Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

ALKEY IJODIDAN NAMUNALAR 
 
AMALGA KIRDI HAMAL
Sapfoga 
Nozik tabassumli, gulgun, musaffo, 
Sochlari jingalik, maftunkor Sapfo! 
Bir gap aytmoqchiman quloqlaringga, 
Lekin aytolmayman, yo‘l qo‘ymas hayo. 
* * * 
Binafsha soch ey Sapfo, 
Hushtabassum, musaffo. 
Senga bir so‘z aytgim bor, 
Ammo yo‘l qo‘ymaydi or. 
 
BO‘RON
Asov shamolni anglash qiyin ko‘pida 
Bostirib keladi to‘lqinlar lak-lak. 
Ularning isyonkor taloto‘pida 
Kemamiz xas misol bo‘lar chirpirak. 
Sarkash to‘lqinlarga zo‘rg‘a berar dosh. 
Palubamiz suvga to‘ldi butunlay. 
Holi xarob yelkan ko‘tarolmas bosh, 
Chirsillab uzilar arqon paydar-pay. 
Illo, g‘anim beshafqat – boshni mag‘rur tut, 
Yanada baland to‘lqin kelayotir bostirib. 
Bundan ham badtar tashvish, mashaqqatni kut, 
Agar bo‘ronga xudo bermasa firib. 


72 


*
Qurol-yarog‘lar-la jihozlangan uy, 
Harbiy mis ashyolar yaraqlar voy-bo‘y –
Areyga
3
alyor! 
Bunda dubulg‘alar yal-yal yonadi, 
Asli toza mis-da, zo‘r toblanadi, 
Bari serviqor. 
Qilich, shamshirlarning qinlari qator, 
Tizilgan mixlarda ilinib yotar, 
Sovutlar bisyor. 
Bir chekkadan qarab ko‘z ilg‘ar arang, 
Qalqonning turi ko‘p, juda rang-barang –
Xilma-xil, zirhdor. 
Xalkid xanjarlari emas bunda kam, 
Topilar belbog‘lar – qurshoqlari ham; 
Hammasi tayyor. 
Bu yerda hech narsa unutilmagan, 
Unutmayliksira, do‘stlar, nimaga 
Qildik biz qaror! 
3
Arey – urush ma’budi


73 
BAHOR 
Guv-guv guvlab, guvillab 
Kirib keldi bahoroy. 
Lolaqizg‘aldoq gullab 
Qirlarga berdi chiroy. 
Jonlandi bog‘u rog‘lar 
Amalga kirdi Hamal. 
Qushlar jo‘shqin chag‘-chag‘lar 
Bir-biriga bermay gal. 
Bahorning nafasida 
Elga bo‘lib jo‘rovoz, 
Bulbullarning sasida 
Taraldi navo-soz! 
Tog‘ bag‘ridan muzdek suv 
Pastga otar o‘zini. 
Yashillanib tok zangi 
Asta ochar ko‘zini. 
Sohildagi qamishzor 
Yasanar jig‘a taqib, 
Olazarak kakku ham 
Sayrar dilga o‘t yoqib. 
Ana, tom butog‘iga 
Qaldirg‘och quribdi in. 
Bola ochib, jonhalak 
Emish tashiydi betin. 


74 
Uyada uchishga shay 
Silkinar temir qanot. 
Bahor bilan ularga 
Boshlanar yangi hayot! 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə