Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

 
(Rus tilidan Poshali Usmon va Fazliddin Sнukur tarjimasi) 
 


34 
HOMER 
Ma’lumki, tarixiy o‘tmishdagi muhim voqealar 
to‘g‘risidagi qahramonlik dostonlari hamma xalqlarda, 
jumladan, o‘zbek xalqida ham bor. Qadim Yunon 
eposlarining ijrochilari o‘n minglab satrlarni yoddan biladigan 
quvvai hofizasi noyob odamlar bo‘lgan, ular turkum-turkum 
dostonlarni avlodlardan avlodlarga olib o‘tib, unga o‘z davrlarining ta’sirini, yuqi 
va unsurlarini singdirib boyitib, asarlar bilan birga o‘z san’atlarini ham, usul va 
an’analarini ham meros qilib qoldirib kelganlar. 
Homer ana shunday ijrochilarning eng so‘ngilaridan, to‘g‘rirog‘i 
dostonchilikning yangi davrini boshlab bergan xalq dahosi edi. U katta epik 
merosni saqlabgina qolmay, uni butun antik dunyoning ma’naviy sarchashmasi 
sifatida poetik tizimga solib, ikki o‘lmas eposni ijod etdi. “Iliada” va “Odisseya” 
dostonlari Yunon adabiyotining eng qadimgi yozma yodgorliklari hisoblanadi. 
Mazkur dostonlarning yaratilish vaqti, paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan sharoit 
haqida hech qanday ma’lumotlar yetib kelmagan. Har ikki doston bilan boo‘liq ana 
shunday muammolar majmui “Xomer masalasi” deb ataladi.
Homer o‘zi afsonaviy shaxs. Uning tarjimai holidagi deyarli barcha faktlar 
bahsli. Bu nom qadim Yunon tilida “ko‘zi ojiz”, “so‘qir” degan ma’noni beradi. 
Demak, kuychi homerlar ko‘p bo‘lgan. Ammo ulardan biri, haqiqiy Homer butun 
antik dunyoda mashhur bo‘lib, Homer vatani degan sharafli nom uchun talashgan 
shaharlar o‘nlab hisoblanadi. Bir qarashda, bu – umumlashgan bir nom. Ammo 
voqealari, davri, uslubi, obrazlar dunyosi jihatidan bir-birlarining davomi bo‘lgan 
ikki dostonning har biri 24 qo‘shiqdan iborat, bir vazndagi buyuk eposlarningbu 
nomga qiyos qilinishi hamma jihatdan shu qadar tabiiy ediki, Homerning real 
shaxsligiga hech kim dalil bilan e’tiroz bildirolmadi.
“Homer masalasi” hali ham tamom hal qilingan emas. Chunki bu 
eposlarning yaratilishida yagona muallifning mavqeini kamsituvchilar hali ham 
bor. Tahrir qilgan, tartibga solgan, goho esa hech qanday Homer bo‘lmagan, bu 


35 
dostonlar xalq qo‘shiqlari sifatida, badiha tariqasida vujudga kelgan, degan fikrlar 
ham ilgari surilgan. 
Homerni ikki dostonning yagona muallifi sifatida tan olishda fanga 
eposlarning o‘zidagi yaxlit badiiy butunlik, noyob iqtidorga xos ijodiy 
individuallik, yuksak badiiy vositalarning betakrorligi yordam berdi. 
Har ikki doston syujeti Troya urushi, ya’ni Yunonlarning Troya (yoki Ilion) 
shahriga yurishi haqidagi afsonalardan olimngan. Ularga ko‘ra Troya shahzodasi 
Paris Sparta shohi Menelay saroyida mehmon bo‘ladi. Lekin u Menelayning bir 
talay boyliklarini va malika YYelenani o‘g‘irlab ketadi. Bundan g‘azablangan 
Menelay va ukasi, Miken podshosi Agamemnon barcha Yunon viloyatlaridan katta 
qo‘shin to‘playdi va Troyaga yurish qiladi. Biroq o‘n yil davomida Agamemnon 
qo‘shini Troya shahri darvozasi oldida samarasiz jang olib boradi. Faqat ayyorlik 
yo‘li bilan – yog‘och ot ichida yashiringan xolda shaharga kirib uni kulini ko‘kka 
sovuradilar. Yelena Menelayga qaytariladi. Lekin Yunon jangchilarining ortga 
qaytishi oson kechmaydi. Ularning ko‘pi yo‘lda yoki qaytganidan so‘ng halok 
bo‘ladilar, ba’zilari uyga qaytguncha dengizlarda sarson-sargardon kezadi. Ana 
shu voqealar asos bo‘lgan afsonalar Yunon mifologiyasining Troya turkumiga asos 
bo‘lgan. Biroq, bu turkumga kirgan afsonalar to‘liq emas, balki ikkita kichik 
voqeasigina hikoya qilinadi. Agar “Iliada”da troya urushining o‘ninchi yilidagi bir 
hodisa tasvirlangan bo‘lsa, “Odisseya” dostonida ham shu holatni ko‘ramiz. 
Asarda Odisseyning urushdan qaytishi, o‘zga yurtlarda sarson-sargardon bo‘lishi 
va nihoyat o‘ninchi yili vataniga qaytib kelishi haqida hikoya qilinadi.
Homer dostonlarini, ayniqsa “Iliada”ni o‘qiganda, shunday katta miqyosli 
ma’lumotlarning ajoyib mahorat bilan puxta kompozitsiya qilinganligini ko‘ramiz. 
Ko‘p qavatli syujet chiziqlari, barcha mavzu va motivlar, barcha personajlarning 
taqdirlari bosh g‘oyaga xizmat qilib, ma’nodor yakun topadi. Dostonning tuguni, 
fojianing badiiy echimi, barcha badiiy vositalar bosh mavzu va bosh qahramon 
obrazi atrofida birlashgan jips tizimni tashkil etadi.
Yunon xalqining yashash tarzi, xislat va fazilatlarini ifoda etgan “Iliada” va 
“Odisseya” dostonlari qadim zamonlardanoq mo‘tabar kitoblarga aylangan: 


36 
baxshilar ularni turli bayramlarda ijro etganlar, o‘quvchilar ularni o‘qib savod 
chiqarganlar. Homer dostonlarining adabiy usullari Yunon shoirlari uchun 
o‘zgarmas namuna sifatida xizmat qilgan. Ko‘plab jahon tillariga tarjima qilingan 
“Iliada” va “Odisseya” dostonlari olimlar, adiblar va muhlislar diqqatini hamon 
o‘zlariga jalb etib, ularni ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga, go‘zallik 
namunalaridan ibrat olishga undaydi. Jumladan, XX asrning buyuk irland 
yozuvchisi Jeyms Joys “Uliss” (Odisseyning ikkinchi nomi) romanini yozishda 
“Odisseya” dostoni tizimidan foydalangan.


37 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə