Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

UCHINCHI STASIM 
Xor 
Strofa 
Bashoratga qobil bo‘lsam,
Ko‘zim ko‘rsa uzoqni, 
Olimp bilan ont ichaman: 
Eshitarsan, Kiferon, 
Ertagadan oyli tunda 
Seni qutlay boshlaymiz. 
Sen Edipning vatanisan, 
Ota yurti, beshigi. 
Sen azaldan maqbul eding 


97 
Fivaning shohlariga. 
Sharafingga biz boshlaymiz 
Shodiyona marosim. 
Antistrofa 
Onang kim edi, go‘dak, 
Umri boqiylardanmi? 
Otang kim edi, go‘dak, 
Loksiymi yoki Germes? 
Chunki biri azaldan 
O‘tloqlarning oshig‘i, 
Biri esa o‘zi ham 
Tog‘-tosh aro tug‘ilgan. 
Xudolar bazmgohi –
Gelikon cho‘qqisida 
Kayfu safo tangrisi 
Sening otang emasmi? 
TO‘RTINCHI EPSODIY 
Edip 
Men cho‘ponni tanimayman, ammo 
Yuragim hovliqib ketdi, qaranglar, 
Biz kutgan qariya o‘sha emasmi? 
Elchi bilan tengqur ko‘rinishi ham. 
Kuzatib kelmoqda mening qullarim, 
Razm sol, aniqroq aytarsan o‘zing, 


98 
Ko‘p ko‘rgansan axir keksa cho‘ponni. 
Xor 
Xotirjam bo‘l, shohim, yaxshi bilaman, 
U – Layning ko‘p halol cho‘poni edi. 
Cho‘pon kiradi
Edip 
Assal sendan so‘ray, korinflik mehmon, 
Sen aytgan shumidi? 
Elchi 
Xuddi mana shu. 
Edip 
Ko‘zlarimga qarab javob ber, cho‘pon: 
Sen Layga qulmiding? 
Cho‘pon 
Qul edim, ammo 
Bir farzandday edim xonadonida. 
Edip 
Qanday kasb-kordan kun ko‘rar eding? 
Cho‘pon 
Aksar poda boqib terdim risqimni. 
Edip 
Qaysi o‘lkalarda kechdi hayoting? 
Cho‘pon 
Ko‘pincha Kiferon yaylovlarida. 


99 
Edip 
Bu senga tanishmi? Ko‘rganmisan hech? 
Cho‘pon 
Nima qilyapti u? Kimni aytyapsan? 
Edip 
Qarshingdagi zotni ko‘rganmisan hech? 
Cho‘pon 
Balki ko‘rgandirman, eslay olmadim. 
Elchi 
Darrov eslolmasa ajab emas, shoh. 
Men yodiga solay hozir birma-bir. 
Sayr etib Kiferon yaylovlarida 
Kezgan chog‘larimiz yodingga tushar. 
Ikki poda edi qaramog‘ingda, 
Ilk bahordan toki sovuq kuzgacha 
Birga yurmadikmi rosa uch fasl? 
Qishda men qo‘ylarni qo‘tonga quvsam, 
Sen Layning qasriga haydab ketarding. 
Esingdami shular, to‘g‘rimi-yo‘qmi? 
Cho‘pon 
Bari to‘g‘ri ... Eh-he, qachonlar edi ... 
Elchi 
Endi ayt: sen menga bir chaqaloqni 
Boqib olgin deya berganing haqmi? 


100 
Cho‘pon 
Bersam nima bo‘pti, nega so‘rayapsan? 
Elchi 
Nima bo‘lar edi, o‘sha chaqaloq 
Mana, ro‘parangda turibdi, oshna. 
Cho‘pon 
O tiling kesilsin, la’nati, jim bo‘l! 
Sening so‘zlaringdir la’natga loyiq. 
Edip 
Sen, qariya, uni la’natlama; 
Sening so‘zlaringdir la’natga loyiq. 
Cho‘pon 
Mening aybim nima, shahanshoh? 
Edip 
Go‘dakdan gap ochsa, sen chap beryapsan! 
Cho‘pon 
Hech narsa bilmayman; bari bekor gap. 
Edip 
Qahrim olovlanmay, yaxshilikcha ayt. 
Cho‘pon 
Cholga, xudo haqqi, rahming kelsin, shoh1 
Edip 
Qo‘lin orqasinga bog‘lang chambarchas. 
Cho‘pon 


101 
Oh, sho‘rlik peshonam! Nimani aytay? 
Edip 
Bunga chaqaloqni berganmisan, ayt? 
Cho‘pon 
Berganman... o‘lganim yaxshiydi bermay!.. 
Edip 
To‘g‘risini aytmasang – o‘lasan, shoshma. 
Cho‘pon 
Endi bir so‘z aytsam, til tortmay o‘lay. 
Edip 
Bu chol, nazarimda, qutulib ketmoqchi. 
Cho‘pon 
Go‘dakni berganman, dedim-ku, bo‘ldi-da. 
Edip 
Bola kimnikiydi? Qaydan olgansan? 
Cho‘pon 
Boshqa bir odamdan olgandim... 
Edip 
Boshqa bir odamdan? Kim u? Qayerlik? 
Cho‘pon 
Bu yog‘in so‘rama, xudo haqqa, shoh! 
Edip 
Joningdan umid uz, qayta so‘rasam! 
Cho‘pon 


102 
U odam shoh Layning xonadonidan. 
Edip 
Quoimida yo qarindoshi? 
Cho‘pon 
Yo haq! Bu dahshatni qanday aytaman... 
Edip 
Evoh, sen aytishing, men tinglashim shart. 
Cho‘pon 
Layga farzand edi o‘sha chaqaloq... 
Xotiningdan so‘ra qolgan gaplapni. 
Edip 
Go‘dakni u berganmidi senga? 
Cho‘pon
Ha, shoh! 
Edip 
Nega axir? 
Cho‘pon 
O‘ldirgan deya... 
Edip 
Ona – o‘z farzandini? 
Cho‘pon 
Shum bashoratdan 
Qo‘rqardi malika. 
Edip 


103 
Qanday bashorat? 
Cho‘pon 
Padarkush bo‘ladi farzanding, deya 
Kelgan malikamga g‘oyibdan ovoz. 
Edip 
Nega, unday bo‘lsa, birovga berding? 
Cho‘pon 
Juda rahmim keldi. Bu oshnam uni 
Uzoq o‘z yurtiga olib ketgandi. 
Bolani asrabdi kulfatlar uchun... 
Agar o‘sha bo‘lsang, badbaxtsan, badbaxt! 
Edip 
Tamom, bari ayon! O yorug‘ jahon, 
So‘nggi bor ko‘rmoqda ko‘zlarim seni, 
Hayot harom, nafas harom, nikoh harom menga. 
Qonga bulg‘anganman, jirkanchman, jirkanch! 
Yugurib qasrga kirib ketadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə