Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi


Xor  Kim tomondan boshqarilur taqdiri azal?  Prometey



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

Xor 
Kim tomondan boshqarilur taqdiri azal? 
Prometey 
Uch Moyra va Erinnilar, 
O‘shalarga ayon bor narsa. 
Xor 
Nahotki Zevs ulardan ojiz... 
Prometey 
Ko‘radi u peshanasiga yozilganini. 
Xor 
Nahot Zevs hukmronlik qilmagay mangu? 
Prometey 
Buni bila olmagaysan, urinma bekor! 
Xor 
Chamamda sen saqlayapsan buyuk bir sirni 
Prometey 
Yetar endi, boshqa gapga o‘taqolaylik! 
Bu to‘g‘rida gapirmayman; mavrudi emas. 
Sir yashirin saqlansin-da, agarda uni 
Saqlay bilsamuqubatli kishanlardan ham 
Bir kun kelib tamomila forig‘ bo‘lurmen. 


89 
2-STASIM
4
1-band 
Buka olmas irodamni 
Zevsning-da, taxtu qudrati! 
Ularni deb buqa sonini 
Mehrob sari yo‘llayman tag‘in. 
Olib ketgay uni uyqusiz, 
Moviy ummon oqimi ildam! 
Mayli boshqa yoronlar bilan 
Bazmi oliy qurmay qo‘yayin! 
Saqlanadi bu sir toabad 
Mening jonu jahonimda! 
Aksilband 
Umidga ko‘z tutib sarkashlik ila 
Davru davron sursam 
Nechog‘lik yaxshi, 
Ko‘ngilga jo aylab porloq sururni! 
Ammo titroq bosar ko‘rgan sari 
Ming xil g‘amda qiynalishingni! 
Hayiqmaysan yolg‘iz sen qahhor Zevsdan 
Takabburlik qilib hozio ham, 
Senga aziz bo‘lgan umri bebaqo 
Odamlarni ko‘tarasan ko‘klarga, o Prometey! 
4
Stasim – Стасим – xor bilan aytiladigan qo’shiq 


90 
2-band 
Munisim, inon, mehr ko‘p ko‘rguzib, 
Topmassan mehr: o‘zing o‘ylab ko‘r. 
Qani seni himoya etganlari?.. 
Boshingga musibat tushgani kezda 
Ko‘rindimi ularning biri? 
Ojizlik zanjiri bilan 
Foniylarning oyoq-qo‘li bog‘langanmi? 
Yo‘q, ularning qo‘lidan kelmas 
Dunyoni qayta qurmoq! 
2- aksilband 
Peshonangni sho‘rligini anglaganimdan 
Buni senga gapiryapman, Prometey! E voh, 
To‘y oldidan bunday qo‘shiq kuylamagandim, 
Bizlar yuvib-tarab gulday kelinni 
Qo‘shiq aytib ro‘parangga doxil qilgandik. 
Unga o‘zing tuhfa berib, ko‘nglini olib, 
Gesiona otliq kelin – bizning singlimiz –
Bahru nahr malagining kuyovi bo‘lding. 
O‘sha kunlar naqadar zavqiyob edi. 
(Asqar Qosimov tarjimasi) 


91 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə