bitta-yu, sherbachcha tug‘aman-da!”. 
Alqissa, gap sonda emas, sifatda.
QARI OT
Bilgilki, kishi kuchga to‘lib, shuhrat topgan paytlarda ham o‘zidan 
ketmasligi lozim, zero, ko‘pchilikka uqubat to‘la keksalik nasib etadi.
Qari otni juvozkashga sotdilar. Juvozkash otni juvozga qo‘shib haydarkan, u 
mahzun nola chekdi: “Darig‘o, poygalarda chopgan paytlarim qancha keng 
doiralarda aylanardim-u, endi nechog‘li tor doirada aylana 
man-a!”. 

( D.Quronov tarjimasi) 


69 
ALKEY 
( M.o. 630-640 yy. tug‘.) 
Lesbos orolining poytaxti Mitilena shahrida 
badavlat oilada tug‘ilgan. Shoir, taxminan miloddan 
oldingi VII – VI asrlar o‘rtasida ijod qilgan. Bu 
davrlarda zodagonlar bilan quyi tabaqa o‘rtalaridagi 
ijtimoiy-siyosiy munosabatlar juda keskinlashib 
ketgan edi. Uning ijodida siyosiy kurashlar, fuqarolar urushi, muhojirlar hayotini 
aks ettirish asosiy o‘rinni egallagan bo‘lsada, muhabbat mavzularida ham juda 
ko‘p jo‘shqin misralar yaratgan. Lesboslik shoira binafsha soch, nozik tabassumli, 
Sapfo sharafiga ham she’rlar bitgan.
Lesbos taxtiga o‘tirgan Pittakga unga qarshi chiqqanligi sabab, uzoq 
o‘lkalarga quvg‘inda yashashga majbur bo‘ladi.
She’riyatning oddiy turlari hisoblangan yamb hamda elegiya bilan birga 
miloddan oldingi VII – VI asrlarda monodik, ya’ni yakkaxon lirika ham taraqqiy 
etgan. Monodik lirikaning ohang xususiyatlari faqatgina musiqa maqomi bilan 
belgilangan. Yakkaxon lirikaning vazni rang-barang, baytlari esa g‘oyatda nafis 
bo‘lgan. Shoir ixtiro qilgan turli-tuman vaznlar bilan monodik lirikani mislsiz 
yuksak san’atkorlik cho‘qqisiga ko‘tardi. Alkeydan keyin jahon she’riyatida abadiy 
o‘rnashib qolgan bir vazn hamon ulug‘ shoirning nomi bilan ataladi. 
Alkey o‘z she’rlarida ertangi kuniga katta umidlar bog‘lamaydi. O‘zi 
yashayotgan polisni to‘lqinlar taloto‘pi ichra dengizda suzayotgan kemaga 
qiyoslaydi. Shoir Siyosiy mazmundagi she’rlardan tashqari, quvonch va qayg‘u, 
muhabbat izxori, qaxraton qish va jazirama yoz mavzularida, dasturxon atrofidagi 
gurung qo‘shiqlarini ham yaratgan. Bu qo‘shiqlar ijodkorning ulfatlari oldida o‘z 
tuyg‘u hamda fikrlarini bayon etish vositasi bo‘lgan. Ularning aksariyati qayg‘u va 
alamlarni unutish uchun mayxo‘rlik qilishga undov bilan tugallanadi. Alkey o‘z 
qo‘shiqlarida “may bor joyda haqiqat bor”, “may-insonlar ko‘zgusi” degan 
iboralarni qo‘llagan.


70 
Qadimgi Yunonistonda Alkey she’rlarining g‘oyat keng tarqalganligi 
to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Shoirning asarlari Aleksandriya olimlari tomonidan 
mazmuniga qarab, o‘n jildga ajratilgan.
Manbalardan 
ma’lum bo‘lishicha, Alkeyning she’rlari o‘zining 
muxtasarligi, tilining ravonligi, misralarning nafis va ohangdorligi hamda 
o‘lchovlarning rango-rangligi bilan antik dunyo kishilarini o‘ziga maftun etgan va 
keyingi davrlar adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. 


71 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə