Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi


SOFOKL  (m.o. 496-406 yy.)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

SOFOKL 
(m.o. 496-406 yy.) 
Sofokl m.o. 496 yili Afina yaqinidagi Kolon 
degan joyda, qurol-aslaxa korxonasi xo‘jayinining 
oilasida tug‘ilgan. Adabiy faoliyatini ancha erta 
boshlagan bo‘lib, m.o. 468 yili birinchi marta 
dramaturg sifatida maydonga chiqadi, 28 yoshida adiblar musobaqasida o‘z ustozi 
Esxilni mag‘lub etib, Plutarx qo‘lidan qimmatbaho sovrin olgan va hammasi bo‘lib 
musobaqalarda 24 marta g‘olib bo‘lgan.
Sofokl m.o. 441-yili oliy lavozim – strateglikka saylanadi. Xukmdor Perikl 
bilan yaqin do‘stona munosabatda bo‘lgan. U butun umrini shonu-shavkatda 
o‘tkazib, m.o. 406-yili vafot etgan. O‘limidan keyin buyuk zotlarga ko‘rsatiladigan 
izzat-ikrom ko‘rsatilib, har yili qabri ustida qurbonlik qilish taomilga aylangan. 
Shoirning 123 ta pesasidan yettitasigina saqlanib qolgan. 1912-yili “Izquvarlar” 
satirlar dramasidan katta parcha topilgan. 
Sofokl Esxil boshlagan ishni davom ettirib, tragediyani tantanali lirik 
qo‘shiqdan chinakam dramaga aylantirishda katta xissasini qo‘shdi. Agar Esxil 
asarlarida oliy kuchlar inson yurish-turishida faol ishtirok etgan bo‘lsa, Sofokl 
qahramonlari mustaqil harakat qilib, boshqa kishilarga nisbatan munosabatlarini 
ham o‘zlari belgilaydi. Shoirni to‘lqinlantirgan muammolar endi avlod taqdiri bilan 
emas, balki alohida shaxs taqdiri bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu mazmunan bog‘langan 
trilogiyalardan voz kechishga olib keldi. Sofoklda har bir asar alohida badiiy 
yechim va muammoga ega bo‘ldi. 
Dramaturg o‘z ijodi davomida xorni chiqarib tashlamagan bo‘lsa ham unda 
xor qo‘shiqlari qisqarib bordi va bu voqealar sur’ati tezlashdi. Sofokl tomonidan 
kiritilgan yana bir yangilik – dramaga uchinchi akterning kiritilishi bo‘ldi. 
Aristotelning “Poetika” da xabar berishicha, buyuk dramaturg sahna san’ati 
nazariyasi bo‘yicha ham ko‘p yangiliklar kiritgan: xor tarkibini o‘zgartirgan, 


92 
musiqiy parchalar joriy etgan, teatr dekoratsiyasi qo‘llagan. Gyotening aytishicha, 
“Sahna san’atini Sofoklchalik hech kim bilmagan”. 
Uning “Shoh Edip”, “Antigona”, “Edip Kolonda” tragediyalarining syujeti 
afsonalarning Fiva turkumidan olingan. “Elektra”, “Filoklet”, “Ayaks” asarlari 
Troya afsonalari mavzusida yozilgan bo‘lsa, “Traxinalik ayollar” Gerakl haqidagi 
rivoyatlar asosida yozilgan.
Qahramonlarning tabiatini chuqurroq ochish maqsadida Sofokl turli usullarni 
qo‘llaydi. Ulardan biri taqqoslash usulidir. Ikki qahramonni yonma-yon qo‘yib 
tasvirlashning eng mohir namunasini “Antigona” tragediyasida ko‘ramiz. Sofokl 
ajoyib obrazlari bilan bir qatorda, dramatik voqealarni ustalik bilan bir-biriga 
bog‘lagan san’atkor sifatida ham mashhur.
Sofakl “Shoh Edip” tragediyasida Yunon san’atining “kuch va vositasigina 
emas, zamini ham bo‘lgan” mifologiyadan keng foydalangan. Odatda miflarning 
bir qancha variantlari bo‘lib, dramaturglar ularni o‘zgartirib, o‘z g‘oyalariga 
moslab, ijodiy qayta ishlaganlar. “Shoh Edip” bunga misol bo‘la oladi. Edip 
haqidagi mif Homerning “Odisseya”sida ham bor edi. Ammo Sofokl unga juda 
aniq psixologik ishlov beradi, uni “qismat fojeasi”dan chinakam insoniy dramaga 
aylantiradi. Edipning o‘z umri sirlarini bilish jarayoni unga mudhish taqdirni 
ochibgina qolmay, o‘z aybiga iqror bo‘lishga ham olib keladi. Inson o‘z 
qilmishlariga o‘zi mas’uldir: inson bezavol va beajal tangrilardan shu bilan 
farqlanadiki, uning hayoti doimiy kurashlarda, har qanday g‘ovlarni, qismatni 
yengib o‘tish uchun intilishda o‘tadi. 
Mifda mana shu qismat birinchi o‘rinda turadi. Sofokl tragediyasida esa taqdir 
qahramon yo‘lida bir rishta xolos. Edip umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan 
chuqur va murakkab obrazga aylanadi. 
Antik davrdagi hech qaysi dramaturgning asari jahon adabiyotida “Shoh 
Edip” tragediyasi kabi chuqur iz qoldirmagan. Bu asar ta’sirida XVIII asr oxiri 
XIX boshlarida Yevropa adabiyotida “Taqdir tragediyasi” deb atalgan adabiy oqim 
paydo bo‘ldi va u Shekspirning “xarakterlar” tragediyasiga qarshi qo‘yildi.


93 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə