Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

(Qodir Mirmuhamedov tarjimasi) 
 
 
 
 
 
 
 


58 
H
ESIOD 
(M.o. VIII-VII asrlar) 
Hesiodning hayotiga doir ma’lumotlar kam bo‘lsada, 
tarix sahifalarida saqlanib qolgan. U qadimgi Yunon 
adabiyotidagi hayoti haqida aniq ma’lumotlar yetib kelgan 
birinchi ijodkor sanaladi. Uning otasi Kichik Osiyoning Kim 
degan yerida tug‘ilgan, keyinchalik Yunonistonning asosan dehqonchilik bilan 
shug‘ullanuvchi Beotiya viloyatiga ko‘chib o‘tgan. Shoir o‘zi haqidagi ba’zi bir 
ma’lumotlarni “Mehnat va kunlar” dostonida keltiradi, ya’ni u otasi kabi 
yoshligidan dehqonchilik bilan shug‘ullangan, shu bilan birga Evbeya orolida 
o‘tkazilgan rapsod(baxshi)lar musobaqasida qatnashib, faxrli sovrinni qo‘lga 
kiritgan. Hesiod qadimgi Yunonlar nazarida Homer bilan bir safda turuvchi ulug‘ 
shoir bo‘lgan. 
Yunon qahramonlik eposi o‘z ichiga didaktik elementlarni ham qamrab 
olgan, jumladan, Homer dostonlaridagi Nestorning o‘git va nasihatlari didaktik 
poeziyaga misol bo‘la oladi. Biroq, Hesiodning “Mehnat va kunlar” dostoni inson 
mehnatining ulug‘vorligi, adolatning barqarorligi va mehnat ahlining tirikchiligi 
yo‘lida uchraydigan boshqa turli-tuman masalalar haqida inisi Persga qarata 
aytilgan pand-nasihatlar tarzida yozilgan 
birinchi didaktik
asardir.
“Mehnat va kunlar” dostonining ijodkori hayotning jamiki boyliklari faqat 
mehnat tufayli bunyod etilganligini asarning boshidan oxiriga qadar qayta-qayta 
takrorlaydi. Doston o‘zining zamonaviy mazmuni, ajoyib realistik lavhalari bilan 
Yunon adabiyoti tarixida favqulotda muhim o‘rinni egalladi. 
Mazkur asarda Hesiod mustahkam oila hususidagi qarashlarni ham bayon 
etadi. Unga ko‘ra er kishi ishq-muhabbat ehtiroslaridan o‘zini tiyishi, o‘ttiz yoshga 
to‘lganda yosh qizga uylanishi lozim deb maslahat beradi. Chunki yosh qizlarni 
nozik axloq qoidalariga o‘rgatish oson kechadi. Hesiod oilada o‘g‘il bittadan ko‘p 
bo‘lsa tomorqani taqsimlashda muammolar paydo bo‘lishidan ogohlantiradi.


59 
“Mehnat va kunlar” dostonidan tashqari yana ikkita doston - “Teogoniya” va 
“Ayollar jadvali” asarlari Hesiod nomi bilan bog‘lanadi. 
“Teogoniya” (“Ma’budlarning paydo bo‘lishi”) dostonida qadimgi Yunonlarning 
Xaos va Yerdan paydo bo‘lgan koinot, Uran(Osmon), Kron va Zevs boshqargan 
turli ma’budlarning kelib chiqishi haqidagi tushunchalari, mifologik e’tiqodlari 
bayon qilinadi. Muallifning ta’kidlashicha, Zevs taxtni ko‘plab jinoyatlar sodir 
etgan otasidan tortib oladi va hokimiyatini mustahkamlash uchun Kronning 
qarindoshlari bo‘lgan titanlarga qarshi mashaqqatli kurash olib boradi. Titanlar va 
dahshatli mahluq Tifoyga qarshi olib borilgan janglarning bayoni, Samoda va 
Yerda odil tartib o‘rnatgan qudratli hamda dono hukmdor Zevsni ulug‘lash
asarning kulminatsiyasini tashkil qiladi.
“Ayollar jadvali” ham mazmun jihatidan “Teogoniya” dostoniga ancha 
yaqin bo‘lib – asar biror ma’buddan atoqli qahramon farzand ko‘rgan ayollarga 
bag‘ishlangan. Dostondan turli hajmdagi parchalar saqlanib qolgan bo‘lib, 
ahamiyatli jihati shundaki, ularda Homer dostonlarida uchramaydigan, lekin 
keyingi davrlarda xor lirikasi va tragediyalarda keng foydalanilgan miflar 
keltirilgan.
M.o. VI asrda didaktik epos negizida falsafiy doston janri shakllandi va 
Hesiodning “Teogoniya” asari an’analari shoir-faylasuflar Ksenofan(tax. m.o. 565 
– 470 y.), Parmenid(m.o. VI asr oxiri – V asr boshlari), Empedokl(tax. 495 – 435 
y.) tomonidan davom ettirildi. 
Antik davr tanqidchiligi Hesiod bayon uslubiga hos quruqlikni inkor 
etmagan holda dostonlarning tarbiyaviy ahamiyatiga yuksak baho berganlar. 
Tarixchi Gerodot (m.av. V asr) ikki daho shoir – Hesiod va Homer ellinlarga 
ma’bud va ma’budalarning kelib chiqish tarixini bayon qilish bilan birga ularning 
ismlariga epitetlar bilan ta’rif berganini ta’kidlagan edi. 


60 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə