Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

 
DEVKALION VA PIRRA
(TO‘FON) 
Mis asrining odamlari xiyla katta jinoyatlarga yo‘l qo‘yishdi. Takabbur va 
murtadlar Olimp xudolariga bo‘yin egishmadi, shu boisdan yashinchaqnatar Zevs 
ularga qahrini sochdi. Zevsni alalxusus Arkadiyadagi Likosura podshosi Likaon 
g‘azablantirgan edi. Kunlardan bir kun Zevs oddiy odam sifatida Likosuraga keldi. 
U yerda yashovchilar uning xudo ekanligini bilishlari uchun ularga karomat 
ko‘rsatdi, barcha xaloyiq uning oldida tiz cho‘kib, uni xudo o‘rnida ko‘rib, ehtirom 
bajo keltirishdi. Yolg‘iz Likaongina Zevsga hurmat ko‘rsatmadi va unga ehtirom 
bajo keltirganlar ustidan kuldi. Keyin Likaon Zevsning xudoligini sinashga qaror 
qildi. U saroyida istiqomat qilib turgan garov tariqasida olingan odamni o‘ldirib, 
jasadining bir qismini pishirib, bir qismini qovurib, buyuk yashinchaqnatarga 
yemak sifatida taklif etdi. Zevs uning bunday ablahligidan qattiq g‘azablandi. 
Yashin zarbasi bilan Likaonning saroyini vayronaga, o‘zini esa qonxo‘r bo‘riga 
aylantirdi. 
Odamlar battar murtadlashdi, buyuk bulutquvar, qattiqqul Zevs odam zotini 
mahv etishga qaror qildi. U yer yuziga shunday jala quydirdiki, hamma narsa suv 
tagida qoldi. Zevs shamollarning esishini man etdi, faqat rutubatli janub shamoli 
Not osmon bo‘ylab qora bulutlarni haydardi. Yerga chelakdan quyganday jala 
yog‘ardi. Dengiz va daryolar suvi hamon baland ko‘tarilar, butun borliq suv ichra 
suzar edi. Shahar devorlari, ibodatxona va uylar suv ostida qolib ketdi, hatto shahar 
devorlaridan ancha yuksak bo‘lgan minoralar ham ko‘rinmay qoldi. Borgan sayin 


63 
hamma narsa – o‘rmonlar bilan qoplangan tepaliklar, baland cho‘qqili tog‘lar ham 
suv tagida qoldi. Butun Yunoniston dengizning quturgan to‘lqinlari ostida g‘oyib 
bo‘ldi. Faqat ikki boshli Parnasning cho‘qqisigina to‘lqinlar o‘rtasidan qad 
ko‘targan edi. Ilgari dehqon o‘z dalalariga ishlov bergan va marjon donasiday 
uzum shodalariga kon bo‘lgan tokzorlar o‘rnida baliqlar suzar, suv bilan qoplangan 
o‘rmonlarda esa delfinlar to‘dasi yayrardi. 
Mis asridagi odamzot shu zaylda halok bo‘lgan edi. Ushbu halokat chog‘ida 
ikki nafar kishigina omon qolgandi – biri Prometeyning o‘g‘li Devkalion va xotini 
Pirra. Otasining maslahatiga ko‘ra Devkalion ulkan quti yasadi, uni eguliklar bilan 
to‘ldirib, ichiga xotini bilan o‘zi kirib oldi. Devkalionning qutisi to‘qqiz kechayu 
to‘qqiz kun butun rub’i maskunni qoplagan dengiz to‘lqinlari uzra yelib yurdi. 
Nihoyat, to‘lqinlar uni ikki boshli Parnas tog‘i cho‘qqisiga olib chiqishdi. Zevs 
yuborgan jala tindi. Devkalion va Pirra qutidan eson-omon chiqib olishdi. Ularni 
quturgan to‘lqinlar girdobida omon qoldirgani uchun Zevsga minnatdorlik ramzi 
sifatida qurbon keltirishdi. Suv chekinib, tag‘in to‘lqinlar tagidan cho‘lday bo‘m-
bo‘sh bo‘lib qolgan yer ko‘rindi. 
O‘shanda purqudrat Zevs xudolar xabarchisi Hermesni Devkalion huzuriga 
yubordi. U bo‘shab qolgan yer uzra shamolday yelib, Devkalion huzurida hoziru 
nozir bo‘ldi va unga dedi: 
– Ma’budlar va odamlar hukmdori Zevs sening olijanobligingni inobatga 
olib, qanday mukofotni tanlashingni amr etdi. Istagingni bayon etsang bas, 
Kronning o‘g‘li uni albatta bajo keltiradi. 
Devkalion Hermesga shunday javob berdi: 
– O, buyuk Hermes, Zevsdan yagona istagim, toki u yer yuzini tag‘in 
odamlar bilan obod etsa. 
Ildamqadam Hermes nurafshon Olimpga yetib keldi va Zevsga 
Devkalionning iltijosini bayon etdi. Buyuk Zevs Devkalion da Pirraga toshlarni 
yig‘ib, ularni orqaga o‘grilmasdan boshdan oshirib tashlashni amr qildi. Devkalion 
qudratli yashinchaqnatarning amrini bajo keltirdi, o‘zi tashlagan toshlardan 
erkaklar, xotini Pirra tashlagan toshlardan xotinlar yaraldi. Ana shu zayl Yer 


64 
to‘fondan so‘ng yana odamlar maskaniga aylandi, unda yangi – toshdan yaralgan 
odam zoti yashay boshladi. 
(Rus tilidan Poshali Usmon va Fazliddin Shukur 
tarjimasi) 


65 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə