Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

“SHOH EDIP” 
TRAGEDIYASIDAN PARCHA 
PROLOG 
Edip 
E, Kadm
5
boboning yosh avlodlari! 
Shahrimiz ko‘kida iltijo, faryod, 
Aza qo‘shiqlari yangragan mahal 
Nega siz mehroblar ro‘parasida 
Ibodat niholin ushlab turibsiz? 
O‘lkangizda otim – shuhratli Edip, 
Bu holning sababin bilmoqni istab 
Mana bugun keldim huzuringizga. 
Qani, ayt, qariya, – yoshlar nomidan 
Arzu izhor etmoq senga yarashur, –
Nega to‘plandingiz bu maydon aro, 
Qo‘rqib keldingizmi yo arz bilanmi? Tila, 
Tilagingni keltiray bajo, 
O‘tinib kelganga marhamatim keng, Kohin 
Kishvarimiz hokimisan, Edip! 
Yoshu qari – jammiz, ko‘rib turibsan: 
Temir qanot polaponlar shunda, 
Yoshini yashagan kohinlar shunda, 
Men o‘zim Zevsning kohinidirman, 
5
Kadm – Edipning ajdodlaridan


94 
Mana, fuqarongning guli, qaymog‘i, 
Xalq esa boshiga gulchambar tutib, 
Pallada
6
ning ikki qadamjosida, 
Qurbonlar xokidan bashorat kutib, 
Ismena
7
bo‘yida turar muntazir. 
Shahrimiz larzada to‘fon tufayli, 
Ko‘rib turibsanki, bosh ko‘tarishning 
Iloji yo‘q qonli to‘lqin qa’ridan. 
Nish urmay ildizdan quridi ekin, 
Ofat qirib ketdi yilqi, chorvani, 
O‘lik tug‘ilmoqda farzandlarimiz. 
Iskanjaga olib dahshatli qirg‘in, 
O‘lim azobida to‘lg‘anar shahar. 
Kadm xonadoni huvillab qoldi, 
Soyalar dunyosi – u dunyo, do‘zax 
Yana oh-nolalar bilan boyidi. 
Seni xudolarga tenglamayman, yo‘q, 
Ofatni yengishda tenging yo‘q, ammo 
Xudolar bilan tez til topishasan. 
Fivaga kelding-u, ajdaho qush
8
ga 
Tirik boj to‘lashdan bizni qutqarding. 
6
Pallada – Afinaning sifatlaridan, ezgu nomlaridan biri 
7
Ismena – Fivada bir daryo. Uning sohilida yondirilgan qurbonlik kuliga qarab fol ochilar ekan. 
8
Ajdaho qush – Fiva shahri yaqinida paydo bo‘lib, o‘tkinchilarga jumboq aytgan. Uning jumboqlarini hech kim 
echolmay, hamma bu mudhish maxluqning panjasida halok bo‘lib keta boshlagan. Faqat Edip jumboqni echib ofatni 
daf etgan. 


95 
Bexabar bo‘lsang ham bizlardan u payt, 
Xudolar izmidan og‘ishmay kelib, 
Hayot berding bizday bechoralarga. 
O, mardlarning mardi, haqiqiy inson, 
Hozir o‘tinch bilan keldik qoshingga: 
Bizning irodamiz, xudo amri-la 
Najotkorimiz bo‘l, shohan Shoh Edip! 
Ma’lumki, dlnolar kengash berganda 
Odamning mushkuli bo‘ladi oson. 
Sen xaloskor eding. Kelajakda ham 
Yaxshi noming bilan faxrlanaylik: 
Azm et, shahrimizning qaddini tikla! 
Qoyaday tebranmas bir qal’a bo‘lsin! 
Bir vaqt jonimizga oro kirganding, 
Yana baxsh aylagin bizga saodat! 
Bu yurtga hokimlik qilmoqchi ersang –
Inson bo‘lsin unda, bo‘lmasin sahro. 
Axir misli yaproq dengizda kema,
Qochib ketgan bo‘lsa muhofizlari. 
Edip 
Baxtsiz norastalar! Ko‘rib turibman: 
Beadad azobda, iztirobdasiz. 
Shahrim deb to‘lg‘anar otashda qalbim; 
Ammo birontangiz menchalik yonmas, 


96 
Menchalik tortmagay uning dardini. 
Mangu bedorman men, g‘aflatda emas, 
Achchiq ko‘z yosh to‘kdim o‘ylda behisob, 
Behisob yo‘l bosdim xayolga cho‘mib 
Shunday qaror topdi oxir o‘ylarim; 
Qaynim Kreontni Febga yo‘lladim, 
Toki bilib kelsin, qanday so‘z bilan, 
Qanday tadbir bilan qutqazay shahrim. 
Ammo tashvishdaman, u qaytmayapti, 
Qaytadigan payti o‘tib ketmoqda, 
Qaytib kelganida, men shoh emasman –
Bajo keltirmasam iloh amrini! ... 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə