Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

 


84 
 
“ZANJIRBAND PROMETEY” TRAGEDIYASIDAN PARCHA 
Qatnashuvchilar 
Hukumdorlik va zo’rlik 
- Zavsning xohish, irodasini bajaruvchilar. 
Gefest
- olov ma’budi, temirchi. 
Prometey
- titan, ma’bud, odamlarning valine’mati. 
Okeanidalar xori 
- Океаннинг қизлари. 
Okean
- титан, баҳр маъбуди. 
IO 
- Argos shohi Inahning qizi. 
Germes 
- ma’bud, Zevsning xabarchisi. 
Ikkinchi manzara 
 
 
 
 
Prometey 
Jim turmoqqa mag‘rurligi majbur etar, deb 
O‘ylamanglar. Illo dildan azoblanaman 
O‘zim ushbu sharmisorlik tamannosidan, 
Barcha yangi ma’budlarga mansab berildi. 
Menga ato etilgani sharmandalikmi? 
Bular bari sizga ayon, bu to‘g‘rida bas, 
Foniylarning azobidan gap ochgan ma’qul. 
Axir men-ku, ongsizlarga idrok baxsh etib, 
Mulohaza yuritmoqqa o‘rgatgan ma’bud, 
Buni minnat yuzasidan gapirmayapman. 
Vale barcha ezguligim mohiyatini 
Tushuntirib beray, deyman, bir boshdan sizga. 


85 
Avvallari odamlarning ko‘zi bo‘lsa ham 
Ko‘rmas edi, quloq boru eshitmas edi. 
Kun kechardi allaqanday g‘aflat hobida: 
Bilishmasdi najjorlikni, g‘ishtin uylarni 
Qurishmasdi, zah g‘orlarda nursiz hilvatda 
Kumursqadek ojizona kun ko‘rishardi. 
Fasllarni farq qilolmay dovdirashardi, 
Na bahorni, va na qishni, va nada yozni,
Va na ne’mat ulashguvchi kuzni o‘shanda. 
Bilib netmay har narsaga urishardi qo‘l, 
Men bo‘lsam-chi, ko‘rsatmoqqa muyassar bo‘ldim; 
Ularga ko‘k yulduzlarin chiqish-botishin. 
Ilk bor o‘zim aljabrdan, nahv ilmidan 
Saboq berdim va ijodiy Xotirotni ham 
Baxsh ayladim, baxsh etgandek ona muzani. 
Ham dastavval ishlab chiqdim bo‘yinturuqni 
Shu boisdan yuvosh tortdi vahshiy hayvonlar.
Jisman mushkul bo‘lgan mehnat, odamlar uchun 
Yengil bo‘ldi. Arobaga otlarni qo‘shdim, 
Itoatkor jilov berdim zodagonlarga. 
Mendan bo‘lak dengiz aro ildam eluvchi 
Uchqur qanot kemalarni o‘ylab topgan kim? 
Ha, hammasini kashf etgandim foniylar uchun, 
Ammo o‘zim topolmadim dardimga chora! 


86 
Xor 
Sharmandali uqubatlar bois bo‘ldi-yu, 
Sen burungi aqlingni ham boy berib qo‘yding. 
Hasta bo‘lib qolganida uquvsiz tabib 
O‘zi uchun dori-darmon topolmagandek. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə